O'zbekiston tarixi
O'zR. MDA, 17-fond, 1-ro‘yxat, 19-ish, 74-75-varaqlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
O'zR. MDA, 17-fond, 1-ro‘yxat, 19-ish, 74-75-varaqlar. 2 Birinchisining bo‘yi kalta boMganligi uchun «Kichik» va ikkinchisining bo‘yi novcha boiganligidan «Katta» laqabini olgan edi. 3 Rajabova R.E. va boshqalar. 0‘zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). - Т.: 0‘qituvchi, 1994, 59-bet. 117 Milliy istiqlol harakati bolsheviklami juda katta tahlikaga soldi va Turkistonda Sho„ro hukumatining yashashiga juddiy xavf tug„dirdi. Buning ustiga Rossiya bilan Turkiston oikasi o„rtasidagi temir yo„l aloqalari Rossiyada davom etayotgan fuqarolar urushi tufayli uzilib qolgan edi. Sho„ro hukumati va Kompartiyaning vakili sifatida Turkistonda ishlagan G.Safarovning fikricha, «Sho„ro Turkistoni 1919- yilda «Hayot va o„lim» qarshisida turardi 1 . Buni quyidagi aniq dalillar isbotlaydi. 1919- yil mart oyi boshlarida Madaminbek qo„shinlari Baliqchi qasabasida faoliyat olib borayotgan edi. 0„shdan chiqqan Xolxo„ja Eshon ham shu atrofda edi. Ular qizillar tomonidan kuchli tazyiq ostiga olindi. Istiqlolchilarga qarshi 4 mingdan ortiq yaxshi qurollangan qizil qo„shin bir necha bor hujum uyushtirdi. Shiddatli janglaming ikkinchi kunida Madaminbek va Xolxo„ja kuchlari tang ahvolga tushib qoladilar. Bundan xabar topgan Shermuhammadbek jangning to„rtinchi kunida 3 mingdan ortiq yigitlari bilan Baliqchiga yetib keladi va jangga kirishib ketadi. Ertalabga qadar kuchli jang boiib, vaziyat istiqlolchilar foydasiga o„zgaradi, Madaminbek va Xolxo„ja og„ir ahvoldan qutiladilar. Qurshovdan chiqib olgan istiqlolchilar dushmanga qarshi hujumni avj oldiradilar va qizillami to„rt tomondan qurshab oladilar. Qizillar yo taslim boiish, yoki toia qirilib ketish xavfi ostiga tushdilar. Jang qattiq boidi. Ertalabga borib qochib ulgurgan va oiganlardan tashqari 1700 rus askarlari taslim boiishdan boshqa chorani topa olmadilar. 700 ga yaqin beshotar miltiq, 2 to„p, 2 pulemyot qo„rboshilar tomonidan oija olindi. Oijaga olingan qurollar Madaminbek, Xolxo„ja, Shermuhammadbek o„rtasida taqsimlandi. Asirlar Sirdaryo havzasiga keltirilib, so„roq qilinib, kerakli maiumotlar olingach, rus millatiga mansub boiganlar qo„yib yuborildi, 350 arman dashnoqlarining oyoq-qoilari bogianib Sirdaryoga uloqtirildi 2 . Vatanparvar kuchlaming bu tadbirlari Turkiston Markaziy Ijroiya Qo„mitasi 0„lka partiya Qo„mitasining ko„rsatmalariga asosan «Farg„onadagi aksilinqilobiy harakatga qarshi kurash yuzasidan favqulodda komissiya» tavsiyalari asosida amalga oshirilgan operasiyalarga o„ziga xos javob edi. «Favqulodda komissiya» shusiz ham tang boigan vaziyatni yanada taranglashtirdi. «Nasha Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling