O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi


O’zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi


Download 207.68 Kb.
bet3/3
Sana04.04.2023
Hajmi207.68 Kb.
#1325875
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekiston muzeylari все в одном

O’zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

O’zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi ko’p asrlik o’zbek adabiyoti bilan bog’liq bo’lgan qo’lyozmalar, turli hujjatlar, rasmlar, xotiralar, fotosuratlarni to’plovchi, saqlovchi va ko’rgazmali materiallar tarzida namoyish etuvchi noyob madaniy-ma’rifiy va ilmiy maskandir.


Muzey dastlab 1939 yili Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o’tkazish bo’yicha tuzilgan Davlat komiteti qoshidagi ko’rgazma shaklida barpo etilgan. 1947 yili ko’rgazma zaminida Adabiyot muzeyi tashkil topgan.
1958 yildan Adabiyot muzeyi O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti qoshiga o’tkaziladi. O’zbekiston hukumatining “O’zbekiston Fanlar akademiyasining Adabiyot muzeyi haqida”gi 1967 yil 18 yanvardagi qaroriga binoan muzeyga yangi 4 qavatli bino berilib, O’zbekiston Fanlar akademiyasining mustaqil ilmiy va ilmiy-ma’rifiy muassasasiga aylantirildi. Uning rahbari etib professor Hamid Sulaymonov tayinlandi.
1976 yil Adabiyot muzeyi bazasi asosida Qo’lyozmalar instituti tashkil etilib, Adabiyot muzeyi uning bo’limi sifatida faoliyat ko’rsatib keldi.
O’zbekiston KP Markaziy komiteti va O’zSSR Vazirlar kengashining 1989 yil 13 sentyabrdagi qaroriga binoan Adabiyot muzeyi mustaqil ilmiy ma’rifiy muassasaga aylantirildi.
1991 yilning 31 mayidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining qaroriga binoan Adabiyot muzeyi Qo’lyozmalar istituti tarkibidan chiqarilib, o’ziga mustaqil ilmiy ma’rifiy tashkilot maqomiga ega bo’ldi.
Adabiyot muzeyi ko’rgazma zallarida 17000 dan ortiq tasviriy va o’ymakorlik san’at asarlari, portretlar, noyob arxeologik yodgorliklar, xalq amaliy san’ati namunalari namoyish qilinmoqda.
Adabiyot muzeyi binosining o’zi ham (1933-1936 yillar 7962,33 m2) noyob arxitektura yodgorligi hisoblanadi.
Muzey Xalqaro muzeylar kengashi IKOM tashkiloti a’zosi.
Muzey o’zbek adabiyoti tarixi bo’yicha tadqiqotlar olib boradigan alohida bo’limlarga ham ega. Har bir bo’lim boy ma’naviy merosimizni qo’lyozma fondlar va arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar asosida o’rganib, ilmiy ishlar tarzida dastlab “Adabiy meros” va hozirda “Adabiyot ko’zgusi” ilmiy maqolalar to’plamlarini muntazam nashr etib kelmoqda. Folklor ekspeditsiyalarni uyushtirish va ilmiy komandirovkalar yo’li bilan respublikamizning shahar va viloyatlaridagi, xorijdagi o’zbek adabiyotiga oid materiallarni topib, mikrofilmlar qilish va shu asosda yagona qo’lyozmalar xazinasi va mikrofilmlar fondini barpo etishga erishdi.
Muzey allomalarimiz va ularning merosi haqida qator multimedia qo’llanmalarini tayyorlash ishlarini amalga oshirmoqda.
O`ZBEKISTON
S HARQ YULDUZI.


O`ZBEKISTON
M UZEYLARI.
Download 207.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling