O'zbekiston tarixi


 Turkiston Kommunistik partiyasi syezdlarining rezolyutsiya va qarorlari. Toshkent


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Turkiston Kommunistik partiyasi syezdlarining rezolyutsiya va qarorlari. Toshkent, 
1958, 17-bet.


Osipov isyoni
 
Turkiston sho„rolar hukumatini ag„darish maqsadida 1919-yil yanvarda 
amalga oshirilgan harbiy isyonga K. Osipov boshchilik qildi. Osipovning 
o„zi kim, degan savolning qo„yilishi tabiiydir, albatta. 
Sho„ro davrida yaratilgan tarix darsliklari, qo„llanma va tarixga oid 
adabiyotlarda Osipov isyonini Angliya razvedkasi va Rossiyadagi 
kontrrevolyutsion kuchlar tayyorladi, u aslida rus harbiy qo„shinining 
ofitseri edi, degan fikr ilgari surilgan. Albatta, bu fikr asossiz ed i. Masalan, 
«0„rta Osiyo kommunistik tashkilotlarining tarixi» kitobida quyidagi 
jumlalami o„qiymiz: «Ular (ya‟ni ingliz josusi Beyli va Rossiyadagi 
kontrrevolyutsion kuchlar - (muall.) Turkiston Respublikasining harbiy 
komissari, aldov yoii bilan bolshevistik partiyaga kirib olgan avantyurist, 
sobiq praporshik Osipovdan isyonning rahbari sifatida foydalanishga qaror 
qildilar»
1
. Bu fikrlarga ishonish qiyin. Chunki K.Osipov bolsheviklar 
partiyasida tasodifiy a‟zo emas, u 1913-yildan bu partiyaga haqiqiy a‟zo 
boiib, bolsheviklaming barcha «sinovlari»dan muvaffaqiyatli o„tgan edi. 
Shu sababdan ham uni Turkiston Respublikasining harbiy komissari 
lavozimiga tayin etgan edilar. K.Osipov o„taketgan shovinist, mansabparast, 
Turkiston oikasi musulmonlarining ashaddiy dushmani edi. Turkiston 
muxtoriyatini tor-mor keltirishda va Qo„qon shahridagi dahshatlarda 
K.Osipovning qonli panjalari izi bor. U Skobelevdan 
4 ta zambarak, 4 ta pulemyot va 140 ta askar bilan Qo„qonga kelib o„z 
insoniy haq-huquqi uchun bosh ko„targan mahalliy aholini qonga botirishda 
faol qatnashadi. 
Toshkentda Sho„rolarga qarshi isyon ko„tarishdan K.Osipov qanday 
maqsadni ko„zlagan edi, degan savol tugiladi. Uning bosh maqsadi 
Turkistonda harbiy diktatura o„matishdan iborat edi. Turkiston Sho„rolari 
rahbariyatidagi hokimiyatni talashish o„yinlari K.Osipovga yoqmayotgan 
edi. U oikada butun hokimiyatni yakka o„z qoiida markazlashtirib olishni 
istar edi. Ana shu maqsadda 1919-yil 18 dan 19-yanvarga o„tar kechasi 
Toshkentda K.Osipov boshchiligida Sho„rolarga qarshi isyon boshlandi. Uni 
Sho„ro hukumati a‟zolaridan Agapov va Uspenskiylar qoilab-quwatladilar. 
Isyonchilar Turkiston 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling