O‘zbekiston tarixi


Download 1.88 Mb.
bet60/100
Sana23.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1794963
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100
Bog'liq
Murtazaeva R - O\'zbekiston tarixi. 2005

Abdulla Qodiriy (1894-1938) o`zining noyob iste’dodi, jasorati bilan xalqimiz madaniyati, adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirdi, ko`p asrlik milliy adabiyotimiz rivojida tub burilish yasagan, yangi bosqichni boshlab bergan romanlar yaratdi. Adib “O`tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari bilan o`zbek romanchiligiga asos soldi.
O`tgan kunlar” romani bilan o`zbek adabiyotida yangi davr boshlandi. Roman qahramonlari qismati ifodasi orqali adib jamiyat hayoti, axloqini, rus bosqini arafasidagi xalqning ahvoli, kayfiyatini teran tadqiq qiladi. Buyuk tarixga, qudratli davlatchilik, madaniy, ma’naviy an’analarga ega Turkiston o`lkasining tanazulliga yuz tutish, rus imperiyasining mustamlakasiga aylanish sabablarini ochib beradi.
Qodiriyning asarlari XX asrning ko`plab balo-ofatlariga, qora bulutli kunlariga duch keldi va ulardan eson-omon chiqdi. Bu o`lmas asarlar o`zbek adabiyoti osmonida quyoshdek porlab, odamlar vujudini, qalblarini charog‘on etmoqda.
Cho`lpon (1897-1938)-ko`p qirrali iste’dod sohibi edi. Cho`lpon ehtirosli va yoniq asarlari bilan o`zbek xalqining milliy ongini uyg‘otishda, uning yangicha ma’naviyatini shakllantirishda katta xizmat qildi.
20-yillarda Cho`lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan muxolifatga o`tgani va bu qarashlarini yashirmay, she’rlarida oshkora kuylagani tufayli, uni millatchiga chiqarib qo`ydilar. Qo`yilgan aybnomalarini isbotlash uchun asosiy dalil sifatida “Buzilgan o`lkaga” she’rini keltirdilar. Chindan ham bu she’rda sovet voqeligini madh etish yo`q. Bu tom ma’noda vatanparvarlik tuyg‘usi bilan sug‘orilgan she’r. She’rda ulug‘ o`lka boshiga tushgan fojealar, haqsizliklarga, adolatsizlikka qarshi, ana yurtning erki va ozodligi uchun kurashga undovchi misralar bor.
Adibning “Kecha va kunduz” romanida Turkistonning zulmiga, jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to`la hayotini ochib bergan.
Turkistonning tuganmas dardlarini, jarohatlarini anglash va anglatish, uni birlikka, erkka, mustaqillikka chorlash va bu yo`ldagi fidoyilik har uch adib ijodining mushtarak jihatini tashkil qiladi.
Hamza o`z she’rlarida faqat ma’rifatga chaqirish bilan cheklanmaydi, u qadimiy Turkistonning siyosiy-ijtimoiy ahvolini o`ylaydi, muxtoriyat g‘oyalarini ulug‘laydi. Masalan, uning “Turkiston muxtoriyatiga” degan she’rida “islom davlati”ni bir sanjoq ostida birlashishiga chaqiradi, “arab, turk, qobil, hindiston” kabi xalqlardan tashkil topgan “islom millatini ahillikka, ittifoq bo`lib ish yuritishga” undaydi.
Mustabid tuzum yillari respublikamizda adabiyot bilan bir qatorda milliy san’at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Farg‘onada “O`lka Sayyor” siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qori -¨qubov, Y.Ýgamberdiev, H.Islomov, M.Kuznesovalar shu teatr qaldirg‘ochlari bo`ldilar. O`sha yili Mannon Uyg‘ur Toshkentda “Turon” jamiyati qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinchalik O`lka Davlat namuna teatriga aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari-Abror Hidoyatov, Muzaffar Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma’suma Qorieva, Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‘ur vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Fitrat, G‘ulom Zafariy, Cho`lpon, Qodiriy, ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi.
Shu yillarda Qori ¨qubov tomonidan birinchi bo`lib o`zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi. 1926 yilda esa yuzaga kelgan birinchi o`zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o`zbek xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929 yilda uning zaminida Samarqandda O`zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. Aynan o`sha davrlarda atoqli o`zbek ijrochilari chet el gastrollarida bo`lishgan: Tamaraxonim va Qori ¨qubovlar Parij va Berlin(1925)da katta muvaffaqiyat qozonishgan. 1936 yilda O`zbek davlat filarmoniyasining tashkil etilishi ijrochilik san’atini ma’lum darajada tizimlanishiga asos bo`ldi. O`zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri, ashula va raqs ansambllari, xor kapellasi, simfonik orkestr uning tarkibida ish boshladi.
Oktyabr to`ntarishidan so`ng, respublikamizda bir qancha ilmiy va o`quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918 yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko`rsata boshladilar. Tuproqshunoslik va geobotanika, biologiya, zoologiya, pedagogika va psixologiya, fizika-matematika, ekologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, respublikada 20-yillar oxiri-30 yillar boshida Tropik tibbiyot instituti, Tibbiy parazitologiya va gelmintologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Suv xo`jaligi tajriba-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar tashkil qilindi.
30-yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo`shgan mahallliy millatga mansub olimlar etishib chiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal o`sishi, olimlar oldiga yangi vazifalarning qo`yilishi, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirib turish ishlarini takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo`mitasi ta’sis etilib, 1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O`zbekiston filiali (O`zFAN) tuzildi. Shu davrdan O`zFAN O`zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo`jaligi muammolari, tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.
1943 yilda O`zFAN asosida O`zbekiston Fanlar Akademiyasi (O`zFA) tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.
O`zbek matematika atamashunosligi asoschisi, taniqli matematik Toshmuhammad Qori Niyoziy zamonaviy o`zbek matematik tafakkurining shakllanishi va rivojiga bebaho hissa qo`shgan olimdir. Uning Beruniy mukofotiga sazovor bo`lgan uch jildlik “Asosiy matematik analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinchi o`zbek tilidagi original qo`llanma ekanligidadir. O`zbekiston xalqlarining madaniy hayoti tarixiga oid ilmiy ishlar, o`zbek matematika va astronomiya ilmlari tarixi, xususan, Ulug‘bekning astronomiya maktabiga oid asarlar ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling