O`zbekiston respublisi xalq
Download 59.66 Kb.
|
Yunusov Maftunbek2
O‘quv fanining maqsadi – Milliy g‘oyani odamlar ongiga singdirish va uni e'tiqodga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqish;
O‘quv fanning vazifalari: talabalarda ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, ta'lim jarayoning samaradorligini oshirish, zamon talablari, innovasion pedagogik texnologiyalar asosida Milliy g‘orya fanini o‘qitishga bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishdan iborat. 3. O‘quv dasturlarida multimediadan foydalanish kompyuterlarning analitik imkoniyatlarini o‘rgatilayotgan fan mavzularining har tomonlama mazmunli va obrazli qilib tasvirlash imkoniyati bilan to‘ldiradi. Ma’lumki, o‘quvchi birinchi marta eshitgan axborotining faqatgina chorak qismini o‘zlashtiradi. Agarda o‘quvchining o‘quv jarayonida interaktiv multimedia texnologiyasi yordamida faol ishtiroki ta’minlansa, u holda yangi mavzuni o‘zlashtirish 75 foizni tashkil etishi mumkin. Interaktiv multimedia o‘quvchiga katta emotsional – estetik ta’sir ko‘rsatishi sababli multimedia dasturlari sifatiga katta talablar qo‘yilishi lozim, chunki estetik jihatdan zaif bo‘lgan multimedia mahsuloti o‘quv jarayonining samarasini kamaytiradi va ba’zi hollarda salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Ijodiy va ta’sirchanlik nuqtai nazaridan multimediani yangi san’at turi deb hisoblash, shuningdek, multimedia san’at nazariyasi va multimedia pedagogikasini yaratish lozim. Dars berayotgan o‘qituvchi pedagogik texnologiyani yaxshi bilishi zarur. Chunki pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatish va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. 63 Pedagogik texnologiya o‘qitish jarayonlarining o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish bosqichlarini ko‘rish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Pedagogik texnologiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘indisidir. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi. Pedagogik tajribalarni o‘rgatishdan maqsad, o‘qituvchilarning serqirra va murakkab faoliyatidagi yangiliklarni aniqlash bilan birgalikda ilmiy tadqiqot metodi sifatida nazariya va amaliyot birligini ta’minlashga qaratiladi, yo‘naltiriladi. Ilg‘or pedagogik tajriba shunday amaliyotki, u har doim o‘ziga yangilik elementlarini, ijodkorlik namunalarini, novatorlik faoliyat qirralarini mujassamlantiradi, uning asosiy ko‘rsatkichi natijaviylik, ya’ni ta’lim tarbiya sohasida yillar davomida erishilgan ilg‘or samara hisoblanadi. Pedagogik tajribani o‘rganish sermashaqqat mehnat talab qiladi va o‘ziga xos metod (so‘rovnoma, suhbat, hujjat o‘rganish) va shakllarga (pedagogik o‘qish, pedagogik ilmiy guruh)ga ega. Pedagogik texnologiya bugun paydo bo‘lgan yangilik yoki yo‘nalish emas, u har doim o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayoni ma’lum bosqichlar, amallar, usullar, harakatlardan tashkil topgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shunga mos holda ma’lum pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Dars o‘tishda belgilangan maqsadni o‘quvchi ongiga, qalbiga singdirishda har xil metodlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Demak o‘quvchilarning darsga, fanga qiziqishini oshirish, xotiralarini yanada o‘tkirroq qilib charxlash lozim. Darsni faqat auditoriyada o‘tish shart emas, balki uni joylarda ham o‘tish mumkin. Masalan muzeylarga, o‘lkashunoslik muzeylariga, tarixiy joylarga, teatr, kinolarga borish, tadbirlar o‘tkazish bilan ham maqsadga erishishimiz mumkin. Davra suhbatlari, munozaralar, uchrashuvlar tashkil etilishi mumkin. Savolnomalar tuzish va unga javob olish ham katta natija beradi. Download 59.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling