O'zbekiston tarixi
partiyalar faoliyati taqiqlab qo„yildi. Kompartiya o„zining yakka
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiyalar faoliyati taqiqlab qo„yildi. Kompartiya o„zining yakka boshchilikdan iborat rahbarlik mavqeini saqlab qolishi va mustahkamlashi uchun Rossiyaning mustamlakalari boigan o„lkalar va hududlarda, shu jumladan, Turkistonda ham o„zining ishonchli filiallarini shakllantirmogi kerak edi. Kompartiya bunday filiallar orqali bepoyon va katta mamlakat hududidagi davlat idora va boshqarish tizimini o„z qoi ostida bamisoli o„rgimchak uyasi singari qamrab markazlashtirib olar edi. Ana shu uzoq kelajakni ko„zlagan maqsadtaqozosibilanV.I.Leninpartiyaviy- tashkiliyishlardachiniqqan shogirdlari V.D.Votinsev, N.S.Kachuriner, M.Troiskiylami 1918- yilning birinchi yarmida Turkiston Kompartiyasini tashkil etish uchun Toshkentga yubordi. Ulaming tashabbusi va tashkilotchiligida 1918- yil 17-iyunda Toshkentdagi Hurriyat uyida Turkiston bolsheviklari- ning o„lka konferensiyasi ochildi. Konferensiya delegatlari asosan Yevropa millatlariga mansub shaxslar edilar. Konferensiyada, aniq boimagan maiumotlarga qaraganda, 1500 partiya a‟zolari nomidan 43 ga yaqin vakillar ishtirok etgan. Bular Toshkentdan Tobolin, 86 Pershin, Finkelshtein, Votinsev, Sidorov, Sorokin, Kolesov, Sorokina, Golikov, Troiskiy, Klevleev, Yermolov, Maikov, Solkin, Gavrilov, Alksnis, Barover, Vasilev, Gordeev, Udalov, Melnikov, Baktashev; Samarqanddan - Fomenko, Yenyutin; Andijondan - A.PSalayev, D.S.Uryupin; Choijuydan - Feoktistov, Marvdan - Geyvandov, Kushkadan - Jilsov, Qizilarvotdan - Fokeyev, Xo„janddan - Borodin, Qo„qondan - Vershinin, Perovskdan - Migalin, Aktyubinskdan - Bazarkin, Chalqardan - Maslennikov, Chemyaevodan - Kumosovlar edilar. Konferensiyada Turkiston oikasidagi deyarli barcha partiya tashkilotlaridan vakillar qatnashayotganligi uchun u o„lka kom- munist - bolsheviklar partiyasining birinchi qurultoyi deb ataldi. Albatta, Turkiston bolsheviklar qurultoyining bunday tarkibda bo„lishi bir qator shovinistik xarakterdagi qarorlar qabul qilinishiga sabab boidi. Jumladan, hozirgi payt to„g„risidagi qabul qilingan qarorda dehqonlarga nisbatan dushmanlarcha baho berildi. Qurultoy rezolyutsiyasida dehqonlami «mayda buijua elementlari», «inqilobiy yo„qsillaming faqat muvaqqat hamrohlarigina» boia oladi va ertami-kechmi inqilobiy yo„qsillardan orqada qoladi va hatto kontrrevolyutsiya uchun tayanch boiib qoladi», deb ko„rsatildi'. Agar Turkiston oikasi tub yerli aholisining asosiy qismini dehqonlar tashkil etganligi hisobga olinsa, mazkur qaroming naqadar reaksion maqsadlami ko„zlaganligi yanada oydinlashadi. Ayni paytda qurultoy qarorlarida Turkiston oikasida musulmon aholini dahshatli qirgin qilishda o„z shafqatsizligi bilan nom chiqargan dashnoksutyun partiyasi yo'qsillaming ittifoqchisi qatoriga kiritildi. Bu ham siyosiy tashkilot sifatida shakllanayotgan Turkiston Kompartiyasining maqsad-muddaolarini milliy vatanparvarlik tuyg„usi bilan tahlil qilib amaliy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Qurultoyda Turkiston Kommunistik partiyasining yetti kishidan iborat Markaziy Qo„mitasi saylandi. Markaziy Qo„mita a‟zolarining N.Xo„jayevdan tashqari hammasi Yevropa millatlariga mansub shaxslar edilar. Bular: I.Tobolin - rais, A.Solkin, V.Votinsev, M.Troiskiy, K.Sorokin va P.Ermolovlardir. Ana shu tariqa Turkiston Kommunistik partiyasiga asos solindi. Huddi shu davrdan boshlab Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling