O'zbekiston tarixi
0‘rta Osiyo Kommunistik tashkilotlarining tarixi. Т.: 0‘zbekiston, 1969,344-
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘rta Osiyo Kommunistik tashkilotlarining tarixi. Т.: 0‘zbekiston, 1969,344- bet. 89 esa Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi va oikadagi ocharchilik tufayli kelib chiqqan dahshatli fojialar Turkiston Sho„ro hukumatining zamini g„oyatda bo„sh ekanligini ko„rsatdi. Bu bo„shliqning bosh sababi Turkiston o„lkasi tub yerli aholisining Sho„ro hukumatiga nisbatan ishonchsizlik bilan qaraganligi va uni qo„llab-quwatlamaganligida edi. 8- §. Turkistonda bolsheviklar yakka hokimlik tizimining o‘rnatilishi Bolsheviklar hukumati Rossiya markazida boigani singari chekka o„lkalar, shu jumladan, Turkistonda ham Kompartiya diktaturasini o„matish yoiidan bordi. Ammo u bu ishni rejali sur‟atda va ustomonlik bilan amalga oshirdi. Shu boisdan ham V.I.Lenin boshliq markaziy hukumat ulug„ davlatchilik va mustamlakachilikdan iborat bosh strategik maqsadga putur yetkazmagan holda ba‟zi bir taktik manevrlar ishlatib oikada o„z ta‟sir doirasini mustahkamlashga qaror qildi. Bunda asosiy diqqat-e‟tibor tub yerli aholi o„rtasida bolshevistik tashviqot va targibotni kuchaytirish asosida ulami turli yoilar bilan Sho„ro ta‟siriga olishga qaratildi. Ana shu maqsadda RSFSR Xalq Komissarlari Sho„rosi 1919-yil 12-fevralda Sh.Eliava raisligida «Turkiston ishlari bo„yicha alohida muvaqqat komissiya» tuzdi. Mazkur Komissiyaning asosiy vazifasi Turkistonga harbiy yordam uyushtirishdan iborat edi. ' Dastlab Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik, erk va ozodlik uchun kurashini bostirish, so„ngra esa Xiva xonligi va Buxoro amirligini harbiy yoi bilan mustamlaka asoratiga solishdan iborat maqsadlami ko„zlab 1919-yil 5- martda Sharqiy front qo„shinlarining M.V.Frunze qo„mondonligidagi janubiy guruhining tuzilishi Markaziy Osiyo xalqlari taqdirida ayanchli va qonli dahshatlar davri boshlanganligidan darak berar edi. Turkiston o„lkasi ijtimoiy-siyosiy hayotida 1919-yil 7-31- martda boiib o„tgan Oika Sho„rolarining Favqulodda VII qurultoyi maium darajada iz qoldirdi. Qurultoy ishida Turkkomissiyaning a‟zosi RA.Kobozev qatnashdi. U hozirgi holat to„g„risida ma‟ruza qildi va mamlakatdagi ahvolni tavsiflab berdi. Qurultoy RA.Kobozev ma‟ruzasi asosida soi eserlar partiyasi halokatga uchraganligi va Turkistonda ham bir partiyalilik tizimi o„matilganligini qayd etdi. May oyidan e‟tiboran Dashnaksutyun partiyasi faoliyatiga ham chek qo„yildi. 92 Qurultoyda Turkiston MIQ va Respublika XK Kengashining yangi tarkibi saylandi. Turkiston MIQning raisi etib A.A.Kazakov va Respublika XK Kengashining raisi qilib Q.E.Sorokin saylandi. Milliy ishlar seksiyasi majlislarida mahalliy aholi o„rtasidagi ishlar darajasi qoniqarsiz deb topildi va bu masalaga katta e‟tibor berish lozimligi ko„rsatildi. Turkiston o„lkasi Sho„rolari VII Favqulodda Qurultoyining milliy ishlar seksiyasida ko„tarilgan masalalar partiya konfe- rensiyasida maxsus qarab chiqildi. Konferensiya Turkiston Kommunistik partiyasi 0„lka Qo„mitasi qoshida 0„lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tuzish to„g„risida qaror qabul qildi. Oika partiya qo„mitasiga musulmonlar byurosining funksiyalari va vazifalari to„g„risida Nizom ishlab chiqish taklif qilinadi. Musbyuro tarkibiga T.Risqulov (rais), A.Muhitdinov, N.Xo„jayev, X.Ibrohimov va Y. Aliyev kiradi. Musbyuro faoliyatiga baho berib Turor Risqulov o„z tarjimai holida quyidagilami yozgan edi: «Musbyuro davri bu Turkistondagi mahalliy mehnatkash aholining katta siljish davri edi. Musbyuro o„zini dastlab Turkistonning sohibi sifatida namoyish qildi. Musbyuro atrofida faqat mahalliy kommunistlar va mehnatkash omma emas, balki teng huquqli xorijiy inqilobiy partiyalar ham birlashdilar, (Masalan, yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar, ozarbayjon, fors kommunistlari va b) 1 . Musbyuro davri mahalliy aholi uchun maium ma‟noda siljish davri boisa-da, u erkin faoliyat ko„rsata olmas edi. Chunki oikada siyosiy rahbarlik nuqtalari bolsheviklar qoiida edi. Ular oikadagi tang siyosiy vaziyatni hisobga olib vaqtincha maium ma‟noda mahalliy millatlarga Musbyuro atrofida uyushib harakat qilishga yoi bergan edilar. Amalda esa Turkiston o„lkasi partiya va sho„ro muassasalarida rahbarlik lavozimlarini egallab olgan shaxslaming aksariyati mustamlakachilik g„oyasi bilan zaharlangan edilar. Ular mahalliy millatlarga, ular orasidan chiqqan partiya a‟zolariga, rahabarlikka ko„tarilgan ba‟zi shaxslarga kamsitib, nopisandlik va past nazar bilan qarar edilar. Buni 1919-yil iyulda boiib o„tgan Musulmon kommunistlarining birinchi o„lka konferensiyasi ham ochiq- oydin qayd etgan edi. Konferensiya hujjatlarida «ko'pgina mas‟ul o„rtoqlaming» mahalliy yo„qsillarga ishonmasligi, milliy Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling