O’zbekiston respublirasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti
Ilk non mahsulotlari qachon paydo bo‘lgan?
Download 298.69 Kb.
|
Matkarimova Shaxnoza Non va non mahsulotlari
Ilk non mahsulotlari qachon paydo bo‘lgan?
N on dunyodagi eng mashhur va ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlardan biri. Shuning uchun uning o‘z bayrami — Butunjahon non kuni (World Bread Day) borligi ajablanarli emas, ushbu bayram har yili 16 oktyabrda nishonlanadi. Bayram 2006 yilda ta’sis etilgan. Sanani tanlash 1945 yil 16 oktyabrda qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishdagi muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tuzilgani bilan bog‘liq. Dunyoning har bir mamlakatida non va non mahsulotlari doimo sevib iste’mol qilinadi. Unga stol ustidagi eng sharafli joy beriladi, non hayotning ramzi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Nonning tarixi bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. Ilmiy izlanishlarga ko‘ra, birinchi non mahsulotlari taxminan 8 ming yil oldin paydo bo‘lgan. Birinchi xamirturushli non Misrda tayyorlangan. Bundan tashqari, qadim zamonlarda oq nonni yuqori tabaqadagi odamlar iste’mol qilgan, qora va kulrang non kambag‘allarning ozuqasi hisoblangan. Faqatgina XX asrda javdar va donli nonning foydalari va ozuqaviy qiymati haqida ma’lum bo‘lib, u yanada mashhur bo‘lib ketgan. Bugungi bayram — Butunjahon non kuni keng jamoatchilik e’tiborini dunyodagi ochlik, qashshoqlik va to‘yib ovqatlanmaslik muammolariga qaratishga bir sababdir. Shu bois, an’anaviy ravishda, Butunjahon non kunida ko‘plab mamlakatlarda turli xil non mahsulotlari ko‘rgazmalari, oshpazlar, novvoylar va qandolatchilar uchrashuvlari, yarmarkalar, mahorat darslari, xalq sayrlari, shuningdek muhtojlarga bepul non tarqatish, xayriya tadbirlari o‘tkaziladi. Odamlar nafaqat non va non mahsulotlarining turli navlari va turlarini tatib ko‘rishi, balki nonning qanday paydo bo‘lgani, tarixi va urf-odatlari, nimadan yasalgani, qanday pishirilgani va boshqalar bilan ham tanishishi mumkin bo‘ladi. Non sanoati Non sanoati — oziq-ovqat sanoati tarmogʻi. Nonning turli navlarini, buxanka, bulka va teshikkulcha, par-hez, diabetik va shifobaxsh non turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Oʻzbekis-tonda novvoylik kadimiy tarixga va boy anʼanalarga ega. Non deyarli har bir oilada tayyorla-nishiga qaramay shaharlar va yirik qishloqlarda yirik novvoyxonalar aholining yopilgan nonga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashda muhim mavqeda turgan. Novvoylik kasbhunarning bir turi sifatida rivojlangan. 1929-yilda Samarqand va Toshkent shahrida dastlabki non pishiradigan sanoat korxonalari qurilgach, novvoychilik ozik,-ovqat sanoati tarmogʻiga aylandi. Keyingi yillarda Qoʻqon (1930), Qarshi (1936), Termiz (1940), Buxoro (1946), Urganch (1955), Namangan (1961) kabi yirik shahar hamda shaharcha, tuman markazlari, yirik qishloqlarda non zavodlari, novvoyxonalar qurildi. Oʻzbekistonda Non sanoati yevropacha non xillarini ishlab chiqaradigan non zavodlari va novvoyxonalarni qurish yoʻnalishida rivojlandi. 1960—85 yillarda Toshkent, Jizzax, Nukus, Angren kabi shaharlarda katta (100 t/sutka) va oʻrta (30 t/sutka) quvvatga ega boʻlgan 15 ta non zavodi kurilib ishga tushirildi. Non sanoati korxonalarida milliy nonlarni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan pechlar (Bruver-Salixov, Danko-Semyonov pechlari) oʻrnatildi. Toshkent, Samarqand va Fargʻona shaharlaridagi non pishirish korxonalari tubdan qayta qurildi. Zamonaviy hamir tayyorlov agregatlarining oʻrnatilishi, uzluksiz hamir taqsimlovchi tizimlar, un va yordamchi mahsulotlarni (tuz, xa-mirturush suti, shakar, yogʻ) idishsiz saqlash qurilmalarining barpo etilishi Non sanoatining rivojlanishiga yordam berdi. Shuningdek, obi non ishlab chikaruvchi sexlar yiriklashtirilib, savdo doʻkonlariga ega boʻlgan yangi sexlar qurildi. 1986-yil non korxonalarining umumiy quvvati 1886,7 t/sutka non mahsulotlarini tashkil etdi (milliy nonlar hissasi 18% boʻldi). 1987-yil non korxonalari respublika Oziq-ovqat sanoati vazirligidan Don mahsulotlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgach, firma doʻkonlariga ega boʻlgan kichik novvoyxonalar tizimini tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Non sanoati korxonalarida non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mah-sulotlari ishlab chikarila boshladi. 1988-yilda mamlakatda 29 ta yirik non zavodlari ishladi. Respublika mustaqillikka erishganidan soʻng, ayniqsa, shahar aholisini non bilan barqaror taʼminlash maq-sadida Non sanoati korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash, non turlarini koʻpaytirish yoʻnalishlarida muhim ishlar amalga oshirildi. Daha va guzarlarda kichik non korxonalari ishga tushirildi. 1995-yilda "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibida 4 non ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent, Yangiyoʻl, Fargʻona, Qarshi), 21 non zavodi ishladi va bir sutkada 1300 t dan ziyod non mah-sulotlari ishlab chiqarildi. "Oʻzdonmahsulot" tizimida har biri sutkada 3 t dan 120 t gacha non ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan 200 dan ortiq non zavodlari va kichik novvoyxonalar faoliyat koʻrsatadi (2003). Ularda dunyodagi eng ilgʻor "Vinkler" (Germaniya) va "Ekmasan" (Turkiya) kabi firmalarning zamonaviy jihozlari oʻrnatilgan. Hozirgi "Tansiq non" (Toshkent), "Buxoro non", "Samarqand non", "Nukus non", "Rizq" (Andijon), "Qarshi non" aksiyadorlik jamiyatlari tizimdagi yirik non zavodlari hisoblanadi. Non ishlab chiqarish korxonalari faqatgina yirik shaharlarda emas, balki qishloq joylarida ham rivojlangan. Ayni paytda "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 844 ta non ishlab chiqarish sexlari, 3 mingga yakin tandir (novvoyxona) va kichik korxonalar bor. Ular tomonidan bir yilda 160 ming t non mahsulotlari tayyorlandi (2002). Oʻzbekiston Non sanoati korxonalarida 300 xildan koʻproq non ishlab chiqariladi. Download 298.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling