O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Oldi-sotdi shartnomalarida INKOTERMSni qo‘llash


Download 0.57 Mb.
bet83/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112

Oldi-sotdi shartnomalarida INKOTERMSni qo‘llash


Inkotermos-2010ni oldi-sotdi shartnomalarini tuzishda tijorat amaliyotida qo‘llash quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi.

  1. Huquqiy nuqtai nazardan bu hujjat fakultativ yoki tavsiya xususiyatiga ega. Shuning uchun bu hujjatni o‘z ishida qo‘llovchi tomonlar kontraktda ushbu hujjatga havola qilishlari kerak.

Agar Inkotermsning biror qoidasi shartlashayotgan tomonlarni qoniqtirmasa, sharhlashdagi farqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu holat kontraktda alohida qayd etiladi.
Lekin bir qator mamlakatlarda Inkotermsdagi savdo terminlarni sharhlashning alohida qoidalari kontraktda ularga havola qilinmagan bo‘lsa ham, amalda bo‘laveradi. Buni bitimlarni bajarishda inobatga olish lozim.
Shuni yodda tutish muhimki, kontrakt savdo terminlarini umum qabul qilgan yoki Inkotermsdagidan boshqacha izohlasa, kontraktning shartlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.

  1. Inkoterms–2010 ning qoidalari ko‘p masalalar bo‘yicha umumiy xususiyatga ega bo‘lib, prinstipial yondashuv yoki qarorni taklif qiladi, xolos. Shu munosabat bilan oldi-sotdi shartnomasining tegishli bo‘limlarida tomonlar o‘zaro majburiyatlarni taqsimlashni aniqlab olishlari va batafsil yoritishlari zarur.

  2. Tomonlar kontrakt bo‘yicha yetkazib berishning Inkoterms –2010 dan farq qiladigan har qanday boshqa shartlarini ifodalashlari va qo‘llashlari mumkin. Jumladan, Xalqaro savdo palatasi tomonidan oldingi nashrlarda (1936, 1953, 1976, 1980, 1990, 2000- yillardagi) tavsiya etilgan shartlar ham qo‘llanilishi mumkin. Biroq bunda kontraktning barcha bandlari aniq kelishib olinishi va yozma shaklda qayd etilishi kerak. Bu kontrakt shartlarini variativ (turlicha) sharhlashning oldini olish maqsadida qilinadi. Chunki shartlarni turlicha sharhlash qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi. Bu birinchi navbatda majburiyatlarni taqsimlab olish va transportirovka bo‘yicha sarf-xarajatlarga taalluqli.

  3. Inkotermsning jahonning barcha mamlakatlarida tan olinishi munosabati bilan bojxona hujjatlarini to‘ldirishda “Yetkazib berish shartlari” bandida, qoida tariqasida, kontraktning bazis shartlarini aynan Xalqaro savdo palatasi qabul qilgan tasnifga (klassifikastiya) binoan to‘ldirish talab qilinadi. Buning ustiga tovarning bojxona qiymatini hisoblab chiqarishda bitim narxi, ya’ni tovarning kontrakt bo‘yicha narxi qo‘llaniladi. Bu narx darajasi va tuzilishi yektazib berishning bazisiga bog‘liq bo‘ladi.

  4. Savdo terminlari savdo tarmoqlari va dunyoning turli mintaqalarida qo‘llanilishi tufayli, ularni izohlashga ham, tomonlarning majburiyatlarini taqsimlashni tushunishga ham bitim tuzuvchi mamlakatlarning xususiyatlari va odatlari ta’sir qiladi. Shuning uchun kontrakt tuzish bo‘yicha muzokaralar davomida tomomnlar bir-birlarini mintaqaviy savdo odatlari haqida xabardor qilishi, ular turlicha izohlanadigan bo‘lgan hollarda esa kontraktning tegishli moddalarida muayyan qoidalarni aiqlab olishlari talab etiladi.




    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling