O’zbekiston ta’lim tizimining gender xususiyatlari. Oila gender ijtimoiylashuv instituti sifatida. Reja


Download 149.94 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi149.94 Kb.
#1421759
Bog'liq
13O’zbekiston ta’lim tizimining gender xususiyatlari.

O’zbekiston ta’lim tizimining gender xususiyatlari. Oila gender ijtimoiylashuv instituti sifatida. REJA:

  • O’zbekiston ta’lim tizimining gender xususiyatlari. Oila gender ijtimoiylashuv instituti sifatida. REJA:
  • Ta’lim tizimgender xususiyatlar
  • Oila gender ijtimoiylashuv instituti sifatida

Oila va gender sotsiologiyasi sotsiologiya fanining asosiy yo’nalishlaridan bo’lib, u nikoh va oilaning paydo bo’lishi, rivojlanishi va vazifalarini bajarishi, erkaklar va ayollarning ijtimoiy rollarini farqlash qonuniyatlarini, jinsga qarab mehnat taqsimotini, madaniy belgilar hamda erkaklik va ayollikning ijtimoiy-psixologik stereotiplarini, ularning ijtimoiy hayotning turli jihatlariga ta‘sirini o’rganadigan fan.
Oila va gender sotsiologiyasi oilaga xos ijtimoiy munosabatlar turlari, oila va nikohning tarkibi, vazifalarini, oilani kichik ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut sifatida xususiyatlarini, nikoh va ajralishlarni, oilani rejalashtirishga ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi kelishmovchiliklar va ularni oldini olishni, oilaning boshqa ijtimoiy
munosabatlar turlari, oila va nikohning tarkibi, vazifalarini, oilani kichik ijtimoiy guruh va ijtimoiy institut sifatida xususiyatlarini, nikoh va ajralishlarni, oilani rejalashtirishga ta‘sir qiluvchi omillarni, oiladagi kelishmovchiliklar va ularni oldini olishni, oilaning boshqa ijtimoiy institutlar va ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan o’zaro munosabatini
nikoh – oila munosabatlarining tarixiy turlari va shakllarini, oila rivojlanishining tendensiyalarini o’rganadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev oila haqida gapirganida qo’yidagilarni ta‘kidlaydi: ―Oila men uchun muqaddas.
Muqaddasligi shuki, avvalambor qaerda ishlashidan qat‘i nazar, kim bo’lishidan qat‘i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada xalollik, munosabat, tarbiyaga alohida ehtibor bermasa, hech qachon natija bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi tarixida ilk bor ―xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari‖ to’g’risida to’g’risida qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‘minlash sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, qonuni o’zbek ayollarining hayotida nimalarni o’zgartiradi? O’zbekiston ijtimoiy siyosatining markazida jinslarning notengligini bartaraf etish, xotinqizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos bo’ladigan tengligini ta‘minlash
Bo’yicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan ko’riladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy xususiyatga ega chora-tadbirlarni namoyon qilish turadi.
Xotin-qizlar va erkaklar o’rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo’yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilmoqda.
Download 149.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling