O’zbekiston Respubliksi Oliy va o’rta maxsusu ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedogogika insituti
Download 127.38 Kb.
|
15-mustaqil ish
O’zbekiston Respubliksi Oliy va o’rta maxsusu ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedogogika insituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi 1i-2022 guruh talabasi Jumaniyozov Lochinbek Maruza
Mavzu: Renta munosabatlari Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha twliq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar wrtasida uning mohiyatini tushuntirish bwyicha turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud bwlib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko’ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha asosiy va ko’pincha bir–biriga qarama–qarshi bo’lgan nazariyalarga duch kelamiz. Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko’rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, erning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differentsial renta to’g`risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o’laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o’rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog`lagan. Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo’shganlar. Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bwyicha chop etilgan qator o’quv qo’llanma va darsliklarda ham er rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda. D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog`ida renta daromadlarining turli ko’rinishlari paydo bwladi, jumladan: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi er rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog`ida vujudga keluvchi renta; o’rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo’luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog`liq bo’lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o’xshash shart-sharoitlar mavjud bwladi. Qishloq xwjalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bwladi, shunga kwra ularni er rentasiga kiritish twg`ri bwladi. Haydaladigan er, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o’rmon va boshqalardan to’lanishidan qat`iy nazar, renta kwrinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi. Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig`i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differentsial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar wrtasida qayta taqsimlanmaydigan qwshimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bwlgan erlarning cheklanganligi va qayta tiklab bwlmasligida wz ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob`ekti yoki xwjalik yuritish ob`ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya`ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qwshimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi. Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson kwpaytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta`minlangan bwlsa, erning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qwshimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-kwpmi doimiy xususiyatga ega. Barcha erlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar erga xo’jalik ob`ekti sifatidagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi. Shunday qilib, differentsial renta hosil bwlishining tabiiy sharti miqdori cheklangan erning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan erlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bwlinadi. Download 127.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling