O'zbekiston tarixi
0‘rta Osiyo kommunistik tashkilotlarining tarixi. - Т.: O‘zbekiston, 1969, 286-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘rta Osiyo kommunistik tashkilotlarining tarixi. - Т.: O‘zbekiston, 1969, 286-bet. Turkiston Kommunistik partiyasi Sho„ro hukmronligining 1918— 1924- yillarida Markaziy Osiyoda amalga oshirilgan siyosiy o„yinlarga boshchilik qildi. Bu siyosiy o„yinlar yangidan-yangi hududiy partiya tashkilotlarini tuzish, Markaziy Osiyoda Rossiya mustamlakachiligi tartibotlarini yanada mustahkamlash maqsadida zarur bo„lgan barcha ayyorlik tadbirlarini ishga solishni o„z ichiga olar edi. Kommunistik partiyaning bu tadbirlariga andakkina bo„lsa-da, o„z mustaqil fikrini bildirgan shaxslar har xil bahonalar bilan shafqatsizlarcha jazolanardi. 1918- yilning ikkinchi yarmidan e‟tiboran Turkiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo„mitasida ichki vaziyat keskinlashdi. Bu keskinlik asosan Markaziy Qo„mitaning rahbarlik lavozimlarida o„tirib olgan «eski kommunistlar» guruhi (I. Tobolin, F.Kolesov va boshqalar) bilan markazdan yuborilgan xodimlar - «yosh kommunistlar» guruhi o„rtasida kuchayib ketdi. Turkiston o„lkasi Sho„rolarining VI syezdi qarori bilan I.Tobolin va F.Kolesovlar barcha rahbarlik lavozimlaridan chetlatilgan edilar. Ular o„z atroflariga tarafkashlarini to„plab rahbarlik lavozimiga yangi kelganlarga qarshi kurashni avjiga mindirdilar. Turkiston Kompartiyasidagi rahbarlar o„rtasida hokimiyat talashib olib borilgan kurash shu darajaga yetdiki, u nafaqat quyi partiya tashkilotlari, hatto harbiy qo„shinni ham o„z girdobiga tortdi. Turkiston oikasida tang siyosiy vaziyat vujudga keldi. Ish shu darajaga borib yetdiki, mojaroni tinchitish maqsadida Favqulodda tergov guruhi tuzildi. Nihoyat ushbu muammo 1918-yil 17-29-dekabrda o„z ishini olib borgan Turkiston Kompartiyasining II qurultoyigacha olib chiqildi. «Keksa kommunistlar» guruhining rahbarlari I.Tobolin va F.Kolesovlar o„z xatolariga iqror boidilar. Qurultoy «keksa kommunistlar» guruhining nifoqchilik faoliy atini qoraladi va undan umumpartiya intizomiga bo„ysunishni talab qildi 1 . Turkiston Kompartiyasidagi ichki hokimiyat uchun talashish kurashlari natijasi oiaroq vujudga kelgan siyosiy boiiron oikada Kompartiyaning obro„sini tushirib yubordi. Bu kurashga hatto harbiy qo„shin rahbariyati ham aralashdi va oikada harbiy to„ntarish yasab hokimiyatni o„z qoiiga olmoqchi boidi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling