Javob: Prometiy, 68 element.
1 boshlovchi: Qaysi moddada hayot –
Soziga ishora bor?
Agar bilsang nomlarin,
Aytib bizga et izxor.
Javob: Vodorod, kislorod, uglerod. Ularda ruscha rod sozi qoshilgan bolib, tugdirish, paydo qilish manolari bor, bundan tashqari ular hayot uchun muhim elementlardir.
2 boshlovchi: Qaysi modda nomida,
Olimlarning nomi bor?
Bu moddalar olimlarning
Nomlarin etgan dongdor.
Javob: Kyuriy, Kurchatoviy, Mendeleviy, Nobeliy, Eynshteynniy.
1 boshlovchi: Qay elemetlar nomi
Davlatlarning nomida?
Ular atalar qanday,
Kopmi sanoq sonida?
Javob: Galliy (Qad. Fransiya nomi), Germaniy, Poloniy (Polsha), Skandiy (Skandinaviya), Amerisiy, Yevropiy, Kaliforniy.
2 boshlovchi: Ayt qaysi elementlar
Xudolarning nomida,
Ular qanday atalar,
Kopmi sanoq sonida?
Javob: Vanadiy (Qadimiy Skandinav mifologik xudosi Vanadus nomidan), Toriy (Skandinav mamaqaldiroq xudosi nomidan).
1 boshlovchi: Quloq burun va tomoq
Vrachi atalur LOR,
Aytingchi bu atama
Qay element nomida bor?
Javob: Xlor elementi nomida bor.
2 boshlovchi: Dutor, rubob va tanbur
Torli cholgu asbobdir,
Ularning bir qardoshi
Qaysi moddada bordir?
Javob: Tor cholgu asbobi ftor elementi nomida bor.
1 boshlovchi: Qaysi qimmatbaho tosh
Komirgadir qon-qardosh,
Qizdirsa yonib bitar,
Quyoshga berolmay dosh?
Javob: Olmos (yoqut). Olmos va komir qon-qardosh, yani ular uglerodning ikki xil korinishidir. Olmos yondiruvchi shisha orqali quyosh nurida qizdirilsa havoda yonib yoqolib ketadi (XVIII asr, Averani va Tarjonilar tekshirishgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |