degan edi: «Turkiston xalqlari bilan to„g„ri munosabat bog„lash endilikda
Rossiya Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi uchun, hech mubolag„asiz
aytish mumkinki, juda katta jahonshumul-tarixiy ahamiyatga egadir.
...Bizning Turkiston komissiyamizga
katta ishonch bilan qara-
shingizni va uning direktivalariga, ya‟ni
huddi shu ruhda unga Butun
Rossiya Markaziy Ijroiya Komiteti tomonidan berilgan direktivalarga qattiq
rioya qilishlaringizni sizlardan juda iltimos qilaman»
1
.
Mazkur xat asosida Turkkomissiya tub yerli musulmon millat- lariga
o„z ta‟sir kuchini o„tkazish uchun qator tadbirlarni ko„rdi.
Ulaming barcha
diqqat-e‟tibori o„lkani Rossiyaning mustamlaka asoratida saqlab qolishga
qaratildi. Komissiya a‟zolari keskinlikni yumshatish uchun 1920-yil
yanvarda T.Risqulovni Turkiston MIQ raisligiga ko„tardi
va boshqa
tadbirlarni ko„rdi. Ammo Turkkomissiya rahbarligida oikada amalga
oshirilgan bir qator tadbirlar ommaning mustaqillikka
boigan intilishini
kuchaytirib yubordi. Bu borada 1920- yil 12-18-yanvarda boiib o„tgan
Turkiston Kompartiyasining VOika konferensiyasi xarakterlidir. Unda qator
masalalar bilan birga milliy masala va milliy kommunistik seksiyalar
to„g„risidagi masala ham muhokama qilindi. Turkkomissiya a‟zolari
ushbu
masala bo„yicha ayyorlik bilan sopini o„zidan chiqarib Turor Risqulovni
ma‟mzachi etib tayinlaydi. Natija ular kutganchalik boiib chiqmadi.
Ma‟ruzachi Turor Risqulov konferensiyada Kompartiya va Sho„ro
hukumatining oikada yurgizayotgan shovinistik
siyosatini ayovsiz tanqid
qildi, bir qator amaliy takliflar kiritdi. Turor Risqulov V Oika partiya
konferensiyasining ochilishi arafasida o„z takliflarini
musulmon partiya
tashkilotlari III konferensiyasining vakillari muhokamasiga qo„yib, bu
takliflami quwatlash bo„yicha ulaming va‟dasini olgan edi. Turor Risqulov
ilgari surgan bu amaliy takliflar nimalardan iborat edi? Ular quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: