O‘zbekiston respulikasi qishloq xo‘jalik vazirligi samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti kengashining 1-son majlisi bayoni
Download 37.62 Kb.
|
31.08.2023 Kengash Protocol 1
I.Eshitildi: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.U.Nurullayev so‘zga chiqib, institutda 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi va mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotini taqdim etdi.
Institutda mavjud 15 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 14 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malaka talabalari Toshkent davlat agrar universiteti huzurida tashkil etilgan sohani muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan ishlab chiqilganligini hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 21 avgustdagi 367-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanganligini ta’kidlab o‘tdi. Institutda bugungi kunda 1 ta 1555 o‘rin sig‘imiga ega bo‘lgan o‘quv binosi mavjud. O‘quv binosida jami 41 ta o‘quv auditoriyalari mavjud bo‘lib, shundan 18 tasi ma’ruza xonalari, 18 tasi amaliy mashg‘ulot va seminar xonalari, 2 tasi kompyuter sinfi, 3 tasi laboratoriya xonalari hisoblanadi. O‘quv auditoriyalari yangi o‘quv yili uchun qayta ta’mirlanib, jihozlangan va kompyuter texnika vositalari bilan mutazam boyitib borilayotganligini va yangi o‘quv yiliga tayyor holatda ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Institutda ichki tartib qoidalari tasdiqlangan bo‘lib 9 ta bob va 94 ta bo‘limdan iborat. Odob-axloq kodeksining belgilangan tartibda tasdiqlanib, 10 ta bob 35 ta moddadan iborat Odob-axloq kodeksi institutning professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlar, magistrant va talabalarga shuningdek malaka oshirish kurslariga kelgan tinglovchilarga mo‘ljallab kitobcha shaklida ko‘paytirilib tarqatish maqsadida tayyor holatga keltirilganligi va nashriyotga chop etishga buyurtma berilganligini aytib o‘tdi. Institutda talabalarni ijara uylariga joylashtirish bo‘yicha yagona ma’lumotlar markazi tashkil etilgan bo‘lib, bunga 2 nafar dekan o‘rinbosari, 6 nafar tyutorlar va 10 nafar valantyorlar guruhi biriktirilganligini bayon etdi. Ijara xonadonlarining manzilllari, uy egasining telefon raqami hamda xonadonlar geolokatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi ijara.edu.uz axborot tizimiga va samaguni.uz veb-saytiga, “Talabaga MADAD” telegram kanaliga kiritib borilmoqda hamda peshlavhalar orqali talabalarga axborot berilmoqda. Ijara xonadonlariga joylashtirish rejalashtirilgan Birinchi bosqich talabalariga 402 ta o‘ringa yega bo‘lgan jami 98 ta ijara xonadanlari manzilli ro‘yxatlari shakillantirilidi. Institutning ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari ijara xonadonlariga joylashtirishda talabalar tomonidan 2022/2023 o‘quv yilida tuzilgan ijara shartnomalari asosida 598 nafar talaba shartnomalarini uzaytirilishi ma’lum qilingan bo‘lib, shundan talaba sig‘imiga ega bo‘lgan 301 ta ijara xonadonlari bilan yangidan manzilli joylashtirish amalga oshirildi. Institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorning 2023/2024-o‘quv yili uchun yo‘l xaritasi tasdiqlangan bo‘lib, bunda 9 ta bob 60 ta bo‘limdan iborat ishlar yo‘l xaritalari kiritilgan, hamda chora tadbirlar amalga oshirilib bormoqda. Institutda 1 ta sport zali, yaqinda ta’mirdan chiqqan bitta ochiq sport maydonida futbol, basketbol va mini futbol maydoni ish faoliyatiga tayyor holatida ekanligini aytib o‘tdi. Talabalar uchun ochiq sport maydonida yuvinish xonasi, kiyinish xonasi hamda gimnastika zali qurib bitkazilgan. Talabalarni sport bilan shug‘ullanishi uchun institutning barcha sport maydonlari zaur jihozlar bilan ta’minlangan. Institutda tashkil etilgan sport klubida 5 ta sport turi bo‘yicha futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat sport seksiyalari tashkil etilganligini bayon etdi. Institutda yangi oʻquv yilining birinchi oʻn kunligida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari”ni vazirlik tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar asosida sifatli tashkil etish yo‘lga qo‘yldi. Institutda qabul qilingan talabalarni tabriklash boʻyicha “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi va 4-sentyabr kuni Mustaqilligimizning 32 yilligi va bilimlar kunini birgalikda o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi. “Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini oʻtkazishga qaratilgan namunaviy dastur ishlab chiqildi va fakultetlar bilan qabul qilingan talabalarni guruhlarga briktirish va birinchi haftasida mutaxasislik kafedralari bilan birgalikda guruhlar kesimida darslarni tashkil etish rejasi ishlab chiqilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yilligini munosib nishonlash maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etiladigan “Mustaqillik darslari”ni tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalar tarqatilgaligini ta’kidladi. Muhokama uchun so‘zga chiqdilar: Eshitildi: Institut rektori Sh.T.Hasanov, kengash a’zolari X.X.Xonqulov, va A.Shamsiyevlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyalarida avgust oyining ikkinchi yarimida Respublika OTM da yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini tekshirish bo‘yicha ishchi guruh tashrif buyurganligini, kerakli ko‘rsatmalar olinganligini, barcha fakultet va kafedralarda professor-o‘qituvchilarning yangi o‘quv yili uchun shaxsiy ish rejalari tasdiqlanib tayyor bo‘lishi lozimligini ta’kidlashdi hamda yangi o‘quv yilida filial jamoasining barcha a’zolariga zafarlar tilandi. Shunigdek, Kegash raisi Sh.T.Hasanov tomonidan yangi o‘quv yiliga kompleks tayyorgarlik, jumladan auditoriyalar holati, darslarning smenalar asosida tashkil etilishi va o‘quv jarayonlari grafiklari, fan dasturlari va materiallar barchasi tayyor holatda bo‘lishi lozimligini ta’kidladi hamda bunga barcha prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari mas’ul ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi. Download 37.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling