O‘zbekiston respulikasi qishloq xo‘jalik vazirligi samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti kengashining 1-son majlisi bayoni


Download 37.62 Kb.
bet4/5
Sana11.11.2023
Hajmi37.62 Kb.
#1766718
1   2   3   4   5
Bog'liq
31.08.2023 Kengash Protocol 1

Qaror qilindi:

  1. Institutda Prezident qarorlari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, OTFIV, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa vazirliklar buyruqlari, Hay'at qarorlari, institut qarorlari bajarilishi hamda ijro intizomiga rioya qilishning holati to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori inspektori I.Lukovaning axboroti qoniqarli deb baholansin va ma'lumot uchun qabul qilinsin.

Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma'qullandi.
III.Eshitildi: Kun tartibidagi uchinchi masalada Kengash kotibi, Sh.Babaxolov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi (2020 yil 23-sentyabr,O‘RQ-637-son), Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2011 yil 3-dekabrdagi 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining ilmiy kengashi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi 181-son qarorining 2-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2019 yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28- fevraldagi 181-son qarori ijrosi to‘g‘risida” gi 214-son va 2019 yil 1-apreldagi “Vazirlikning ayrim buyruqlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” gi 296-son buyruqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2023 yil 7- iyuldagi PQ-216 qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31-iyuldagi “Samarqand agroinnnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 139-son buyrug‘iga muvofiq Samarqand agroinnnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Kengash Nizomi tuzilganligini va institut Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilashini ta’kidlab o‘tdi. Institut Mazkur Nizom va Nizomga asosan Institut Kengashi ish rejasining loyihasi yangi o‘quv yili uchun har yili Kengashning 1-son majlisida muhokama qilinib, tasdiqlanishi lozimligini ta’kidladi. Kengash ish rejasining loyihasi Kengash majlisida muhokama qilinib, takliflar eshitildi va tasdiqlash uchun ma’qullandi.
Shu bilan birga yangi o‘quv yili uchun bo‘limlar, fakultetlar, kafedralarning 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejalari, o‘quv jarayoni grafigi, fanlarning ishchi o‘quv dasturlari tayyor ekanligi hamda ularni institut Kengashning 1-son yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlash lozimlgini, ammo yangi professor-o‘qituvchilar sentyabr oyining 4-sanasi bilan ishga qabul qilinishini hisobga olib professor-o‘qituvchilarning ish rejalarini senytabr oyi Kengashining majlisida tasdiqlash taklifini kiritdi va ushbu taklif kengashning barcha a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Qaror qilindi:

  1. Institut Kengashi Nizomi, Kengash, bo‘limlar, fakultetlar, kafedralarning 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejalari, o‘quv jarayoni grafigi institut Kengashning 1-son majlisi qarori bilan tasdiqlansin.

Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma’qullandi
IV. Eshitildi: Kun tartibidagi to‘rtinchi masalada, kengash tarkibini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi. Kengash raisi, Sh.T.Hasanov tomonidan 2023-2024 o‘quv yilida kengash faoliyati to‘g‘risida qisqacha aytib o‘tdi va kengash tarkibi o‘zgarishsiz qoldirilishi to‘g‘risida taklif bildirdi.
Qaror qilindi:

  1. Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Kengashining tarkibi 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘zgarishlarsiz tasdiqlansin.

Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma'qullandi.

Download 37.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling