O'zbekiston tarixi
«Туркестанский вестник», 1917-yil 9-
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi sabab
- To‘rtinchidan
1
«Туркестанский вестник», 1917-yil 9- dekabr. 108 Yamin Yonboev Sho„ro hukumati haqida bunday degan edi: «Hozirgi hokimiyat (F.Kolesov va boshqalar) tan olingan demokratiyaligi dargumon. Ushbu hokimiyat musulmonlar nomidan gapirishi esa qip-qizil yolg„on... Mazkur hokimiyatning asl kuchi - to„p va pulemyotlardir, lekin biz, musulmonlar, bu kuchdan qo„rqmaymiz. Bizda o„zga kuch mavjudkim - ul kuch ruhimizdir. Tarix ushbu soxta hokimiyatning amalini qoralaydigan vaqt albatta kelajak! (olqishlar) 1 . Uchinchi sabab, Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi va Qo„qondagi dahshatli fojialardir. Aslida bu fojialami milliy ozodlik va mustaqillik uchun qurolli kurashning boshlanishiga sabab deb emas, balki bunday qonli muhorabaning boshlanishi uchun bir turtki, bahona deb qaramoq maqsadga muvofiqdir. Chunki Qo„qondagi voqealar ozodlikka, erkka va milliy mustaqillikka yillar davomida tashna bo„lgan Turkiston xalqlarining sabr kosasini haddan tashqari toidirib yubordi. Qo„qondagi sho„ro askarlarining miltiq, to„p va zambaraklardan otgan o'qlari oika xalqlarining tinch vositalar yordamida ozodlikka, muxtoriyatga va milliy mustaqillikka bo„lgan so„nggi umidlarining chilparchin bo„lganligi va o„qqa tutilganligini bildirar edi. Vatan, millat, ozodlik, hurlik, erkinlik va milliy mustaqillik kabi tushuncha va g„oyalardan begona boimagan va qizil vabodan qutilish istagi andakkina boisa-da, qalbida jo„sh urgan millat vakillari qo„lga qurol olishdan boshqa yo„lni topa olmadilar. Buni istiqlol fidoyisi, ozodlik harakatining atoqli vakili va xalq lashkari sarkori Madaminbekning quyidagi so„zlari yorqin ifoda etadi: «Qo„qon (Turkiston) muxtoriyati hukumati davrida men - Madaminbek musulmon qo„shinlariga yetarli darajada yordam bera olmadim. Men bolsheviklar hokimiyatini xalq uchun eng yaxshi va foydali hukumat deb o„ylagan edim. Lekin tez orada shunga ishonch hosil qilayapmanki, bolsheviklar boy, kamba- g„al va qashshoqlami talashdan nariga o'tmas ekan. Shuning uchun ham men sho„rolar xizmatini tashlab, eski Marg„ilon qo„rboshisi (militsiya boshlig„i) lavozimidan ketdim» 2 . To‘rtinchidan, yuqoridagilardan kelib chiqadigan xulosa shuki, «bosmachilar» sho„ro tarixchilari, milliy muxoliflarimiz ta‟kidlaganlari singari «kallakesarlar», «banditlar», «bosmachilar», Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling