O‘zbekiston tarixi


O’zbek xonliklarining hukmdorlari Rus davlati tajovuzlariga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

O’zbek xonliklarining hukmdorlari Rus davlati tajovuzlariga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik 
qildi. O’zaro urushlar girdobiga botib, katta kuchlarni behuda qurbon qildi, mamlakat boyligini 
besamar ishlarga sovurdi. Vaqtini aysh-ishrat, kayfu safoda o’tkazdi. 
Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi 
mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: «Nega jahonga Ahmad Farg’oniy, Muhammad 
Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy
Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib, to shu choqqacha erishgan 
yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so’nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay 
qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o’lkamizni nisbatan oson zabt 
etishida ana shu qoloqlikning ham o’rni bo’lmaganmikan?»
21

Xonliklar o’rtasidagi o’zaro urushlar, etnik nizolar qabilalar ko’chishini keltirib chiqarardi yoki 
ular zo’rlik bilan yashab turgan joylaridan ko’chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib 
chiqarardi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir butun xalq bo’lib qovushishiga, jipslashishiga xalaqit 
berardi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining 
qadri anglab olinmadi. Odamlarni Turkistonni, xalqni birlashtirish g’oyasi ostida uyushtira oladigan 
yo’lboshchi topilmadi. 
Xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash tarzi davom etardi. O’rta Osiyo jahon 
bozoridan ajralib qolgani ustiga, yagona ichki bozor ham tashkil topmagan edi. 
O’zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlik, iqtisodiy va harbiy nochorlik qo’shni 
mamlakatlarni o’z tasarrufiga kiritib olish siyosatini jadallashtirayotgan chor Rossiyasiga qo’l keldi. 
Xonliklardagi parokandalik, o’zaro nizo va urushlar, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan 
bosib olinishi va mustamlakaga aylanishiga olib keldi. 
 
21
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. -T: «Sharq», 1998, 9-bet. 



Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling