O’zbekiston tarixi 7-sinf


Darsning texnologik xaritasi


Download 0.97 Mb.
bet21/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.Xorazm yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan edi?
A.sug'd B.oromiy C.shumer-akkad D.turk
2.Ilk o'rta asrlarda xat, hujjat va ayrim maktubotlar asosan nimalarga yozilgan?
A.Tosh, devor va qog'ozga, kamdan-kam hollarda qog'ozda
B.Charm, yog'och va sopol, kamdan-kam hollarda qog'ozda
C.Yog'och, tosh va devorlarga, kamdan-kam hollarda qog'ozda
D.Qog'oz, sopol va teriga, kamdan-kam hollarda qog'ozda
3.Sug'd xati asosida qaysi yozuvlar shakllangan?
A.uyg'ur va turk B.uyg'ur va manjur C.mo'g'ul va manjur D.fors va turk
4.VI-VII asrlarda O'rta Osiyoda qanday mahalliy dinlar mavjud bo'lgan?
A.zardushtiylik, xristianlik, moniylik va qam (shomoniylik)
B.buddaviylik, xristianlik, moniylik va qam (shomoniylik)
C.zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, moniylik va qam (shomoniylik)
D.zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, moniylik
5.Ko'k tangriga sig'inuvchi yakka xudolik dini bu — ...
A.moniylik B.qam-shomon C.totemizm D.buddaviylik
6.Ilk o'rta asrlarda turkiy run (ko'kturk) xati ham keng qo'llanilgan bo'lib, turklarning bu yozuvi nechta harfdan iborat edi?
A.23 B. 25 C. 30 D. 38-40
7.Turfan shahri yaqinidan so'g'd tilida yozilgan hujjatlar topilgan. Mazkur shahar qayerda joylashgan?
A.Panjikentda B.Mo'g'ulistonda C.Yettisuvda D. Sharqiy Turkistonda
8.Ilk o'rta asrlarda yurtimizda qanday yozuvlar mavjud bo'lgan?
A.sug'd va xorazm B. sug'd, xorazm toxar va baqtriya
C.sug'd, xorazm toxar va turkiy run D.xorazm, oromiy, toxar va turkiy run
9.Quyidagi qaysi hududlardan buddaning bahaybat haykallari topilgan?
A.Ayritom va Zangtepadan B.Qo'rg'ontepa yaqini va Quvadan
C.Urgut tumani va Balxdan D. Qabodiyon va Sirdaryoning quyi oqimidan
10.Ilk o'rta asrlarda qo'shni mamlakatlarga bo'yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqar- gan diyorimizdagi davlatni toping.
A.Toxariston B.Sug'd C.Farg'ona D.Eloq
11.Qadiingi ko'k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) qaysi hududlardan topilib, o'rganilgan?
A.Oltoy va Sharqiy Turkislondan tashqari, Yettisuv, Farg'ona va Zarafshon vodiylaridan
B.Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg'ona va Zarafshon, Surxondaryo vohalaridan
C.Sharqiy Turkistondan, Yettisuv va Zarafshon, Qash- qadaryo vohalaridan
D.Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan
12.V-VII asrlarda O'rta Osiyo hududida tashkil topgan mustaqil hokimliklarning qaysi birida qurolsozlik yaxshi rivojlangan?
A.Chochda B.lloqda C.Farg'onada D.Toxaristonda
13.Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyoda nasroniylik markazi hisoblangan joyni aniqlang.
A.Koson shahri B.Angor tumani C.Urgut tumani D.Turfan shahri
14.Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug'd yozuvlari Qal'ai Mug'dan, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqini hamda Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobdan ham topilgan. Shulardan Qal'ai Mug' qaysi hududda joylashgan?
A.Eronda B.Panjikent yaqinida C.Yettisuv atroflarida D.Zarafshon bo'ylarida

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling