O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

 
1. 
O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy 
ahamiyati. 
 
1991 yil avgustda sobiq Sovet Ittifoqida chuqur siyosiy krizis vujudga keldi. Sovet 
rahbariyatida Markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab 
turishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. fitnachilar 1991 yil 18 avgust kuni 
tayyorlangan va matbuotda e’lon qilingan Bayonotda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevning 
salomatligi yomonlashganligi sababli SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati 
yo‘qligini, Prezident vakolatlari vitse–prezident G.I.Yanaevga o‘tkazilganligini e’lon qildilar. 
Prezident M.S.Gorbachev o‘zini ximoya qila olmadi u mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib 
72 soat qamal qilib qo‘yilgan edi. Fitnachilar mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tartibda 
SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasi(FHDQ) tuzdilar:
Mazkur qo‘mita SSSR rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar 
va xukumatlarning boshliqlariga xamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlar e’lon 
qildi. Bunday bexuda urinish natijasida 19-21 avgut kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y 
berdi. Fitna Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva 
aholisi tomonidan brstirildi. Biroq mamlakatdagi mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy avziyat 
yanada taranglashib qoldi. Respublikalar SSSR tarkibidan chiqa boshladi. SSSR parchalana 
boshladi, Markaziy xokimiyat falaj bo‘lib qoldi, Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi halokatga 
uchradi. 
1991 yil 20 avnust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va 
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va 
Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda 
vujudga kelgan vaziyatda muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda Respublikada vaziyat 
barqaror ekanligi va favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi ta’kidlandi. Unda tinchlik va 
osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, xar qanday ig‘vogarona harakatlarning odini olish, 
xamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik 
vazifalari ilgari surildi.


Bayonotda O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi dekloratsiya qoidalarini amalga 
oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
3
O‘zbekiston prezidenti I.A.Karimov qaltis vaziyatda respublika aholisiga o‘zining 
murojaatini e’lon qildi. Murojaatda: «Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l 
bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, 
hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan 
keyingina bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz», deb 
ta’kidladi. Prezident xalqqa biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, «biz o‘zimiz tanlagan 
yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q», deb murojaaat qildi, xalqni 
og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni 
saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
4
1991 yil 21 avgustda O‘zbekiston Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston xududida 
xokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan 
barcha qarorlari va ularning ijrosi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga so‘zsiz 
mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSRda favqulotda holat davlat qo‘mitasining 
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi xamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari 
haqiqiy emas, deb xisoblandi.
5

I.Karimov Favqulotda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, 
qo‘rqoq va printsipsiz mavqeda turgan KPSS Markazqo‘mi Siyosiy Byurosi va Kotibiyatining 
yuz minglab kommunistlar sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning 
ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga 
majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov, bundan keyin KPSS Markaziy 
Qo‘mitasi Siyosiy byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur 
Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati 
ma’qulladi.
6
.
1991 yil 25 avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga 
binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning 
qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki 
qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, 
Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari , shuningdek, respublika xududida 
joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan 
butunlay holos qilindi.
7
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda 
respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy 
Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy 
Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun 
loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini 
chaqirishga qaror qildi. 
1991 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat 
komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezdent I.Karimovning SSSRda 19-
21 avgust kunlari sodir bo‘lgan fojeali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari 
to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining 
3
Совет Ўзбекистони, 1991 йил 21 август сони 
4
Совет Ўзбекистони, 1991 йил 21 август сони 
5
Совет Ўзбекистони, 1991 йил 22 авнуст сони 
6
Совет Ўзбекистони, 1991 йил 23 август сони. 
7
Совет Ўзбекистони, 1991 йил 27 август сони. 


KPSS MQ bilan xar qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha iuzilmalaridan chiqishga, 
uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
8
Shunday qilib, 80-yillarning oxirlaridayoq tanazzulga yuz tutgan Sovet imperiyasi 1991 
yil avgustida chuqur siyosiy inqirozga uchradi. SSSR tasarrufidagi respublikalar, shu jumladan 
O‘zbekiston uchun, asrlar davomida mustaqillikni orzu qilib, kurashib kelgan o‘zbek xalqi uchun 
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy qaramlikdan qutilish, davlat mustaqil-ligini, o‘z taqdirini 
o‘z qo‘liga olish uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keldi. 
1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari 
tarixiy oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so‘zlab, 
sobiq Ittifoqda so‘ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga 
urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor 
ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilishni, uni mastaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan 
mustahkamlashni taklif qildi. 
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi oliy Kengash 
Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi : 
- «o‘tmishdan saboq chiqarib va SSSR Ittifoqining siyosiy xamda ijtimoiy hayotidagi 
o‘zgarishlarni e’tiborga olib, 
- xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, 
- O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab, 
- shaxsning xuquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning 
buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, 
- millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar, respublika hududida 
yashovchi xar bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan 
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, 
- Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 
O‘zbekiston Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat-O‘zbekiston Respublikasi tashkil 
etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi».
9
O‘zbekiston Resprublikasi to‘la davlat xokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda 
mustaqil davlat, oldindan xech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan bevosita 
teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar xamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon 
qiladi. 
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon 
qilish to‘g‘risida» qaror qabul qi-lindi.O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti tasdiqlandi. 
Qarorda: «1 sentyabr O‘zbekiston Respublika-sining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 
1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin», - deb qat’iy belgilab 
qo‘yildi.
10
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.
11
Bu Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqillini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. 
Qonunning 1-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirib qo‘yildi. 
Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat 
hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari 
tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yildi. 
Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat 
xokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va 
8
Совет Ўзбекистони, 1991 йил 29 август сони. 
9
Ўзбекистон Республикаси : мустақил давлатнинг бунёд бўлиши,Т. Ўзбекистон, 1992, 7-бет. 
10
«Ўзбекистон Республикаси» мустақил давлатнинг бунёд бўлиши. Т. Ўзбекистон, 1992, 6-бет. 
11
Ўша жойда, 10-12 – бетлар. 


boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi dahlsiz va bo‘linmas 
bo‘lib, uning xalqi o‘z hohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas, 
deb qat’iy qonunlashtirib qo‘yildi. 
Mazkur qonunda Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik 
va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar Respublikaning ma’naviy boyliklari, 
O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xududida oltin, boshqa qimmatboho metallar va toshlarni 
qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z 
oltin zahirasini yaratadi, deyladi bu qonunda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30 sentyabr kuni 
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risi»gi Qonunga 
Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasining 
amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan xollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb 
belgilab qo‘yildi. 
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga chiqdi. 
Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta 
mustaqil davlat - O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. 
O‘zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam 
tarixiy ahamiyatga molik bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida yangi davr-milliy 
istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyati 
vujudga keldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib 
turmush shart-sharoitlarini yaratish erkinligini berdi. Mamlakatimiz oldida xalqaro 
hamjamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallash imkoniyati ochildi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling