O‘zbekiston tarixi


  Urushgacha bo‘lgan davrda sovetlarning O‘zbekistonda yuritgan qatag‘onchilik


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

2. 
Urushgacha bo‘lgan davrda sovetlarning O‘zbekistonda yuritgan qatag‘onchilik 
siyosati, uning oqibatlari 
Sobiq sovetlar mamlakatida, Sialin yakkaxokimligi totalitar ma’muriy boshqaruv 
tizimining uzil-kesil shakllanib faol xarakatga kelishi uning millionlab oddiy fuqorolaridan 
tortib, to bu tizimning turli bo‘g‘inlarida faoliyat yurgizgan ko‘p sonli sofdil, vijdonli, diyonatli, 
yurtparvar, vatanparvar rahbar, kadrlar, ziyolilar uchun, ularning hayoti qismati uchun mislsiz 
fojia bo‘ldi. Endilikda hukmron siyosat va mafkura xizmatiga shay turgan son-sanoqsiz tuzum 
gamashtalari, kallakesarlari butun mamlakatni larzaga solib, o‘ziga nishon qidirib, odamlarni 
qon-qaqshatib, o‘zlarining jirkanch, qaboxali ishlarini bemalol amalga oshira olardilar. Negaki, 
bunday qonli fojiali voqealarning sodir etilishi rasmiy siyosat tusini olgan edi. Ayniqsa bunday 


milliy sovet respublikalari, shu jumladan O‘zbekiston zaxmatkash, jabrdiyda xalqi ko‘proq 
aziyat chekdi. Gap shundaki, o‘z yuksak hokimiyati kuch-qudratini to‘la ishga solishga qodir 
bo‘lib olgan hukmron Markaz bu respublikalarda kechayotgan hayot maromi, turli-tuman 
ijtimoiy jarayonlarni o‘z nazoratida tutib, ularning borishiga o‘z amri, ta’sirini bemalol o‘tkaza 
olardi. Mustabid tuzum Markazda va joylarda o‘z mutloq hokimiyatini shakllantirib borar ekan, 
bunda u o‘ziga sodiq muayyan ijtimoiy va siyosiy kuchlarga tayanishi ham kerak bo‘lardi. Shu 
maqsadda markaz hukumati “Sotsialistik qurilish” jarayonining butun davomida O‘zbekistonga 
o‘zining ko‘p sonli sadoqatli xodimlarini mas’ul vazifalarda ishlash uchun yuborib turganligi 
tasodifiy emasdir. Shuningdek Markaz O‘zbeksitonlik milliy kadrlarning kundalik ishlariga 
“ko‘z-quloq” bo‘lish ularning faoliyatini tekshirish, taftish qilish barobarida sotsializm yo‘liga 
sadoqat bildirganlarni tanlash, lozim bo‘lganda ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarishni ham o‘z 
e’tiborida tutgan. Shu bois Markaz ishonchini qozonib, uning nufuzli nomoyondalari bilan 
yaqindan hamkorlik qilgan, kerak bo‘lganda o‘z xalqining manfaati qiziqishlarini ko‘zlab ish 
yuritgan tajribali bilimdon milliy kadrlar soni ham ko‘payib borgan. Ammo Stalinning yakka 
xokimligi kuchayib, totalitar tuzum bedodligi avj olib borgan sari bunday kadrlarni arzimas 
sabab va bahonalar bilan qiyin-qistovga olish, vazifalardan chetlatish yohud har hil darajadagi 
jazo choralariga mahkum qilish odatiy tusga kirib borgan. 
“Qosimovchilik” guruxi ham 1929-30 yillarda sovet xukmron rejimi tomonidan 
milliy kadrlarni, ziyolilarni qatag‘on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi 
uydirma ish bo‘lgan. 
O‘zbekiston Oliy sudi lavozimida ishlagan Sa’dulla Qosimov va uning yaqin 
maslakdoshlari Olimov, Musaboev, Sharipov, Spirodonov, va boshqalar 1929 yilning ikkkinchi 
yarmida qamoqqa olinadilar. Ular respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqadorlikda 
ayblanadilar. Guruxning ko‘pchilik a’zolari asossiz ayblar bilan qoralanib xukm etiladi, 
qolganlari esa ko‘p yillik qamoq jazolariga tortiladi.
Biroq Stalinning shaxsiy rejimi zulmkorlari uchun bu berilgan qurbonlar, shubxasiz 
kamlik qilardi.
Mustabid tuzum farmonbardonlari uchun O‘zbekiston singari milliy respulika rahbarlari, 
xodimlarini to‘la itoatda tutishning birdan bir sharti 

bu ularning mustaqillik faoliyatiga izn 
bermaslik, vaqti-vaqti bilan milliy kadrlarni siltab turish, ularning yo‘q xatolari ayblarini topib, 
shavqatsiz jazolash edi. Milliy kadrlar faoliyatida bunday noinsoniy, g‘ayriqonuniy va 
g‘ayritabiiy tarzda yondashuv oqibatida respublikada o‘n yillar davomida o‘z tinimsiz jo‘shqin 
faoliyati, ongli hayotini sovetlar ishiga, sotsializmning soxta g‘oyalari g‘alabasiga bag‘ishlangan 
qachalab etuk partiya va davlat rahbarlari qatag‘onlik komiga duchor bo‘ldilar. Bunga 
A.Ikromov, F.Xo‘jaev, A.Rahimboev, N.Xo‘jaev, N.Turaqulov, T.Risqulov, S.Segizboev 
S.Tursinxo‘jaev, I.Oriqov, A.Karimov singari yurt rahnamolarining ayanchli achchiq qismati 
yorqin misol bo‘la oladi.
1937-39 yillarda O‘zbekistonda bir qator yirik aksilinqilobiy tuzilmalar “fosh etildi” va 
“tugatildi”. Bular: respublika rahbarlari A.Ikromov, F.Xo‘jaev boshchiligidagi “Burjua – 
millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti Markazi”, Abdurauf Qoriev rahbar bo‘lgan “musulmon 
ruxoniylarining millatchi isyonkor tashkiloti”, “Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti 
markazi”, “Buxoro va Turkiston baxt-saodati” nomli aksilinqilobiy tashkilot, I.Oriqov boshliq 
“Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”, “Ingliz josuslik rezidenturasi”, 
“Yapon josuslik - qo‘poruvchilik rezidenturasi” va boshqalar edi.
Eng so‘ngi ma’lumotlar, xujjatlarni har tomonlama o‘rganish, surishtirishlar bunday 
tashkilotlarning respublika xududida respublika xududida umuman bo‘lmaganligini tasdiq 
etmoqda. Demak, bular aslida Markaz buyurtmasi asosida tayin to‘qib chiqarilgan va hayotga 
izchil tatbiq soxta jinsiy ishlar bo‘lgan. Vaholanki, buning orqasida ming-minglab begunoh, 
aybsiz insonlar shavqatsiz jajolangan, aziz umrlari xazon bo‘lgan. 
Faqat 1937-39 yillarda O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa 
olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari esa turli muddatli qamoq va surgunlarga xukm etilgan. 
Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodligi va battolligini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. 


Yaqin milliy tariximizning bu qorong‘u saxifasi xalqimiz dilida mangu o‘chmas armon bo‘lib 
qoldi. U faqat milliy istiqlol tufayligina to‘la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz fuqorolari 
chinakam ro‘shnolik topishga erishdi.
Stalincha qatag‘onchilik butun mamlakat va milliy xududlar, ittifoqdosh 
respublikalarbo‘ylab keng miqqiyosda kasb etib, o‘z komiga duch kelgan hamma narsani, 
avvalo, jamiyatning ilg‘or sog‘lom kuchlarini topib bordiki, bundan eng ko‘p milliy ziyoli 
kadrlar aziyat chekdi, mislsiz qurbonlar berdi. Negaki, bu xunxo‘r rejim mutasaddilari o‘zlari 
nodon, joxilkimsalar bo‘lganligadan ilmu-urfon, ma’rifat va ziyo ahlini qadrlash, e’zozlash 
emas, balki ularni xo‘rlash taxqirlash, kerak bo‘lsa yo‘q qilishni o‘zlariga kasb qilib olgandilar. 
Shu sababli vaqti-vaqti bilan ziyoli kadrlarni “elak-elak” qilish, qatmi om chig‘irig‘idan 
o‘tkazish ular uchun odatiy xolga aylangan edi. Eng alamli jixati shuki o‘z elini jonu dildan 
sevgan, uni kuylagan, boy tarixi, betakror ma’naviyatiga murojat etib undan asarlar bitgan, 
buyuk ajdodlar nomini tilga olib, ulug‘lagan vatanparvar ijodkorlar, ilm-ma’rifat ahli birinchilar 
qatorida qatli omga duchor qilindi. Masalan butun hayotini, barakali ijodini millat baxt-saodati, 
yurt istig‘boli uchun bag‘ishlagan Munavvar qori mana shu davrda avj olgan sovetlar ig‘vosi va 
bo‘xtoni qurboni bo‘ldi. Uning rahnaioligada millat istiqloli, kelajagi yo‘lida faoliyat yuritib, 
xalqqa ziyo taratib kelgan “milliy istiqlol” tashkilotining 87 a’zosi ustidan sud uyushtirldi. 
Ularning 49 nafari xalq dushmani, burjua millatchisi degan bo‘lmag‘ur ayblar bilan qoralanib, 
og‘ir jazolarga xukm qilingan yohud otib tashlangan. 
Bu o‘rinda o‘zbek adabiyoti va ilmu-ma’rifatining tayanch ustunlari bo‘lgan, noyob 
ijodlari xalq mexrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Maxmud Botu, Usmon Nosir, 
Elbek, G‘ozi Yunus, Said Ahroriy, Said Fizo Altizoda kabi ajoyib iste’dodlarini quruq tuxmatlar 
asosida “xalq dushmanlari” sifatida jismonan yo‘q qilinb, yorqin faoliyati so‘ndirilganligini nima 
deb izohlash va baholash mumkin, ahir. 
Yana shu narsa chuqur taassuflanarliki, O‘zbekiston xukumatining tashabbusi bilan 20-
yillarda xorijga o‘qishga yuborilib, yaxshi mutaxassislar, ilm-fan arboblari bo‘lib etishgan, yurt 
ertasini belgilovchi qanchalab yuksak salohiyatli insonlar ham qatli om qurbonlari bo‘ldilar. 
Agar ular Germaniya yoki Turkiyada ta’lim olgan bo‘lsalar, bundaylarga o‘sha mamlakat 
josuslari degan soxta ayblar tirkaldi. Buning uchun ularning uyida tintuv paytida chet elda 
bosilgan nomiga kitob topilguday bo‘lsa, Shuning o‘zi etarli dalil hisoblangan. Ahir bu siymolar 
chet el oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan bo‘lsalar shunday kitoblarga ega b¹lishlari mumkin edik-u? 
Masalaning bunday oddiy, mantiqiy jihatlari chalasavod jazo organlari vakillarini aslo 
qiziqtirmagan. Bunga ular bosh qotirib o‘tirmaganlar ham. Xorijda ta’lim olib, professorlik 
unvoniga sazovor bo‘lgan Ahmadjon Ibrohimov, Majid Ibrohim, Ibrohim Yorqin, Tohir Shokir, 
Sattor Jabbor, otajon Xoshimov, Saida Shermuhammad qizi va boshqalar o‘sha davrdagi millat 
faxri bo‘lganlar. Biroq g‘addor tuzumning zulmkorligi va battolligi ularni ham chetlab o‘tmay 
qolmadi. Germaniya va Turkiyada o‘qib, u erda olgan bilim tajribalarini o‘z yurti ravnaqi uchun 
baxshida qilishga bel bog‘lagan O.Xoshim, S.Jobir, S.Muhammedov, M.Sultonmurodova singari 
ko‘plab bilimdon ishbilarmon yoki yosh mutaxassis kadrlarga “xalq dushmani”, “chet el josusi” 
qabilidagi tavqi la’nat tamg‘asi bosilib qatli om etildilar. 
Xukmron totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmning xaddan ziyod kuchayib borishi 
nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismatini zavol toptirib 
qolmasdan, shu bilan birga millionlab oddiy yurt fuqorolarini ham o‘z ajdoxo komiga tortmay 
qolmagan. Bu davrda davlat maxsus organlari tomonidan keng amaliyotda qo‘llanilanilgan 
“uchlik” (uch kishining guvohligi asosida xukm chiqarish) qanchalab son-sanoqsiz begunoh 
odamlarning boshiga etmadi, ularni ne-ne shavqatsiz azob-uqubatlarga duchor etmadi. Ichki 
ishlar vazirligi davlat xavfsizlik organlarining necha o‘n yillar davomida po‘lat sandiqlarida 
saqlanib, odamlar nazaridan pinxon tutib kelingan maxsus papkalarning sarg‘ayib ketgan 
saxifalarini varaqlar ekanmiz, ularda turli-tuman kasb-xunar, ijtimoiy toifa, millat va elat, e’tiqod 
va maslakka mansub, faqat o‘z soxasi bilangina shug‘ullanib, mexnat qilib kelgan birovga zarari 
etmagan minglab, yuz minglab oddiy vatandoshlarimizning taqdir-qismati taxqirlanib, oyoq osti 
qilganligi, ularning elementar insoniy xaqqi-huquqlari poymol etilganligi ma’lum bo‘ladi. Xo‘sh, 


bu jabrdiyda sho‘r peshona yurtdoshlarimizni bunday kuyga tushishiga bunday kuyga, taqdir 
yukmiga tushishiga, “gunohi azimga” botishiga aslida nimalar sabab bo‘lgan? Hech bir asos 
bo‘ladigan ashyoviy dalilningg o‘zi yo‘q edi. Buning birdan bir asosiy sababi, bu insonlarning 
o‘ziga yarasha aql-idrokka ega ekanligi, u yoki bu masala mustaqil fikr, muloxaza yurita olishi, 
o‘sha davr hayotida kechayotgan noxaqlik, adolatsizlik xollarini anglab etishi, ularga nisbatan 
o‘z qarashlari, nuqtai-nazarlarini bildirishga o‘zlarida ma’lum darajada iroda va jur’at topa 
bilishlari bo‘lgan. Tuzum zulmkorlari o‘z g‘ayriqonuniy xarakatlarini avj oldirar ekanlar, bunga 
har bir insonning yurish-turishi, kundalik mashg‘uloti muomalasidan tortib, to uning qanday 
tafakkur yuritishigacha bo‘lgan hamma jarayonlarni o‘z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan 
ko‘zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasi, xohishini jilovlash, uni muayyan chegarada 
ushlab turish va shu yo‘l bilan badkirdor tuzum sha’niga dog‘ tushirmaslik, uning soxta obro‘ 
nufuzini asrab, avaylash bo‘lgan.
Qizig‘i shundaki, SSRning “G‘olib sotsializm” konstitutsiyasi va unga muvofiq tarzda 
O‘zbekistonnning Asosiy qonuni qabul qilinib, ularda inson huquqlari, sovet demokratiyasi 
afzalliklari to‘g‘risida lof urilib, olamga jar solingan bir paytda respublika fuqorolarining mutloq 
ko‘pchiligining oddiy insoniy xuquqlari, qadr-qiymati, or-nomusi, vijdonini oyoq osti qilishgan, 
ularning hayoti nochor, taxlikali kechgan. 
Bu insonlar komunistik siyosat va mafkura yolg‘onlariga ishonib, “porloq kelajak”ka 
umid bog‘lab jonlarini jabborga berib, ter to‘kib mexnat qilsalar, o‘zlarining soxta sotsializm 
ishiga, ideallariga bag‘ishlasalarda, biroq uning evaziga beadad zulm-stam ko‘rsalar! Ha, bu 
aldamchi, tag zamini omonat va uning son-sanoqsiz temir panjasi o‘tkir shovvozlari yurtimiz 
fuqorolarining fidokorona mexnati va zaxmatini qadrlash, munosib baholash o‘rniga ularning 
sha’nini badnom qilib, xohlagan noma’qulchiliklarini amalga oshira oladilar, zero qatag‘onchilik 
davrida bundan boshqachcharoq narsani ham kutish mumkin emas edi. Xukmron tuzum 
zulmkorligi to‘g‘risida gap borar ekan, ayniqsa bunda kishilar dunyoqarashi e’tiqodini o‘z 
izmiga bo‘sundirish, uni komunistik ahloq, ilmiy materialistik va atsistik tamoyillar ruxida 
shakllantirish uchun jon jahdi bilan xujumkor kurash olib borgan rasmiy sovet mafkurasining 
respublikamiz ma’naviy hayotiga etkazgan zarari behisob bo‘ldi. Bu borada qanchalar 
bedodliklar, qonunbuzarliklar amalga oshirilmay qolmadi. 1920 yilning ikkinchi yarmida ochiq-
oshkor tarzda boshlanib ketgan din va diniy muassasalar, ularning xodimlarigan qarshi kurash 
mislsiz bo‘ldi. Butun mamlakat bo‘ylab keng quloch yozgan “Xudosizlar” jamiyatlari 
xalqimizning iymon-e’tiqodiga, islom qadriyatlariga ham jiddiy zarar etkazdi, uning 
tagasoslarini qaqshatdi.
Shu yo‘l bilan xalq ma’naviy-ruxiy hayotiga asrlar osha muhim hissa qo‘shib kelgan 
butun boshliq ruxoniylar tabaqasi yo‘q qilib yuborildi. Ularning manman degan ulomoyu 
kiromalari, din peshvolari qattiq ta’qibu quvg‘in ostiga olindi. Ko‘plari begona yurtlarga ketib 
jon saqlash, umrguzaronlik qilishga majbur bo‘ldilar. Bunday jidab bo‘lmas qaboxatlar oqibatida 
xalqimizning ne-ne barhayot udumlari, marosimlari an’analari zavol topdi unutilishga yuz tutdi. 
Faqat milliy istiqlol davriga kelibgina ular yana yangidan ro‘yobga, chiqib bugunda kechayotgan 
hayotimiz voqeligidan munosib o‘rin topib, xalqimizni maxnat va ruxan boyitib bormoqda.
Yana 30-yillar voqealariga qaytar ekanmiz, bunda shu narsa kishini benihoya 
ajablantiridiki, u davrda insonni qoralash, uning peshonasiga “xalq dushmani” tamg‘asini bosish 
tuzum zolimlari uchun huddi “xamirdan qil sug‘irganday” gap bo‘lgan. Xatto shunday hollarga 
ham duch kelingandiki, respublikadagi ko‘p xonadonlarda vaqti-vaqti bilan o‘tkazilgan tintuv 
paytida moboda arab yozuvida bosilganbiror kitob topulguday bo‘lsa, uning nomi, mazmuni 
so‘rab, surishtirilmasdano‘sha xonadon sohibiga jamiyatga yot unsur degan la’nat tamg‘asi 
bosilib, u qamoq yoki surgun jazosiga xukm etilavergan. O‘zbekistonning 30-yillar voqeligidan 
bunga istaganicha hayotiy misollar keltirish mumkin.
Shuday qiblib, Stalin ijtimoiy keltirib chiqargan qatag‘onchilik respublikamiz hayotining 
barcha sohalari uchun qonli fojialar, beadad yo‘qotishlar, mahrumliklar bilan to‘lib toshgan davr 
bo‘ldi. U millionlab odamlarning taqdir, qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsizx xunuk 
oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay xalqimiz o‘z bukimas irodasini, matonatini 


namoyon etib, yorug‘ charog‘on kunlar kelishiga intiqib, kurashib yashadi. U totalitar tizim qatli 
omining har qanday shiddatiga dosh berib, o‘z asriy qadriyatlari, udumlari, rasm-rusmlari, 
iymon-e’tiqodiga sodiq qoa bildi va hamisha milliy istiqlol sari dadil xarakatlanishda davom 
etdi.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling