O‘zbekiston tarixi” fanidan talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha uslubiy qo’llanma tuzuvchi: katta o’qituvchi B. Mamarahimova


Download 84.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.02.2020
Hajmi84.69 Kb.

“Tasdiqlayman”

ToshDShI O‘UK raisi

f.f.n. Bultakov I.

«___»»_____________2010y.



O‘ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARI

BO‘YICHA USLUBIY QO’LLANMA

Tuzuvchi: katta o’qituvchi B. Mamarahimova


1-mavzu:  “I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asari”. Ushbu mavzu bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarish uchun referat

tayyorlash tavsiya etiladi. Ijodiy yondashuvchilar uchun slayd-taqdimot, buklet shakllari tavsiya etiladi va zarur yo‘nalishlar

beriladi.Mavzuni rejalashtirishda Vatan tarixi, tili, madaniyati, qadriyatlarini bilish, tarix saboqlari, tarixidan judo bo‘lgan insonning

manqurtga teng ekanligi, tarixini bilgan va ardoqlagan xalqni, millatni  yengib bo‘lmasligi kabi masaslarni e’tiborga olish tavsiya

etiladi.

Quyidagi adabietlar taklif etiladi:

1.Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”. T:”Sharq”, 1998.

2.Karimov I.  “Biz tanlagan yo‘l demokratik taraqqiet va ma’rifiy dune bilan xamkorlik yo‘li”.Asarlar to‘pl.T:”O‘zbekiston”,

2003. 11-jild.

3. Karimov I. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”. T, 2008.

4.Forobiy A. “Fozil odamlar shaxri”.T:”O‘zbekiston”, 1993.

5. Sagdullaev A. Qadimgi O‘zbekiston ilk yezma manbalarda.T:”O‘qituvchi”, 1996.

Mustaqil ishni bajarishda O‘zR Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida aks etgan fikrlardan, ilmiy va o‘quv adabietlar

ma’lumotlaridan, tarixiy manbalarda yeritilgan voqealar, hodisalardan foydalangan holda, shaxsiy nuqtai nazarini bildirish, fikrlarini

asoslash, o‘tmishda sodir bo‘lgan voqealarga holisona baho berib, xulosalar bildirish tasiya etiladi. Slayd, bukletlarni tayerlashda

shuningdek internet ma’lumotlaridan foydalanish mumkin va ularni taqdimot qilib, himoya qilish kerak.Slaydda “Mustaqil

O‘zbekiston”,  “O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari”,  “O‘zbekistonning qadimgi shaxarlari” kabi mavzular bo‘yicha

ishlashning tavsiya etilishi mavzuni yanada mazmunli yeritish imkonini beradi va ijodiy yendashuvni rivojlantiradi.

Mavzuga 4 soat ajratiladi, reytingi (maksimal):referat – 3 ball, buklet -4 ball, slayd-5 ball.


2- mavzu:  “Turkiy xalqlarning kelib chiqishi, tarqalishi va hozirgi zamon”. Mavzu bo‘yicha asosan referat, ma’ruzalar

tayerlash tavsiya etiladi. Mustaqil ishda turkiy xalqlarning kelib chiqishiga oid tarixiy manbalar ma’lumotlarini keltirish, ilmiy

xulosalardan foydalanish maqsadga muvofiq.Shuningdek turkiy elatlarga doir yozma ma’lumotlar(Urxun-Enasoy, Ko‘k-turk,

Kultegin, Issiq va b.), Turk xoqonligining vujudga kelishi, o‘g‘izlar, qorluqlar, qoraxoniylar davlatlari, Usmonli turk sulolasi, turkiy

tilli xalqlar va hozirgi zamonda turkiy tilli davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorligining kuchayishi kabi masalalarga to‘xtalish lozim.

Taklif etiladigan adabietlar:

1.Jabborov I. O‘zbek xalqi etnografiyasi. T:”O‘qituvchi”, 1996

2. Ibroximov A. Bizkim, o‘zbeklar. T:”Sharq”, 1999

3. Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi. T:”Cho‘lpon”, 1995

4. Shoniezov K. O‘zbek xalqining shakllanish jaraeni. T:”Sharq”, 2002

5. Abulg‘oziy. Shajarayi turk. T:”Cho‘lpon”, 1992

6. Axmedov B. O‘zbek ulusi. T.:”Nur”, 1992

7. Abu Rayhon Beruniy Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorlikdlar. Tanl asarlar. T.:”Fan”, 1968

8. Shaniyazov K. Uzbeki-karluki. T:”Nauka”, 1964

9. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. T.:”Yulduzcha”, 1990

10.Zaki Validi. O‘zbek urug‘lari. T., 1992

Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reytingi: ma’ruza, referat uchun – 3 ball

.

3- mavzu: “Renessans davrida fan va madaniyatning yuksalishi”. Tavsiya etiladigan mustaqil ishlar shakllari: referat, xarita,-

slayd- taqdimot, buklet, fotoalbom, ma’ruza. Mavzuni bajarishda ilmiy, o‘quv adabietlaridan, ensiklopedik nashrlardan, internet

resurslaridan foydalanish mumkin. Rejaga binoan moddiy va ma’naviy madaniyat, badiiy adabiet, ilm-fan taraqqietining sabablari va


yutuqlari, islomshunos olimlarning merosi o‘rganiladi. Ma’ruza va referatlarni fan va madaniyatning ayrim vakillariga bag‘ishlab,

ularning jahon taraqqietida qoldirgan merosini  yeritish ham mumkin. Referatda reja, adabietlar ro‘yxati berilishi kerak. Xaritalarda

(vatmanda) fotosur’atlar, izohli matnlar, o‘sha davr me’moriy  yedgorliklari, fandagi yutuqlar va b. ko‘rsatilishi mumkin. Slayd-

taqdimotda allomalarning sur’atlari, ularning xayoti va ijodiy merosi to‘g‘risida ma’lumotlar, asarlarining saqlangan ko‘rinishdagi

muqovalarining fotonusxalari beriladi. Slaydga mos musiqa ohangi tanlanib, taqdimotda qo‘llanilsa ma’lumotlarning qabul qilinishi

darajasi yuksaladi va o‘sha davr ruhiyatini beradi.

Taklif etiladigan adabiyotlar:

1. Matvievskaya G., Tillashev X. Al-Farg‘oniy – buyuk alloma. //Fan va turmush. 1998, № 2.

2. Xayrullaev M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati. T.:”Fan”, 1996

3. Xakimov N., Karimov Sh., Sodiqov M, Xakimjonov A. Vatan mdaniyati tarixi. T., 1996

4. Buyuk siymolar, allomalar. 1-2 kitob. T., 1995, 1996

5. Xamidov H. O‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi. T.:”O‘qituvchi”, 1996

6. Ishoqov M., Babashev F., Mansurov O‘.Ma’mun Akademiyasining jahon fani va madaniyatida tutgan o‘rni T., 2008

Mavzu bo‘yicha tayerlangan eng yaxshi ishlarning taqdimotini ushbu mavzuga bag‘ishlangan seminar mashg‘ulotida o‘tkazish

darsning saviyasini oshiradi, talabalar qiziqishini orttiradi, ijodiy yendashuvini oshiradi.

Mavzuga 6 soat ajratiladi. Reytingi: slayd uchun-5 balldan, xarita, buklet -4 ball, referat, ma’ruza-3 ball.



4- mavzu: “Jaloliddin Manguberdi – vatanparvar siymo”. Ushbu mustaqil ishni referat, slayd-taqdimot, buklet, fotoalbom,

mavzuga bag‘ishlangan ilmiy, badiiy adabietning, manbaning tahlili tarzida bajarish mumkin. Rejada XIII asr boshlarida

Xorazmshoxlar davlatining siyosiy-ijtimoiy vaziyati, mo‘g‘ullar bosqini, Muhammad Xorazmshox qo‘shinlarining mag‘lubiyati

sabablari va oqibatlari, Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi va halokati, Temur Malikning


jasorati, Jaloliddinning 800 yilligi va vatanparvar siymo tarzida qadrlanishi aks etishi kerak. Ijodiy ishlarda o‘sha davr siyosiy xaritasi,

mo‘g‘ullar yurishlarining xaritasi, Jaloliddin Manguberdi ordeni, majmuasining ko‘rinishi berilishi tavsiya etiladi. Eng yaxshi mustaqil

ijodiy ishlarni mavzuga oid ma’ruza yoki seminar darsida taqdimotini tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir.

Taklif etiladigan adabietlar:

1. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T.:”Sharq”, 2002.

2. Buniyodov Z. Xorazmshoxlar-Anushteginlar davlati. T., 1998

3. Saidov Sh. Jaloliddin Manguberdi davlati. T., 2000

4. Ziyoev H.Z. O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi. T.2001

5. Ziyoeva D. Turkiston milliy –ozodlik harakati. T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiet va san’at nashrieti,2000.

6. Jaloliddin Manguberdi. T.:”Sharq”, 1999

Mavzuga 6 soat ajratiladi. Reyting ballari yuqorida berilgan mavzularda qayd etilgan. Mavzuga bag‘ishlangan ilmiy, badiiy

adabietning, manbaning tahlili 4 balldan kelib chiqib baholanadi.



5-mavzu: “Temur tuzuklari”. Mavzuni bajarishda referat, fotoalbom, buklet, slayd-tafdimot, muammoga bag‘ishlangan ilmiy,

badiiy adabiyotlarning, tarixiy manbalarning tahili,



internet saytlarida mavjud elektron kutubxonasida masalaga oid

kitoblarning tahlili kabi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. Mustaqil ishlar rejasida Amir Temurning davlat arbobi,

sarkarda, fan va madaniyat homiysi sifatida faoliyatining qisqacha ta’rifi, “Temur tuzuklari” asosida davlatni idora qilish qonun-

qoidalari, tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalari, mansabdor shaxslarning xizmatlarini taqdirlash,

“Temur tuzuklari”ning bugungi kunda dalatchilik tizimida tutgan ahamiyati kabi bir qator masalalar o‘rin olishi kerak. Mavzuni

yeritishda “Kuch-adolatdadir” iborasining talqiniga e’tibor berilishi tavsiya etiladi. Bajarilgan mustaqil ishlarni konferensiya-


dars ko‘rinishida tashkillashtirish maqsadga muvofiq keladi. Masalan, “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” da tayyorlangan eng

yaxshi ijodiy ishlar asosida shu shakldagi darsni o‘tkazish ijobiy natijalar beradi.

Taklif etiladigan adabiyotlar

:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., 2007

2. Temur tuzuklari. T., 1991

3. Fayziev T. Temuriy malikalar. T., 1994

4. Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. T., 1968

5. Ibn Arabshox.Amir Temur tarixi. T., 1992

6. Axmedov B. Soxibqiron Temur (xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati). T., 1996

7. Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. T., 1994

8. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. T., 1996

9. Amir Temur jahon tarixida. T.:”Sharq”, 1996

10.Axmedov B. Amir Temurni yod etib. T.:”O‘zbekiston”, 1996

Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reytingi yuqorida qayd etilgan shakllar uchun berilgan. Internet saytlarida

mavjud elektron kutubxonasida masalaga oid kitoblarning tahlili uchun -5 ball (maksimal).

6-mavzu: “Turkiston xalqlarining chorizm mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakati” Mustaqil ishni

bajarish uchun asosan referat, ilmiy va o‘quv adabiyotlarining tahlili,



arxiv hujjatlarining tahlili, ma’ruza kabi shakllar

tavsiya etiladi. Mavzuni  yeritishda rejaga XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli va o‘zaro

munosabatlari, Rossiyaning mustamlakachilik siyosatining o‘rnatilishi sabablari va oqibatlari, olib borgan tadbirlari va

ularga qarshi Turkiston xalqlarining milliy-ozodli harakatining yuzaga kelishi, bosqichlari, xududlari, Qurbonjon dodxoh,



Yoqubbek,  1892 y. Toshkent qo‘zg‘oloni,  1898 y. Andijon qo‘zg‘oloni, jadidlar harakatining yuzaga kelishi, maqsadi,

faoliyati, milliy-ozodlik xarakatida tutgan o‘rni, milliy-ozodlik harakatining natijalari kabi masalalar kiritilishi lozim.

Ammo mavzu keng bo‘lganligi sabablari, mustaqil ishni bajarishda mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ichki

strukturasiga mos bir nechta alohida mavzular shakllantirish tavsiya etiladi. Masalan,  “Turkistonda mustamlakachilik

tuzumining o‘rnatilishi va o‘lka halqlarining ma’naviy xaetiga ta’siri”,  “Jadidlarning Turkiston halqlarining milliy-

ozodlik kurashida tutgan o‘rni: faoliyati, yutuqlari, muammolari”, “1916 yil qo‘zg‘olonlari” va b.

Taklif etiladigan adabiyotlar:

1. Karimov I. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T., 2000

2. Ziyoev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va xukmronligiga qarshi kurash. T.:”Sharq”, 1998

3. Majid Xasaniy. Turkiston bosqini. T.:”Nur”, 1992

4. Usmanov K., Abdunabiev A. va b. O‘zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. T., 1992

5. Aliev A. Madaniy inqilob va ziyolilar taqdiri. //Muloqot, 1991, № 2.

6. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T.:”Universitet”, 1999

7. Alimova D.A. Djadidizm v Sredney Azii. Puti obnovleniya, reformq, borba za nezavisimost. T.:”O‘zbekiston”, 2000

Mavzuga 6 soat ajratiladi. Reytingida qo‘shimcha tarzda kiritilgan arxiv hujjatlarining tahlili 5 ballik tizimda baholanishi

tasiya etiladi.



7-mavzu: “Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi

Mavzu bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarish uchun referat, fotoalbom, slayd-taqdimot, buklet, ma’ruza, ilmiy, o‘quv va

badiiy adabiyotlar tahlili,

hujjatli tarixiy filmlar taqdimoti va tahlili, urush qatnashchilari bilan suhbatlashib

muloqotda bo‘lish va natijalarini taqdim etish kabi shakllarni tavsiya etish mumkin. Mavzuni rejalashtirganda ikkinchi


jahon urushining kelib chiqishi sabablarini ochib berish, SSSR tarkibida yashagan barcha xalqlar kabi o‘zbek xalqi ham

birinchi kunlardanoq og‘ir sinovlarga qaramasdan Vatan himoyasiga otlanganligi, frontda va front ortida ko‘rsatgan

fidoyiligi, matonati, insonparvarligi, qaxramonligi kabi masalalarni yorqinna’munalar, faktlar asosida  yeritish, bugungi

kunlarda urushda xalok bo‘lgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishda Prezidentimiz I.Karimov boshchiligida

olib borilaetgan tadbirlar, urush veteranlariga ko‘rsatilaetgan hurmat va g‘amxo‘rlik kabi jihatlarni ko‘rsatish tavsiya

etiladi.


Taklif etiladigan adabietlar:

1. Velikaya Otechestvennaya voyna. M., 1965

2. O‘zbekiston Ulug‘ Vatan urushi yillarida T, 1965

3. Jo‘raev T. O‘zbekistonlik Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari T., 1965

4. “Xotira” kitobi.

5. O‘zbekiston tarixi. T., 1967. 4-jild

6. O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.T.:”Sharq”, 2000.

Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reyting baholashda qo‘shimcha shakllardan - hujjatli tarixiy filmlar taqdimoti va tahlili,

urush qatnashchilari bilan suhbatlashib muloqotda bo‘lish va natijalarini taqdim etish uchun -4-5 ball. Mustaqil ishlarni

qabul qilishda mavzu bo‘yicha tayerlangan eng yaxshi ma’ruzalar asosida, qo‘shimcha slayd-, xarita-taqdimotlar,

fotoalbomlar, bukletlar  yerdamida, hujjatli tarixiy filmlar xamroxligida urush qatnashchilarini taklif etgan holda

konferensiya-muloqot darsini tashkillashtirish tavsiya etiladi. Bu  yeshlarni vatanparvarlik, insoniylik tuyg‘ularini

rivojlantirishga, mustaqil ta’limni bajarishda faollashishiga, mavzuni chuqurroq o‘rganishiga olib keladi.


8-mavzu: “O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi”. Mavzuni

bajarish uchun referat, slayd-taqdimot, ma’ruza, yozma ish shakllari tavsiya etiladi. Mavzuni yeritishda esa O‘zbekistonda

mustaqillik davridan boshlab sovetlarga xos mustabid tizimdan milliy, huquqiy-demokratik davlatga o‘tish, Oliy

Majlisning ko‘p partiyaviylik asosida shakllanishi, vazifalari, tuziishi, faoliyati, prezidentlik boshqaruvi, Vazirlar

Mahkamasining faoliyati, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud xokimiyati tarmoqlari, matbuot organlarining 4-xokimiyat

sifatida faoliyati, mahalliy hokimiyat oranlarining faoliyati, o‘z-o‘zini boshqarish, demokratik jamiyatga xos saylov

tizimining yaratilishi kabi masalalarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

Taklif etiladigan adabietlar:

1.

Karimov I. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiet kafolatlari.



T.O‘zbekiston, 1996

2.

Karimov I. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T.:O‘zbekiston, 1996



3.

Karimov I. O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini

shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. T., 2002

4.

Karimov I. Jamiyatni isloh qilish va modernizatsiyalash. T., 2005



5.

O‘zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O‘zbekiston tarixiT.:”Sharq”, 2000

6.

Husanov O. Fuqarolik o‘z-o‘zni boshqarish, huquqiy-demokratik islohotlar. T.:”O‘zbekiston”, 1997.



7.

Husanov O. Mustaqillik va mahalliy hokimiyat (Huquqiy, tashkiliy masalalar va muammolar). T., 1996

Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reyting ballari yuqoridagi mavzularda qayd etilgan.

9-mavzu:”Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti”. Ushbu mustaqil ish mavzusi uchun referat,

yozma ish, ma’ruza, slayd-, xarita-,buklet-taqdimot, ilmiy adabietlar tahlili kabi shakllar taklif etiladi.

Mavzuni


yeritishda O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishning “o‘zbek modeli”, tamoyillari, ustuvor

yo‘nalishlari, bosqichlari, iqtisodiy islohotlarning huquqiy poydevori, xususiy mulkchilik shakllari, bozor

infratuzulmasining shakllanishi, investisiyalarning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi, respublikamizning sanoat,

avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, soliq tizimi, banklar faoliyatida erishilgan yutuqlar va  yechimi mavjud masalalar,

bozor iqtisodietiga o‘tish davrida kuchli ijtimoiy siesatning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda ahamiyati kabi

savollarga e’tibor qaratish lozim. Mavzu keng bo‘lganligi sababli, ayrim holatlarda mustaqil ish mavzulari sifatida

masalaning ichki strukturasidan kelib chiqib, quyidagi mavzularga ajratish mumkin:  “Mustaqillik yillarida

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish tizimining rivojlanishi”,  “O‘zbekistonda dehqon-fermer xo‘jaliklarining

vujudga kelishi: faoliyati, erishilgan natijalari, muammolari”, “O‘zbekistonda bank tuzilmalarining rivojlanishiga doir

masalalar”,  “Investisiyalarning iqtisodimiz taraqqietidagi tutgan o‘rni” va b. Bunday holatlarda mavzu yanada keng,

mukammal, qiziqarli  yeritilishiga imkon paydo bo‘ladi.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekiston

sharoitida bartaraf etish bo‘yicha masalalarga ham alohida e’tibor qaratish lozim.

Taklif etiladigan adabietlar:

1.

Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.:”O‘zbekiston”, 1995



2.

Karimov


I.A.

O‘zbekistonning

siyosiy-ijtimoiy

va

iqtisodiy



istiqbolining

asosiy


tamoyillari.

T.:”O‘zbekiston”, 1997

3.

Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va



choralari. T., 2009, mart

4.

O‘zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. T.:”Sharq”, 2000



Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reyting ballari yuqoridagi mavzularda qayd etilgan.

10-mavzu:”Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy taraqqieti”. Mavzu bo‘yicha mustaqil

ishlarni bajarish uchun referat, fotoalbom, slayd-taqdimot, buklet, ma’ruza, ilmiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar

tahlili,

ma’naviy-madaniy merosimizni, bugungi kundagi ma’naviy-madaniy xaetimizni aks etuvchi hujjatli

tarixiy filmlar taqdimoti va tahlili, guruhlarida tillarini o‘rganaetgan mamlakatlar madaniy markazi

faoliyati bilan tanishib, u  yerdan muloqot, fotosur’atlar tayerlab kelib taqdim etish kabi shakllarni taklif

etamiz.Mavzuni  yeritishda SSSR davlati parchalanishidan keyin siesiy va iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda

respublikamizda jamiyatimizning ma’naviy immunitetini tiklash, mustahkamlash, milliy istiqlol hoyasini

yeshlarimiz ongiga, qalblariga singdirish, madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz misolida vatanparvarlik, insoniylik,

mexr-muruvvat, iroda, sabr-toqat, birodarlik, adolat, kelajakka ishonch kabi tuyg‘ularni shakllantirish masalasi

muhim ahamiyatga ega bo‘lganligini e’tirof etish zarur. Bugungi kunda turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi

munosabatlarni  yeritish lozim.

Respublikamizda faoliyat olib boraetgan boshqa davlatlarning milliy madaniy

markazlari faoliyatini ham e’tiborga olish zarur. Vatanimizning g‘ururi hisoblangan qadimiy shaharlarimiz, buyuk

allomalarimiz, davlat arboblarimizning yubiley tantanalarini jahon miqesida o‘tkazishda YuNESKOning olib

boraetgan tadbirlariga fikr bildirish; qayta tiklangan Navro‘z, Ro‘za, Qurbon hayitlari, davlat va dinning o‘zaro

munosabatlari, vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonunning ahamiyati, O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun va

Kadrlar tayerlash milliy dasturining amalga oshirilishi davomida  yeshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan

sharoitlar va ularning natijalari, respublikamizda intellektual salohiyatning oshishi, san’at va madaniyatning

rivojlanishi va b. shu kabi muhim masalalarni  yeritish tasiya etiladi. Ma’naviy bo‘shliq, missionerlik, loqaydlik,

boqimandalik kabi salbiy holatlarning oqibatlari, ularning oldini olishda oila, mahalla, jamiyat, davlat teng ma’noda

mas’uliyatli ekanligi to‘g‘risida fikrlar bildirish lozim. Shu ma’noda mustaqil ish shakli sifatida ma’naviy-madaniy

merosimizni aks etuvchi va bugungi kunda ekranlarimizda namoyish etilaetgan tarixiy hujjatli, badiiy, xatto



multiplikasion filmlarning saviyasi, ma’nosi va yeshlarimiz ma’naviy dunesiga salbiy yeki ijobiy ta’sirini misollar

asosida yeritib berish masalasini dolzarb deb hisoblaymiz. Bu mavzuni ham kengroq ma’noda bir nechta mvzularga

ajratib berish mumkin, masalan, “Milliy qadriyatlarimizning tiklanishi”, “O‘zbekistonda qadimiy shaharlarimizning

yubiley tantanalari”,  “Buyuk allomalarimizning merosi YuNESKO va jahon e’tiborida”,  “Eshlarning ma’naviy

dunesini kimlar va nimalar buzishi mumkin?”,  “Biz loqadlikka

qarshimiz” va b. Har bir bajarilgan mustaqil

ishning mazmuni shunda boy, tarbiyaviy ma’noga ega bo‘ladi. Mustaqil ishlarni umulashtirib, ochiq dars tarzida,

mahalla fuqarolar yig‘ini vakillarini, o‘qituvchilarni, ota-onalarni, shoir va  yezuvchilarni, siesiy partiyalar

a’zolarini, yeki huquq organlari vakillarini taklif etib, muloqot, konferensiya shaklida tashkillashtirish yanada

ijobiy natijalarni beradi. Ma’ruzali chiqishlar bilan bir qatorda namoyish etiladigan slaydlar, fotoalbomlar, bukletlar

bunday tashkiliy tadbirlarning saviyasini oshiradi va talabalar mustaqil ta’limga nisbatan yanada ijodiy tarzda,

ruhan yendashishadi.

Taklif etiladigan adabietlar:

1. Karimov I. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiet kafolatlari.

T.:”O‘zbekiston”, 1996

2. Karimov I.A. Amir Temur davridagi bunedkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo‘laversin.Asarlar,  4-jild.

T.:”O‘zbekiston”, 1996.

3. Karimov I.A. Milliy mafkura haqida. T.:”O‘zbekiston”, 2000

4. Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon turmush – pirovard maqsadimiz. ,.:”O‘zbekiston”, 2000

5. Karimov I.A Ma’naviy yuksalish yo‘lida. T.:”O‘zbekiston”, 1998

6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch T.:”O‘zbekiston”, 2008

7. Tarix, mustaqillik, milliy g‘oya. T.:”Akademiya”, 2001.



8. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.:”O‘zbekiston”, 2000

9. Moziydan taralgan ziyo. Imom al-Buxoriy. T.:”Sharq”, 1998

10.Norqulov N. Beruniy va Xorazm. T.:”Fan”, 1997

Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reyting ballar quyidagi mavzularda berilga, qo‘shimcha tarzda-

ma’naviy-madaniy

merosimizni, bugungi kundagi ma’naviy-madaniy xaetimizni aks etuvchi hujjatli tarixiy filmlar taqdimoti va tahlili,

guruhlarida tillarini o‘rganaetgan mamlakatlar madaniy markazi faoliyati bilan tanishib, u  yerdan muloqot,

fotosur’atlar tayerlab kelib taqdim etish uchun – 5 ball.



11-mavzu:”O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasi”. Mavzu bo‘yicha mustaqil ish uchun referat, ma’ruza, slayd-,

buklet-taqdimot, fotoalbom, ilmiy adabietlar, kitoblarning tahlili kabi shakllar taklif etiladi. Mavzuni  yeritishda

mustaqillik yillarida ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va davomiyligining ta’minlanishi borasidagi tadbirlar, buyuk

allomalar, ma’rifatparvarlar asarlaining nashr etilishi va  yeshlarimiz tomonidan o‘qilishi, Amir Temur, Mirzo

Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va boshqa allomalarning tavalludlarini, Hayit, Navro‘z kunlarining nishonlanishi, milliy

g‘oya va milliy mafkuraning shakllanishi zaruriyati, uning xalqimiz an’analari, urf-odatlari, ruhiyatiga asoslanib

insonlarda mehr-oqibat, birodarlik, insof, vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishdagi ahamiyati, milliy

mafkura bilan bir qatorda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayerlash milliy dasturining barkamol avlodni

tarbiyalashdagi ahamiyati,  “Kamolot”,  “Ustoz”,  “Mahalla”,  “Umid”,  “Iste’dod” jamg‘armalarining faoliyati, fan.

Madanift va san’atning rivojlanishi kabi masalalarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Mavzuni keng qamrovligini

e’tiborga olgan holda, mustaqil ishlar uchun ichki strukturasidan kelib chiqib, bir nechta mustaqil mavzular

shakllantirish mumkin: “Allomalarimizning merosi”, “”Jadidlarning ma’rifatparvarligi”, “Jadidlar harakatining asosiy



g‘oyalari“,  “Temur  tuzuklari”  va  milliy  g‘oyamizning  uyg‘unligi”,  “Xalq  ozodligi  va  erkinligi,  yurt  farovonligi  va

obodligi uchun kurash olib borgan ajdodlarimiz” va b.

Taklif etiladigan adabietlar:

1. Karimov I.A. Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz.T.:”O‘zbekiston”, 1997



2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T.:”O‘zbekiston”, 1998

3. Karimov I.A. Milliy mafkura haqida. T.:”O‘zbekiston”, 2000

4. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.:”O‘zbekiston”, 2000

5. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”. T.:”O‘zbekiston”, 2008

6. G‘ofurov Z., Toshev S. Mustaqillikning ma’naviy zaminlari. Qarshi, 1994

7. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.:”O‘zbekiston”, 2000

8. Uvatov U.Donolardan saboqlar. T.:”Abdulla Qodiriy”, 1994

9. O‘rta Osie xalqlari hurfkrligi tarixidan. T.:”Fan”, 1990.

Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reyting ballari yuqoridagi mavzularda keltirilgan. Referat, ma’ruza-3 ball, buklet,

qushimcha ilmiy adabietlar tahlili -4 ball, slayd,-buklet-taqdimot uchun-5 ball.Bajarilgan mustaqil ishlarni



umulashtirib, konferensiya-dars, baxs-munozara tarzida tashkillashtirib o‘tkazish tavsiya etiladi.

Katta o‘qituvchi

B. Mamaraximova

Download 84.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling