O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Embargo - alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlay ta’qiqlash. Erkin


Download 0.57 Mb.
bet98/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112
Embargo - alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlay ta’qiqlash.
Erkin iqtisodiy hududlar - mamlakatning shunday hududiki, bu erga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdikstiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortishdan ozod etiladi, ya’ni - bu milliy iqtisodiyotning bir qismini tashkil etib, bu erda mamlakatning boshqa hududlarida qo‘llanilmaydigan o‘ziga xos
imtiyozlar va rag‘batlantirishlar tizimidan foydalaniladi.
Erkin savdo hududlari (ESH) — preferentsial hudud hisoblanib, uning doirasida bojxona va miqdoriy cheklashlardan xoli savdo tartibiga rioya q ilinadi.
Jahon bahosi - talab va taklif egri chiziqlari ta’sirini hisobga olgan holda milliy narx ko‘rsatkichlari ta’sirida Xalqaro savdo markazlarida xosil bo‘ladi.
Jahon bozori — moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko‘rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol boskichlarni o‘z ichiga oluvchi XIM subyektlari (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporastiyalar)ning o‘zaro iqtisodiy ta’sirlashish global muhitidir.
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) — milliy xo‘jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o‘rtasida jami migrastion aylanmasi.
Iqtisodiy ittifoq — iqtisodiy integrastiyaning oliy ko‘rinishi, u umumiy huquqiy me’yorlar, soliq bazasini soddalashtirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda yagona standartlarni joriy etish, yagona valyutaga o‘tish kabilar bilan tavsiflanadi.
Investistiya muhiti — mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarning samarali aylanishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlar kompleksi.
Portfel investistiyalar — xo‘jalik obyektini ekspluatastiya qilish tufayli daromad olish huquqini kafolatlovchi kapital qo‘yilmalari.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling