O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon materiali 7-sinf o’quvchilari uchun
Download 0.71 Mb.
|
7-sinf 1-chorak O\'zbekiston tarixi 1-BSB
O‘ZBEKISTON TARIXI fanidan imtihon materiali 7-SINF o’quvchilari uchun (Imtihon shakli – chuqurlashgan gibrid)
__________________________________________________________________________ 1.1. O’rta asrlar tarixining IX-XV asrlar davri qanday nomlanadi? A) so‘nggi antik davr B) ilk o‘rta asrlar C) rivojlangan o‘rta asrlar D) so‘nggi o‘rta asrlar 1.2. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qishloq jamoalarining tabaqalanishi jarayonida shakllangan quyidagi tabaqalarga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang. 1) dehqon; 2) kashovarz; 3) kadivar; a) erkin ziroatchilar; b) qishloqning katta yer egasiga qaram aholisi; c) qishloq hokimi, ilk o‘rta asrlarda mulkdor tabaqa. A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c 1.3. “Mobadlar” – kimlar? A) ilk o‘rta asrlarda yirik yer egalari mulklarini qo‘riqlovchi jangchilar B) yuechjilar oilasiga mansub ko‘chmanchi qabila nomi C) zardushtiylikda diniy marosimlarni bajaruvchilar D) metallga ishlov beruvchi va qurolsoz ustalar 1.4. Quyidagi qaysi davlatlarda burgut hukmdorlik ramzi sanalgan? A) Afina shahar-davlati va Kidariylar davlati B) Davan va Eftallar davlati C) Xorazm va Rim imperiyasi D) Kushon podsholigi va Vizantiya imperiyasi 1.5. Quyidagi qaysi davlatda oldiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb qilingan? A) Xorazmda B) Eftaliylar davlatida C) Kidariylar davlatida D) Turk xoqonligida 1.6. Ilk o’rta asrlarda qaysi shahar arab manbalarida «Madina at-tujjor» – «Savdogarlar shahri» deb ta’riflangan? A) Poykand B) Termiz C) Buxoro D) Panjikent 1.7. Kimlar bilan to’qnashuvdan so’ng kidariylar O‘rta Osiyoni tark etib, janubga – Shimoliy Hindistonga chekinadilar ? A) Sosoniylar B) Eftaliylar C) Xioniylar D) Turk xoqonligi Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling