O`zbekiston sportchilarining osiyo, jahon va olimpia o`yinlardagi ishtiroki mundarija: Kirish


Download 2.75 Mb.
bet6/11
Sana18.11.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1783466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ўзбекистон спортчиларининг Осиё, Жаҳон ва Олимпия ўйинларидаги иштироки

Badiiy gimnastika – ayollar sporti hisoblanib, sportning yosh turlaridan biridir. U 1947 yillarda rasmiy tan olingan. Sportning ushbu turi uncha katta bо‘lmagan muddat ichida olamshumul shuhrat qozondi va yer kurrasining barcha burchaklarida о‘zining kо‘p sonli muxlislariga ega. Badiiy gimnastika О‘zbekistonda ham keng ommalashgan. Bizning sportchi qizlarimizning badiiy gimnastika bо‘yicha 2011 yilning fevral oyida Toshkentda bо‘lib о‘tgan Osiyo



3 Каримов И.А.Юксак маънавият-енгилмас куч.-Т.:“Маънавият”,2008.й.
chempionatida erishgan yutuqlari tahsinga sazovar bо‘lib, ushbu sport turiga bо‘lgan qiziqish doimiy ravishda о‘sib borayotganidan dalolat bermoqda. Bugungi kunda badiiy gimnas¬tika bilan О‘zbekistonda 31320 nafar qizlar shug‘ullanishmoqda.


Suzish markaziy asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, kuchlilik va chidamlilikni shakllantiradi, tayanch-harakat apparatiga tо‘g‘rilovchi ta’sir qiladi, suyak- mushak tizimining о‘sishiga imkon beradi, termoregulyatsion refleksni yaxshilaydi, organizmni chiniqtirishga va bronx о‘pka kasalliklarini profilaktika qilishga imkon beradi. Energiya qudrati tejalib sarflanganda о‘pkaning hayotiy sig‘imi, maksimal о‘pka ventilyatsiyasi, kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti oshadi.Yengil atletika mashg‘ulotlari (sprint, sakrash, yadro otish) organizmning funksional imkoniyatlarini, uning ishchanligini oshiradi, bо‘g‘imlarning harakatchan sig‘imini yaxshilaydi, kuch, tezlik, chidamlilik, sakrash qobiliyatini tarbiyalaydi, bular yuqori ta’sirning sog‘¬lomlashtiruvchi omili bо‘ladi, chunki mash¬g‘ulotlar ochiq havoda о‘tib, о‘ziga xos qarshilikni
oshiradi.


Stol tennisi va katta tennis – reaksiya va fikrlash tezligi, harakatchanlik, chaqqonlik, maqsadga intiluvchanlik, chidamlilikni shakllantiradi.



Kurashning hamma turlari mushaklarning uyg‘un rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatib, reaksiya tezligini, egiluvchanligini, g‘a¬labaga ishonch kuchini, chidamliligini, mushak tizimi faoliyatini oshirib, atletik gavda tuzilishini shakllantiradi.



Velosport – oyoq-qо‘llar hamda orqa mushaklarini rivojlantiradi va mustahkamlaydi, organizm faoliyatini takomiliga yetkazish uchun ichki zaxiralarni safarbar qiladi.


Turizm maktab о‘quvchilarini jismoniy tarbiyalashning va tabiat qо‘ynida faol dam olishning g‘oyat qimmatli vositasi hisoblanib, chiniqtirishga xizmat qilib, sog‘likni mustahkamlaydi, chidamlilikni oshiradi, dо‘stona munosabatni rivojlantiradi.

Bolalar hayot uchun muhim amaliy kо‘nikmalarni egallashadi, joyida mо‘ljal olishni, tabiiy tо‘siqlarni yengib о‘tishni о‘rganishadi, turizm kardiorespirator tizimiga, markaziy asab tizimi va mushaklar tizimiga katta ta’sir kо‘rsatadi,


ularning funk¬sional holatini oshirib, bolalarni nostandart sharoitlarga moslashtiradi.



Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling