Xatti-harakatlar va intilishlar ko„p o„tmay o„z
samarasini berib,
respublikada qandaydir hayotbaxsh jarayon boshlanayotganidan dalolat
bera boshladi.
1989-
yil yozidagi Farg„ona vodiysida sodir bo„lgan fojialaming
asosiy sabablaridan biri, xalq ommasining og„ir ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli
ekanligini hisobga olib Islom Karimov
qishloq mehnatkashlarining
iqtisodiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bir qator
tadbirlarni ishlab chiqdi va uni amalga oshirdi. Faqat 1990-yilning
boshlariga qadar respublikada 381 ming oila,
yoki muhtoj boiganlaming
deyarli hammasi birinchi marta tomorqa uchastkalariga ega bo„ldi, 872
ming oila shu paytga qadar bo„lgan yerlarini ancha kengaytirib oldi. Shu
maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer yoki talab qilingan
miqdoming 95 foyizi ajratib berildi. Aholiga 21 ming bosh buzoq, 312
ming bosh qo„zi va uloq, 10 milliontadan ko„proq jo„ja
sotildi
1
. Bu ish
keyinchalik yanada davom ettirildi. Aholiga qo„shimcha ajratilgan
sug'oriladigan yer 500 ming gektarga yetkazildi.
Ana shu tariqa aholiga
tomorqa uchun berilgan yer miqdori 700 ming gektami
2
tashkil etdi. Bu
yerlardan 9 milliondan ortiq odam foydalandi. Tomorqa yerlarining
o„rtacha haj mi 0,2 gektardan ortiqqa etkazildi.
Bu tadbirlar
mustamlakachilikka asoslangan buyruqboz Sovet tuzumi sharoitida
so„zsiz dadil qo„yilgan qadam edi. Qishloq mehnatkashlariga qo„shimcha
yerlaming ajratib berilishi bir qator keskin hayotiy muammolami hal
qilishga yordam berdi. Ular nimalardan iborat edi?
Do'stlaringiz bilan baham: