О‘zbekistоn resрublikаsi оliy tа’lim, fan va innovatsiyalar vаzirligi сhirсhiq dаvlаt рedаgоgikа universiteti


Rentgen nurlarining yutilishi va tabiati


Download 56.04 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1540451
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABDUQAYUMMOVA DILFUZA

1.2. Rentgen nurlarining yutilishi va tabiati
Rentgen nurlarining yutilishi
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Rentgen nurlarining intensivligini ularning metallarda yutilishida chiqaradigan issiqlik miqdoriga qarab aniqlash mumkindir. Bu yerda I- nurlarning yutilishdan keyingi intensivligi, I0-yutuvchi moddadga tushayotgan nurlanishning intensivligi, d-yutuvchi qatlamning santimetr hisobidagi qalinligi, µ-nurning qattiqligini xarakterlovchi yutilish koeffitsiyenti.
µ=1/d0 ekanligi ko‘rinib turibdi, bu yerda d0-nurlar intensivligini e=2,718 marta kamaytiradigan qatlamning qalinligi. Bazan Rentgen nurlarining qattiqligini ularning intensivligini ikki marta susaytiradigan tayinli bir moddaning (odatda alyuminining ) yutuvchi qatlami qalinligi orqali xarakterlanadi. Bu D qalinlik d0 va µ bilan quidagi soddagina munosabat orqali bog‘lanadi:

Rentgen nurlarining kattaligi xilma- xil bo‘lishi mumkin. Alyuminiy D ning qiymati 0,0006 dan 6 sm gacha o‘zgaradigan yani bu qiymat 10 000 marta o;zgaradigan nurlar ishlatiladi. Qiyinlashtiradiki , trubkadan chiqadigan Rentgen nurlari juda bir jinsli bo‘lmaydi, yani bu nurlar qattiqligi turlicha bo‘lgan nurlar <> iborat.Bu nurlarni yutuvchi modda orqali o‘tkazib , biz yumshoqroq nurlarni tutib qolamiz va shu tariqa bir jinsliroq dasta hosil qilamiz. Filtrlashning bu usuli ancha qo‘pol bo‘lib, juda bir jinsli monoxramatik nurlar olishga imkon bera olmaydi.Xozirgi vaqtta biz odattagi to‘lqin uzunliklari optikasidagi monoxromatizatsiya qilinadi. Monoxromatikligi jixatidan yorug‘lik nurlaridan past bo‘lmagan nurlar shunday qilib xosil qilinadi va ularning yutilish koeffitsiyenti yutuvchi moddaning ρ zichligiga bog‘liq va taqriban olganda zichlikka proporsional deb hisoblash mumkin.Aniqroq aytganda, yutilish yutuvchi moddaning qatlam qalinligi birligidagi atomlari soni orqali belgilanadi.Bir atomdan boshqalariga o‘tilganda esa yutilish atom og‘irlik ortishi bilan ortadi, to‘g‘rirog‘i, yutilish atom nomerining kubiga proporsional bo‘lgani holda atomning Z nomeri ortishi bilan tez ortadi. Rentgen nurlarining qattiqligi tushunchasini aniqlagan Rentgenning o‘ziyoq qattiqlik Rentgen trubkasining rejimiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi:anod bilan elektronlarni tezlashtiradi) , yani anodga yog‘iladigan elektronlarning tezligi qancha katta bo‘lsa Rentgen nurlari shuncha qattiq bo‘ladi. Shunday qilib, qizitilma katodli ayni birtrubka qattiqligi har qanday bo‘lgan Rentgen nurlari olishga xizmat qila oladi ;nurlar qattiqligi tezlatuvchi maydon bilan aniqlanadi (boshqariluvchi trubkalar) . Bu turga qarashli trubkalarda potensiallar farqi ortishi bilan nurlarning qattiqligi tez ortadi. Tajribaning ko‘rsatishicha , bunday trubkaning nurlarni yutishining o‘rtacha µ koeffitsenti anod bilan katod orasidagi V potensiallar farqining kubiga taxminan teskari proporsonal , yani

Rentgen nurlarining tabiat
Rentgen nurlarining qattiq jismlardan, masalan, odam muskullaridan ham o‘ta olishi, ularning tibboyotdagi benazir dastyorga aylanishlariga sababchi bo‘ldi. Rentgen nurlari, hakimlarga mijoz organizmida nimalar sodir bo‘layotganligini aniqlashga yordam beradi.Rentgen nurlari 1895-yilda Vyurtsburg universitetining olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) tomonidan kashf etilgan edi. Bu nurlar ham, ko‘zga ko‘rinadigan nurlar, gamma-nurlanishlari, radioto‘lqinlar, mikroto‘lqinlar, infraqizil, ultrabinafsha nurlanishlar singari, elektromagnit spektrining bir turi hisoblanadi. Rentgen nurining kashf etilishiga tasodif sababchi bo‘lgan.Konrad Rentgen katod nurlari taratuvchi elektron-nur trubkasi bilan tajribalar olib borar edi. Bir safar, trubka zich va qop-qora qalin qog‘ozli g‘ilof bilan berkitilgan holatda tasodifan elektrni ulab yubordi va yaqin orada joylashgan platinosianistik bariyning kristallari yashil rangda rovlana boshlaganini payqab qoldi. Rentgen trubkani o‘chirishi bilanoq, tovlanish to‘xtadi. Qaytadan yoqsa, kristallar yana yorishib, tovlana boshladi. Tekshirishlarni davom ettrib, Rentgen avvalari ma’lum bo‘lmagan nurlanish turi bilan to‘qnash kelganini fahmladi. U katod nurlari, elektron-nur trubkaning ichida qandaydir to‘siqqa duch kelayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladi.Qayd etilgan yangicha turdagi nurlanishning intensiv oqimini olish uchun Rentgen, katod nurlanishlari elektron nur trubkasining konstruktsiyasiga o‘zgartirishlar kiritdi. Shu tufayli, bunday yangicha trubka Rentgen trubkasi deb nomlanish oldi. Yangi nurlarning g‘aroyib xususiyatlari ko‘zga tashlanar edi: ular shaffof bo‘lmagan to‘siqlar (masalan o‘sha qalin qora qog‘ozli g‘ilofdan) erkinlik bilan o‘tib keta olardi, biroq qo‘rg‘oshin plastinkalardan o‘ta olamsdi.Tajribalarning birida Rentgen hayratlanarli natijani qayd etdi. U odatiy yorug‘lik nurlari yordamida olinadigan fotokadrning yangi nurlar bilan ham olish imkoniyati mavjudmi yo‘qmi, tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi va fotoplastinka ustiga turmush o‘rtog‘ining qo‘lini qo‘yib ko‘rishini iltomos qildi. Rentgenlar oilasining jiddiy hayratiga sabab bo‘lib, fotoplastinkada kaft va barmoqlarning emas, balki kaft va barmoq suyaklarining tasviri paydo bo‘ldi. Barmoqlarning biridagi nikoh uzugi ham shundoqqina ko‘zga tashlanib turardi.Rentgenning o‘zi bu nurlarni X-nurlar deb atadi. Keyinroq ularni Rentgen nurlari deb atay boshlashdi. 1898-yilda rentgen nurlarini birinchi marotaba tibbiy maqsadlarda foydalanishga kirishildi. Harakatdagi Britaniya armiyasi uchun maxsus Rentgen trubkasi bilan jihozlangan tashxis apparati loyihalandi va jarohatlangan askarlarni tekshirish uchun harbiy poligonlarda keng qo‘llanila boshlandi.1901-yilda Vilgelm Konrad Rentgen o‘z kashfiyoti uchun Fizika sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu fizika sohasi uchun ta’sis etilgan birinchi Nobel mukofoti edi.Bir qancha muddatdan keyin rentgen trubkasi takomillashtirila boshlandi. 1913-yilda AQSHlik olim Uilyam Kulidj Rentgen trubkasining katodini volfram tolalari bilan ta’minlab, rentgen trubkasining yanada takomillashtirilishiga o‘z xissasini qo‘shdi. Buning natijasida yana ham sifatli va tiniqroq tasvir olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Keyinchalik ham olimlar va muhandislar, hamda, tibbiyot mutaxassisalari umumiy izlanishlar orqali Rentgen nurlarining samaradorligini oshirish, ularning bemorlar va doktorlarga salbiy ta’sirlarini kamaytirish borasida muttasil izlanishlar olib bordilar.Hozirgi kunda ham Rentgen apparatlari tashxis va davolash masalalarida o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ayniqsa o‘pka kasalliklari, suyak sinishlari va tish kasalliklarini tashxis qo‘yishda Rentgen diagnostikasiga yetadigan vosita yo‘q. 1970- yillardayoq KT-skanerlar – rengen va kompyuter tomograflarining o‘zaro duetlari paydo bo‘ldi. Bu usulning mohiyati shunda ediki, odam organizmidagi turli xil to‘qimalar, rengen nurlarini turlicha o‘tkazadi. Shu sababli, har xil organlarning rentgen tasvirlarini olish uchun kompyuterda murakkab qayta ishlash jarayonlari bajariladi. KT skanerlangan organning turli qalinlikdagi to‘qimalari qatlamlar bo‘yicha alohida alohida tasvirga tushiriladi va ular keyingi qayta ishlash jarayonida kompyuterdagi maxsus dastur orqali yagona va yaxlit organ tasviriga qayta birlashtiriladi.Lekin, rengen nurlaridan foydalanishning salbiy taraflari ham mavjud: Ular odam organizmiga tushgach, to‘qimalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va saraton kasalliklarini kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi xavfi mavjud. Shu sababli, organizmning rentgen tekshiruvlari oraliq masofasini saqlash vrachlar tomonidan doimiy va jiddiy nazorat qilinadi. Rentgen trubkasi elektron-nur trubkasining bir turi bo‘lib, u radiatsiyaning aks ta'sirlarini minimallashtirish maqsadida atroflama to‘liq metall qoplama bilan qoplanadi. unda faqat juda kichik tirqish bo‘lib, u orqali rentgen nurlari mijoz tanasining tekshirlayotgan qismiga yuboriladi. Trubkaning ichida kuchli quvvatga ega elekt toki, elektronlarni musbat anod va manfiy katod orasida harakatlanishga majbir qiladi. Elektronlarning anodga ta'siri rengen nurlarinishining paydo bo‘lishiga olib keladi.Garchi Rentgen nurlarining dasrlabki tadqiqotchilari (Stoks, D.A.Goldgammer va qisman Rentgenning o‘zi ) Rentgen nurlari anodga kelib uriluvchi tez elektronlarning tormozlanishida paydo bo‘ladigan elektromagnetik to‘lqinlardir degan g‘oyani oldinga surgan bo‘lsalarda ,Rentgen nurlarining bir qator xossalarini uning to‘lqin tabiatiga moslashtirish qiyin bo‘ladi. Umuman Rentgan nurlarining ko‘p xossalari juda qiyinlik bilan tadqiq etildi. Rentgen nulari bir muhitdan boshqa muhitga o‘tganda qaytish va sinishini kuzatishga ko‘p vaqtgacha muyassar bo‘linmadi. Rentgen ning o‘zi bu nurlar sochilishi ning zaifligini izlarini topa oldi xolos , bu xodisani ularning korpuskuliyar tabiatiga asoslanib xam izohlab berish oson , albatta. Rentgen nurlrini to‘lqin tabiatini deydigan gipoteza uchun Rentgen nurlarining interferensiyasini va difraksiyasini toppish maqsadidi Rentgenning o‘zi va boshqa bir qator tadqiqotchilar o‘tkazgan tajribalarning muvaffaqiyatsiz chiqishi, ayniqsa, og‘ir bo‘ldi. Bundan ancha keyin 1910-yil yaqinida Rentgen nurlarining to‘lqin uzunligi ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik va ultrabiinafsha nurlarining to‘lqin uzunligidan ancha kichik ekanligi aniqlanadi va shuning uchun Rentgen nurining interferensiyasini payqashga bag‘ishlangan dastlabki tajribalarning muvaffaqiyatsiz chiqishi aniq ekan. Shuni qayd qilamizki, Rentgenning dastlabki ishlari nashr etilgan vaqtdayoq, ya’ni 1897-yildayoq Stoks-Rentgen nurlari to‘g‘risida hozirgi zamon tasavvurlari sohasida umumn to‘g‘ri bo‘lgan farqlarni aytdi. Stoksni fikricha, Rentgen nuri anoqda borib uriluvchi elektronlarning tezligi keskin o‘zgarganda paydo bo‘ladigan qisqa elektromagnit impulslaridir. Harakatanayotgan zarra tezligining bunday o‘zgarishini uchib ketayotgan elektrondan iborat elektr tokining zaiflashuvi deb hisoblash mumkin; elektr toki zaiflashganda harakatdagi elektron bilan bog‘liq bo‘lgan magnit maydoni zaiflashadi. Magnit maydonining o‘zgarishi atrofdagi fazoda o‘zgaruvchan elektr maydon hosil qiladi, elektr maydon esa o‘z navbatida o‘zgaruvchan siljish toki hosil qiladi va hokazo. Maksvell tasavvurlariga asosan, elektromagnit impuls hosil bo‘ladi, u esa fazoda yorug‘lik tezligig teng tezlik bilan tarqaladi. Bu tasavvurlarnig ancha aniq bo‘lmaganligi va asosan, tajriba ma’lumotlarining yetarli bo‘lmaganligi Rentgen nurining boshqacha talqin etilishiga olib keldi-ki, ko‘p o‘tmay bu fikrlarga Rentgenning o‘zi ham qo‘shildi. Rentgen nurlarining tabiati uzil-kesil 1912-yilda aniqlandi, bu paytga kelib M. Laue g‘oyasi bo‘yicha Rentgen nurlarining difraksiyasi shak-shubhasiz amalga oshirildi.


Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling