O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Sinab ko‘rish bayonnomasi s


Download 0.57 Mb.
bet103/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112
Sinab ko‘rish bayonnomasi sotuvchi tomonidan xaridorning vakili bilan birga ilgaridan belgilangan kun va soatda sotuvchining subyektsida to‘la sinovlar o‘tkazilganidan keyin tuziladi. Bayonnoma tayyorlangan tovarning buyurtma shartlariga mos kelishini ko‘rsatgan holda sinovlarning natijalarini batafsil bayon qiladi. Agar shartnoma shartlarida tovarni eksportchining mamlakatida sinab ko‘rgandan so‘ng qabul qilish-topshirish aytib o‘tilgan bo‘lsa, u holda sinab ko‘rish bayonnomasi asosida taraflar qabul qilish-topshirish hujjatini imzolaydilar.
Yuklab jo‘natishga ruxsatnoma tovarning buyurtma shartlariga mos kelishini aniqlash maqsadida yetkazib beruvchining subyektida qabul qilish uchun uskunalarni sinab ko‘rish o‘tkazilganidan keyin xaridorning vakili tomonidan beriladi. Yuklab jo‘natishga ruxsatnomada shartnoma bo‘yicha yetkazib berish sanasi, tayyor bo‘lgan sana va o‘tkazilgan sinovlar sanasi, ushbu tovar ma’lum mamlakatga xaridor vakilining yo‘riqnomasiga mos ravishda jo‘natilishining mumkinligi haqidagi ko‘rsatma bo‘ladi.
To‘lov-bank operastiyalari bo‘yicha hujjatlar. Bitim taraflari o‘rtasidagi hisob-kitoblar ular shartnomada kelishib olingan shaklda amlaga oshiriladi, bunda ham sotuvchining ham xaridorning, ba’zan uchinchi bir mamlakatning bankidan foydalaniladi. Bu to‘lovlarning har bir bosqichi hujjatlashtiriladi va umuman to‘lov hujjatlari to‘lovning ma’lum shaklini amalga oshirish to‘g‘risidagi topshirig‘i yoki bankning mijoz topshirig‘ini bajarganligi haqidagi hisobotidan iborat bo‘ladi.
Tovar akkreditivini ochishga ariza – uning vositasida mazkur hujjatda ko‘rsatilgan shartlarda tovarning qiymatini to‘lash uchun akkreditiv ochish to‘g‘risida topshiriq berilgan hujjatdir.
Tovar akkreditivi – to‘lovchi va uning banki o‘rtasidagi shartnoma bo‘lib, unda bank tovar akkreditivi ochish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bu akreditiv bo‘yicha benefistiar to‘lovni, ma’lum shartlarda va kelishilgan hujjatlarni taqdim etgandan keyin trattalarni tasdiqlashi yoki hisobga olishi, shuningdek, basharti hujjatda aytib o‘tilgan bo‘lsa trattalarni olishi, tasdiqlashi va hisobga olishi zarur bo‘ladi. Akkreditivlar o‘z shartlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin; akkreditivning barcha shartlari unda qayd etiladi hamda shartnoma shartlariga mos kelishi shart.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling