O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
INKOTERMS tovarlarni yetkazib berish shartlari va tartibi
Download 0.57 Mb.
|
INKOTERMS tovarlarni yetkazib berish shartlari va tartibiYetkazib berishning bazis shartlari shartnоmaning predmetida ko‘rsatiladi. 1953, 1980 va 1990, 2000, 2010- yillarda xalqaro savdо palatasi xalqaro savdо terminlarining INKОTERMS nоmli kitоb jamlamasini chiqargan. Bu jamlamada tоmоnlarning huquq va majburiyatlarini tovarni yetkazib berish shartlaridan kelib chiqqan hоlda, belgilangan.Yetkazib berish shartlari katta hatar bilan qisqartirilgan hоlda belgilanadi, masalan, EХW, CIF. Bundan tashqari, ular tovar yetkazib berish yo‘llarini, xatarning bir tоmоndan ikkinchi tоmоnga o‘tish hоlatlarini ham belgilab beradi. Bu savdо terminlari (tovar yetkazib berishning bazis shartlari), tovarni хоrijga sotishning ma’lum bir miqdоrda оddiylashtirilgan va standartlashtirilgan ifоdasi bo‘lib, xalqaro savdоning urf-оdatiga aylantirilgan. Shartnоmada yetkazib berishning bazis sharti ko‘rsatilishi bilan bir qatоrda, bu qaysi INKОTERMS qоnuniyati bilan amalga оshirilishini ko‘rsatish zarur. Masalan, "CIF- Nyu Yоrk (Inkоterms-2000". Buning afzalligi shundaki, kechrоq chiqarilgan inkоterms оldinrоq chiqarilgan inkоtermsning bazi qоnuniyatlarini rad etib, o‘rniga yangi qоnuniyatlarni ifоda etadi. Inkoterms – bu tashqi savdoda keng ishlatiladigan savdo atamalarini izohlab beruvchi xalqaro qoidalar yig‘indisi. Xalqaro savdo atamalari, oldindan kelishib olingan savdo-sotiq shartnomalarining standart shartlaridir. Ular xalqaro savdo palatasi tomonidan tuzilgan bo‘lib, standart savdo-sotiq shartnomalarida foydalaniladi. Inkoterms - Xalqaro savdo palatasi (International Chamber of Commerce, ICC) tomonidan ro‘yxatga olingan savdo markasi. Inkoterms-2010 rasmiy matniga mualliflik huquqi XSP va uning turli mamlakatlardagi milliy qo‘mitalariga tegishlidir. Ilk marta Inkoterms qoidalari Xalqaro savdo palatasi tomonidan 1936 yilda ishlab chiqilgan. Mahalliy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan soha uchun mutlaqo yangi kontseptsiyani taqdim etgan, qoidalar xalqaro biznes xamjamiyatida shov-shuvga sabab bo‘ldi, jahon savdo amaliyotida dolzarb va muhim yangilikka aylandi. Inkoterms qoidalari muntazam, amalda har 10 yilda, xalqaro savdo va globallashuv o‘sishi sharoitida zamon talablariga javob berish uchun qaytadan ko‘rib chiqiladi. Shu tariqa, 1953, 1967, 1976, 1980, 1990 va 2000- yillarda hujjatlarning asosiy to‘plamiga tuzatishlar, qo‘shimchalar kiritilgan. 2011- yil 1- yanvardan boshlab Xalqaro savdo palatasi - Jahon biznes tashkiloti (International Chamber of Commerce, ICC) tomonidan ishlab chiqilgan Inkoterms- 2010 (Incoterms-2010) ning yangi tahriri kuchga kirdi. Inkotermsning amal qilish sohasi oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha taraflarning tovarlarni yetkazib berish (yetkazib berish shartlari) bobida huquq va majburiyatlariga tatbiq etiladi. Ular xalqaro savdo shartnomalarining muhim elementi hisoblanadi, bugungi kunda TIF va xalqaro savdo ularsiz butkul boshqacha amalga oshirilgan bo‘lar edi. Inkoterms atamalari tovarlarni sotuvchidan xaridorga yetkazishdagi chiqimlar va hatarlarni tavsiflaydi, shuningdek yuk ortish-tushirish ishlari, tovarlarni tashish, ularni sug‘urtalash va bojxonada tozalash bo‘yicha taraflarning majburiyatlarini tartibga soladi. Qoidalarning navbatdagi qaytadan ko‘rilishiga Inkoterms atamalarini yanada aniqroq va ravshanroq ta’riflash maqsadi qo‘yilgani sabab bo‘ldi. Inkoterms-2010 qoidalari 2000 yilda qoidalarning oxirgi tahriri chiqarilganidan keyin shakllangan xalqaro savdoni rivojlantirishning hozirgi tamoyillarini aks ettiradi. Ular orasida 2001- yil 11- sentyabr voqealaridan keyin yanada dolzarb tus olgan tashishlarning xavfsizligi, shuningdek tijorat bitimlarini tuzayotganda elektron vositalardan foydalanishni kengaytirish masalasi bor. Inkoterms qoidalarining 2010- yil tahriridagi yangi versiyasi bir qator muhim o‘zgartirishlar va yangiliklarni o‘z ichiga oladi. Tarkibiga ko‘ra u transportning xar qanday turlarida hamda dengiz orqali va ichki suvlarda tashish chog‘ida foydalaniladigan atamalarning ikki guruhidan iborat (Inkoterms-2000da 4 guruh bor edi). Bundan tashqari, ular miqdori 13 atamadan 11 atamaga qisqardi, buning ustiga ularning ikkitasi mutlaqo yangi atamalar: DAT (terminalda yetkazib berishlar) va DAP (punktda yetkazib berishlar). Inkoterms-2010da har bir atamaga uning ma’nosiga qisqacha tushuntirish berilgan, bu esa ko‘pincha yetarlicha huquqiy bilimlarga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga shartnomalar tuzayotganda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va kerakli atamani tanlash imkonini beradi. Qoidalarning yangi versiyasida FOB, CFR va CIF atamalariga qo‘shimchalar kiritilgan. Inkoterms-2010 qoidalarini qo‘llash sohasining yanada kengaygani ularning shubhasiz afzalligidir. 2010- yil versiyasi ushbu qoidalarni bir davlat yoki YI va MDH singari integratsiya birlashmalari doirasida xalqaro va ichki savdoda qo‘llash imkonini beradi. Yuklarni terminalda saqlash chiqimlarini to‘lash uchun mas’ul tarafni belgilashda ham vaziyatni tuzatishga va aniqlik kiritishga yo‘naltirilgan tuzatishlar kiritildi. Sotuvchi tovarlarni kelishilgan joyga yetkazib berishni tashkil qilishi va xaqqini to‘lashi kerak bo‘lganda (CIP, CPT, CFR, CIF, DAT, DAP), terminalda saqlaganlik uchun chiqimlarni to‘lash majburiyati tovarlar uchun shartnoma bahosining bir qismi sifatida xaridorga o‘tishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi hollarda ikkiyoqlama to‘lov yuzaga kelgan – sotuvchi ham terminalga saqlaganlik uchun xaq to‘lashi kerak bo‘lgan. Inkoterms-2010 qoidalarini 4 guruhga bo‘lishimiz mumkin. Xar bir atama 3 ta harfdan iborat bo‘lib, birinchi harfi majburiyat va hatarlarning sotuvchidan xaridorga o‘tadigan nuqtasini ko‘rasatadi. Inkoterms-2010 tovarning xavfsiz yetkazilishini nazoratini amalga oshirish bo‘yicha xaridor va sotuvchi orasidagi majburiyatlarni taqsimlab beradi. Inkoterms- 2010 tovarni yuklash/tushirish va bitta xizmat turiga ikki karra harajat bo‘lishining oldini olishga qaratilgan. INKOTERMS–2010 ning qulay va tushunarli suratiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Inkoterms 2010 ishlatiladigan iboralar: Yuk tashuvchi: tashish shartnomasi tuzilgan tomon. Bojxona rasmiyatchiligi: Barcha bojxona qoidalari saqlanishi shart bo‘lgan bojxona talablari. Yetkazib berish: bu tushuncha, yo‘qotish va zararlar, xatarlar sotuvchidan xaridorga o‘tadigan joyni anglatadi. Yetkazish hujjatlari: Yetkazib berilganlini tasdiqlashda foydalanadigan hujjat. Elektron yozuvlar va tartibi: Savdo aylanmasi ishtirokchilari tomonidan an’anaviy “qog‘oz” hujjatlar bilan bir qatorda ularning elektron ekvivalentlaridan foydalanish. Tovarni qadoqlash: yukni tashishga layoqatligini ta’minlaydigan va shartnoma shartlariga mos tushuncha. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling