O'zbekiston tarixi
- §. Farg‘ona vodiysida harbiy diktatura va uning
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
13-
§. Farg‘ona vodiysida harbiy diktatura va uning maqsadlari Xalq milliy ozodlik va istiqlol uchun kurashining buyuk sardori Madaminbek oidirilgan boisa-da, vatan mustaqilligi yoiida u jon fido qilgan vatanparvarlikdan iborat qudratli toiqin to„xtamadi, aksincha, u yanada katta kuch bilan ko„tarildi. Bu yangi davr 1920-yilning mart oyidan boshlandi. Bu davrda milliy ozodlik kurashining asosiy sardori va yalovbardori Shermuhammadbek edi. Madaminbekning oidirilishi, Monstrov yoi qo„ygan kamchiliklar va Muxanovning Sharqiy Turkistonga 20 ta rus ofitserlari bilan qochib ketishi oqibatida Farg„ona muvaqqat hukumati parchalanib ketdi. Ingliz tarixchisi Glende Frezer maiumotlariga qaraganda, bu davrda Farg„onada bolsheviklar 76 ming muntazam armiyaga ega edilar. Ana shu dahshatli kuch bilan Sho„ro hukumati Farg„ona vodiysida ko„tarilgan istiqlol harakatini zo„rlik bilan bostirmoqchi boidi va xalq qahr-g„azabiga sababchi boigan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, M.V.Frunzening buyrugiga asosan qizil askarlami oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash maqsadida aholidan don mahsulotlari yigishga kirishildi. Aholi bu davrda ochlikdan sillasi qurib qirilib ketayotgan edi. Musulmon maktablari yopib qo„yildi, islom ruhoniylari faoliyati ta‟qib ostiga olindi. 19yoshdan 35yoshgacha boigan aholini majburiy harbiy xizmatga olish to„g„risida qaror qabul qilindi. Bu tadbirlar mehnatkash ommaning sabr kosasini yanada toidirdi, ular ommaviy sur‟atda Shermuhammadbek lashkarlariga borib qo„shila boshlaydilar. 1920- yilning oktabrida hatto muntazam Qozon polkidagi askar- lardan 640 kishi qurol-yarogiari bilan Shermuhammadbek va Xolxo„ja qo„rboshi tomoniga o„tib ketdi. Vatanim, millatim va ozodlik degan barcha sof vijdonli, imon-e‟tiqodli vatanparvarlar Shermuhammadbek qanotidan joy va panoh topdilar. 1920- yil 3-mayda Shermuhammadbek tashabbusi bilan Olti- ariq tumanidagi Qamota qishlog„ida qo„rboshilar qurultoyi cha- qirildi. Unda Turkiston muvaqqat hukumati tuzildi. Hukumat boshligi va bosh qo„mondon - Amir ul-muslimiyn lavozimiga Shermuhammadbek saylanadi. Boymirza Hayit maiumotlariga qaraganda, Shermuhammadbek boshqargan hukumatda lavozimlar quyidagicha taqsimlangan: siyosat raisi - Mullajon Qori, Shayx ul- 139 islom - Akbarjon Esxoni, hukumat bosh kotibi - Abdusalom Qori, Moliya vaziri - Nosir Joni, Maxsus ishlar vaziri - Mullahoji Niyoz. Shermuhammadbek shaxsiga Zaki Validiy To„g„on yuksak baho bergan: «Shermuhammadbek, - xalqiga sodiq bir kishi bo„lgan. Uning dushmanlari ham unga baho berishda bor haqiqatni aytishga majbur boigan. 1922-yilga oid tarixiy hujjatlardan birida shunday deyilgan: «Ko„rshermat (Shermuhammadbek) - millati sart (o„zbek) boiib barcha qo„rboshilaming eng g„ayratli va qat‟iyatlisidir 1 . Shermuhammadbek milliy ozodlik va istiqlol harakatiga tasodifiy yoki kimlamingdir fatvosi, zo„rligi bilan kirmadi. Balki qalb amri, ona Vatanga, millatga nisbatan mehr-sadoqat, bosqinchi mustamlakachilarga nisbatan esa cheksiz nafrat uni vijdon amri bilan bu yoiga ixtiyoriy sur‟atda boshlab keldi. Bu fikmi Shermuhammadbekning quyidagi so„zlari batamom tasdiqlaydi: «Bu harakat umum Turkiston istiqloli uchun yuzaga kelgan haqiqiy millatparvarlaming harakatidir. Shermuhammadbekning oika aholisiga qarata qilgan muro- jaatlaridan birini keltiramiz: Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling