O‘zbekiston respulikasi qishloq xo‘jalik vazirligi samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti kengashining 1-son majlisi bayoni


Download 37.62 Kb.
bet1/5
Sana11.11.2023
Hajmi37.62 Kb.
#1766718
  1   2   3   4   5
Bog'liq
31.08.2023 Kengash Protocol 1


O‘ZBEKISTON RESPULIKASI QISHLOQ XO‘JALIK VAZIRLIGI


SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR VA TADQIQOTLAR INSTITUTI KENGASHINING 1-SON MAJLISI BAYONI

“31” Avgust, 2023 yil Oqdaryo tumani



Qatnashdilar:

21 a’zodan 19 a’zo







Taklif etilganlar:

Bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari







Raislik qildi:

Filial direktori, Sh.T.Hasanov







Kotib:

Kengash kotibi, Sh.Babaxolov


KUN TARTIBI:



  1. Institutda 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi va Davlatimiz mustaqilligining 32 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot. Ma’ruzachi: Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.U.Nurullayev.

  1. Institutda Prezident qarorlari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, OTFIV, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa vazirliklar buyruqlari, Hay'at qarorlari, institut qarorlari bajarilishi hamda ijro intizomiga rioya qilishning holati to‘g‘risida axborot. Ma’ruzachi: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori inspektori, I.Lukova.

  2. Institut Kengashi, bo‘limlar, fakultetlar hamda kafedralarning 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejalari, o‘quv rejalari, o‘quv jarayoni grafigi, fanlarning sillabuslarini tasdiqlash. Ma’ruzachi: Kengash kotibi, Sh.Babaxolov.

  3. Tashkiliy masala - Kengash Nizomi, tarkibi va ish rejasini tasdiqlash. Ma’ruzachi: Kengash raisi, Sh.T.Hasanov.

  4. Turli masalalar

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti kengashining 1-son majlisini kengash raisi, institut rektori i.f.d., professor Sh.T.Hasanov kengash a’zolari hamda majlis qatnashchilarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami bilan tabriklab, boshlanayotgan yangi o‘quv yilida institut jamoasining barcha a’zolariga kuch-quvvat va zafarlar tilagi bilan boshladi. Shuningdek, joriy yilning 7-iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2023 yil 7- iyuldagi PQ-216 qarori, ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31-iyuldagi “Samarqand agroinnnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti” faoliyatini tashkil etih to‘g‘risidagi 139-son buyrug‘iga muvofiq Samarqand agroinnnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tashkil etilganligini ta’kidlab barcha institut jamoasini tabrikladi.
Kengash raisi Sh.T.Hasanov kvorum mavjudligini ma'lum qilib, majlisni ochish bo‘yicha a'zolarning takliflarini so‘radi. Kengash majlisini boshlash mumkinligi to‘g‘risida taklif tushdi va bir ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma'qullandi.

Download 37.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling