O'zbekiston tarixi
ll-§. «Rus krestyanlari armiyasi»ga munosabat
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
ll-§. «Rus krestyanlari armiyasi»ga munosabat
Madaminbek Baliqchidagi jangdan so„ng Suzoqqa keldi. Bu yerda qo„rboshilaming yigilishi o„tkazildi. Unda Jalolobod atrofidagi ms qishloqlari va u joylardagi oq gvardiyachilar masalasi muhokama qilinadi. Chunki, ular Xolxo„ja nazoratida ekanliklariga qaramay, qizillarga taslim boigan edilar. Xolxo„ja bu qishloqlarga hujum qilishni taklif etadi. Bu fikmi Madaminbek quwatlaydi, 120 ayni vaqtda qizillarga qarshi qat‟iy front tashkil etish kerakligini aytadi. Yig„ilishda oqlarga qarshi hujumga o„tishga qaror qilinadi, Madaminbek bosh qo„mondon etib saylanadi. Jalolobodda uni oq kigizga o„tirtirib ko„taradilar. Madaminbek oq ruslardan milliy harakatga qarshi chiqmaslikni va qizillar bilan birlashmaslikni talab etdi. Ammo ular bu taklifni rad qildilar. Shunda bosh qo„mondon rus qishloqlariga yoppasiga hujum qilishga farmon berdi. Natijada bir kecha-kunduz jang bo„lib, ruslar bitimga kelishish uchun muhlat so„rashga majbur boiadilar. Muhlat ham beriladi. Shu orada Namangan tarafdan kelgan qizillar istiqlolchilarga qarshi hujumga o„tdilar. Ular katta talafot ko„rib Suzoqqa chekindilar. Chekinish paytida qo„rboshilar orasidagi aloqa uzilib qoladi. Madaminbek Suzoqqa chekingan paytda kichik qo„shin bilan Shermuhammadbek Qo„qonqishloqqa yetib keladi. Bundan xabar topgan bolsheviklar Qo„qonqishloqqa hujum qiladilar. Jang uch kun davom etdi. Istiqlolchilar qo„li baland keldi, qizillar Andijon tomon chekindilar. Ayni paytda Suzoqda turgan Madaminbek rus qishloqlariga yurish qiladi. Bu yerda shiddatli janglar bo„lib, har ikki tomon ham katta talofat ko„radi. Ikki tomon o„rtasida muzokara boshlandi, biroq bu muzokaradan natija chiqmadi. Nihoyat, Toshkentdagi Sho„ro hukumati yordami bilan Jalolobod atrofidagi rus posyolkalari aholisidan «Dehqonlar armiya»si tuzildi. 5 mayda uning bosh qo„mondoni etib sobiq chor ofitseri, polkovnik Konstantin Monstrov generallik unvoni bilan tayinlandi. «Rus krestyanlar armiya»si aslida istiqlolchilarga qarshi kurash maqsadida tashkil bo„lgandi. Ammo ko„p o„tmay K.Monstrov o„z qurolini qizillarga qarshi qaratdi, u azaldan bolsheviklarga qarshi edi. 1919- yil may boshlarida Abbosxo„jayev Madaminbek bilan muzokara olib bordi, ammo bu muzokaradan natija chiqmadi. Sa‟dullaxo„ja katta Ergash qo„rboshi bilan muzokaraga kirishdi. U sulhga rozi boidi. Katta Ergashga butun qo„shini va qurollarini o„z qoiida saqlab qolgani holda Bachqir qarorgohida turishdan iborat imtiyoz berildi. Ammo Ergash qo„rboshi har qanday harbiy harakatda qatnashmasligi va boshqa qo„rboshilar bilan aloqa qilmasligi lozim edi. Bir vaqtlar butun Farg„ona vodiysi istiqlolchilarining eng kuchli sardori boiib, viloyat musulmon aholisining chuqur hurmatini qozongan, bir oy awal barcha takliflami keskin rad etgan Ergash qo„rboshining kutilmaganda milliy kurash avj olgan bir paytda bunday bitimga ko„nishini izohlash qiyin, albatta. Ergash qo„rboshining bu 121 qadamidan hatto uning askarlari ham norozi boidilar. Sho„rolar bergan va‟dalar, imtiyozlar faqat vaqtdan yutish uchun berilganini boshqa qo„rboshilar ham fahmlagan edilar. Bir yil o„tar-o„tmas bu xato Ergashbek uchun juda qimmatga tushdi. Shermuhammadbekning Sho„rolar bilan umuman har qanday muzokara olib borishdan bosh tortganligi, Madaminbekning esa sulh tuzishni istamaganligi to„g„ri boiib chiqqanligi isbotlandi. Farg„ona vodiysida boigan Favqulodda komissiya a‟zolari vodiyda mustamlakachilar amalga oshirgan dahshatlami o„z ko„zlari bilan ko„rdilar. Boiib o„tgan mudhish va dahshatli voqealami rus zobitlarining o„zlari ham tan olgan edilar. Jumladan, M.F.Frunzening eng yaqin safdoshi F.F.Noviskiy bunday deb iqror boigan edi: «E‟tirof etish kerakki, dastlabki paytdagi xatti- harakatlar xatolar, nuqsonlar, ko„pincha esa jinoyatkorona harakatdan holi boimadi. Mahalliy aholiga nisbatan ongli jinoyatkorona ishlarga Qizil Armiya tomonidan yoi qo„yildi»'. Favqulodda komissiya a‟zolaridan biri T.Risqulov Farg„ona vodiysida yuz bergan dahshatli jinoyatlar xususidaqahr-g„azabgatoiib, 1919-yil 11-mayda Turkiston MIQ raisi A.A.Kazakovga yozgan xatida quyidagi satrlami bitadi: «Faqatgina uyezdlarda emas, balki shaharlarda ham haqiqiy sho„ro hokimiyati mavjud emas... Andijonda armanlar qishloqlardan juda ko„plab sart qizlami olib kelib, ulami o„z xususiy buyumiga aylantirganligini aniqladik. Dashnoqlar o„qni tejab qolish maqsadida gunohsiz musulmonlami ayovsiz chopishgan, ayollaming nomusini toptab, g„azab bilan «Agar Ollohing qudratli boisa senga najot bersin», deb diniy e‟tiqodlarini haqoratlashgan, Skobelevda butun-butun tashkilotlar va ijroiya qo„mitalari ichkilikbozlik bilan shug„ullanishgan... Partiya tashkilotlari ko„plab ziyon keltiradigan turli- tuman yot unsurlar bilan ifloslangan, ichkilikbozlik, poraxo„rlik oddiy holga aylangan. Sovet hokimiyati, o„rtoq Kazakov, bizga juda qimmatga tushdi. Haddan tashqari tartibsizlikni ko„rib, yurak siqiladi va qalbda kuchli og„riq pay do boiadi» 2 . «1919-yil oxirlarida, - deb yozadi Alixonto'ra Sog„uniy- Bishkekka qarashli Qorabolta, Oqsu bo„ylab o„n sakkiz ms qishloqlari... kommunistlarga qarshi qo„zg„olon ko„tarishdi... Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling