Ahmoniylar
|
Achaemenids
|
Ахемениды
|
Miloddan avvalgi 558-330-yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga miloddan avvalgi VIII asr oxiri VII asr boshlarida Elam yaqinidagi Parsua hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i,oriylarning nufuzli sardorlaridan biri Ahamon asos solgan. Kir II (556-530) va Doro I (522-486) davrida O’rta Osiyo hududlari ham Ahmoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan. Ahmoniylar saltanatiga Makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (356-323) miloddan avvalgi 330-yilda barham beradi.
|
Antik davr
|
Antique
period
|
Античный
Период
|
(lotincha “antiquus”–qadimgi)–O’rta Osiyo tarixining miloddan avvalgi IV asrdan (yunon-makedon istilosidan) boshlab milodiy V asrga qadar bo‟lgan davri. Jahon tarixida esa, qadimgi Yunoniston (Gretsiya) va Qadimgi Rim tarixining milodiy 476-yilgacha bo’lgan davri
|
Ark
|
Ark
|
Арк
|
qadimda va o‟rta asrlarda O‟rta Osiyo hududida shaharlarning hokimlar joylashgan ichki qismi, ya‟ni “o‟rda”. Arkda asosan hukumat idoralari, amaldorlarning uylari, devonxona,tanga zarb qilinadigan zarbxonalar joylashgan. Odatda ichki shahar – ark ham qalin mudofaa devori bilan o‟rab olingan.
|
Baqtriya
|
Baktriya
|
Бактрия
|
geografik hudud.Qadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O’zbekiston (Surxondaryo),Janubiy-G’arbiy Tojikiston va Shimoliy Afg‟oniston yerlari kirgan. Ilk o’rta asrlar davriga kelib qadimgi Baqtriya yerlarida ko’chmanchi turkiy qabila–toxarlar kelib joylashishi munosabati bilan Tohariston deb yuritilgan.
|
|