O‘zbekiston respulikasi qishloq xo‘jalik vazirligi samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti kengashining 1-son majlisi bayoni


Download 37.62 Kb.
bet3/5
Sana11.11.2023
Hajmi37.62 Kb.
#1766718
1   2   3   4   5
Bog'liq
31.08.2023 Kengash Protocol 1

Qaror qilindi:

  1. Institutda 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi va mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha bo‘yicha birinchi prorektor U.U.Nurullayevning axboroti qoniqarli deb baholansin va ma'lumot uchun qabul qilinsin.

Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma'qullandi.
II. Eshitildi: Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori inspektori I.Lukovaning axboroti yuzasidan Kengash kotibi Sh.B.Babaxolov so‘zga chiqdi va 2023 yilning iyul va avgust oylarida institutda Prezident qarorlari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, OTFIV, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa vazirliklar buyruqlari, Hay'at qarorlari, institut qarorlari bajarilishi hamda ijro intizomiga rioya qilishning holati to‘g‘risida axborotini taqdim etdi.
2023-yilning iyul-avgust oylarida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori oʻz ish faoliyatini “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunlarga va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2001-yil 29-avgustdagi 207-sonli “Oliy taʼlim muassasasi ichki nazorat va kadrlar tayyorlash milliy dasturini ruyobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2009-yil 28-avgustdagi 11-10-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2004-yil 18-noyabrdagi 272-sonli “Oliy taʼlim muassasalarida ijro intizomini yanada mustahkamlash, hujjatlar, fuqarolarning yozma va ogʻzaki murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2005-yil 4-martdagi 2/3-sonli “Oliy taʼlim muassasalarida 2004-yildagi Vazirlik hayʼati qarorlarining ijrosi toʻgʻrisida”gi hayʼat qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2009-yil 2-noyabrdagi 49-sonli bayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2009-yil 6-noyabrdagi 02-1-113-sonli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-sonli Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz.” ijro intizomini idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-son qarori talablariga amal qilgan holda olib borganligini aytib o‘tdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasidan tushgan fuqarolar murojaatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarorlari, Apparat yigʻilishi bayonnomalari, buyruqlari va farmoyishlari, koʻrsatmalari, Qishloq xoʻjaligi vazirligidan kelgan buyruqlar, topshiriqlar, viloyat va shahar hokimliklari, boshqa tashkilot va idoralardan, “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjatlarning hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini bajarilish holati institutda quyidagicha:
2023-yilning iyul-avgust oylarida yuqori tashkilotlardan jami –250 ta hujjat kirim qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan jami -150 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, bulardan 22 ta buyruqlar, 1 ta Qo‘shma qaror, va 1 ta Bayon, qolganlari topshiriq-xatlarni tashkil qiladi, 46 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan. Samarqand viloyati hokimligidan jami -37 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, 21 tasi ijro uchun, 14 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan. Qishloq xoʻjaligi vazirligidan -48 ta topshiriq va buyruqlar kelib tushgan. Shuningdek turli tashkilotlardan - 15 ta hujjat kelib tushgan. Ushu hujjatlarning barchasi Oʻzbekiston Respublikasi “edo.ijro.uz” idoralararo yagona elektron tizimiga kiritilgan boʻlib, ijro uchun masʼullarga yuborilgan topshiriq-xatlarga belgilangan muddatlarda javob xatlari yuborilgan. Buyruqlar, Qaror va bayonlarga buyruq loyihalari ishlab chiqilgan va ijrosi bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan. Jami ijro muddati yetib kelmagan topshiriqlar -18 tani, muddati o‘tib bajarilgan topshiriqlar 8-tani tashkil qilishini aytib o‘tdi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘gʼrisida”gi PF–14-son Farmoni ijrosini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-76 Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “edo.ijro.uz” idoralararo yagona elektron tizimiga Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasidan hamda Toshkent davlat agrar universitetidan jami bo‘lib 30 ta topshiriq kelib tushgan. Bulardan belgilangan muddatlarda ijrosi taminlangan topshiriqlar 21-ta, muddatidan kech bajarilgani 4-ta hamda ijro muddati etib kelmagan topshiriqlar 7-tani tashkil qiladi. Ushbu topshiriqlarning ijrosi belgilangan muddatlarda bajarilishi nazoratga olinganligini bayon etdi.
Institut rahbariyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual xalq qabulxonasi hamda yuqori tashkilotlardan murojaatlar kelib tushmaganligini aytib o‘tdi.
Muhokama uchun so‘zga chiqdilar:
Eshitildi: Kengash raisi Sh.T.Hasanov tomonidan ijrochilik intizomiga bo‘limlarda qat'iy rioya qilinishi kerakligini, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning ijrosini kechiktirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va o‘z vaqtida bajarilishi shart ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlariga e'tiborli bo‘lish, ularning o‘z vaqtida va belgilangan tartiblarda ijrosini ta'minlash hamda qayd etib borilishi lozimligini ta'kidladi.

Download 37.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling