O'zbekiston tarixi
Rajabova R.E. va boshqalar. O'zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). - Т.: 0‘qituvchi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Rajabova R.E. va boshqalar. O'zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). - Т.: 0‘qituvchi, 1994, 104-bet. 2 Turon tarixi. To‘plam. - Т.: 1992, 20-bet. 244 Muhiddin Maxsum Xo„jayev boshchiligidagi «so„l kommunistlar» ham yaqin edilar. Ular 1921-yil avgustda Buxoro hukumatini ag„darishga urinib ham ko„radilar. Lekin bu harakat muvaffaqiyat qozonmasdan tor-mor qilindi. Milliy istiqlolchilar tomoniga o„tgan hukumat a‟zolari orasida Buxoro Markaziy Ijroiya Qo„mitasi raisi Usmonxo„ja Po„latxo„jayev, harbiy nozir Abdulhay Oripov, uning o'rinbosari Tal‟atzoda (Turk ofitseri), Ichki ishlar nozirining o„rinbosari Mulla Bobo, Buxoro militsiyasining boshlig„i Ali Rizo (Turk polkovnigi) va boshqalar bor edi. Ular milliy istiqlol kuchlari bilan yashirincha zimdan aloqa o„matdilar, ulami har tomonlama qo„llab- quwatlab yordam berdilar. Bu xususda Buxoro hukumatida Mehnat kengashi raisi o„rinbosari lavozimida ishlagan Abdurauf Fitratning Sho„ro organlari so„roqlariga bergan quyidagi javoblari g„oyatda e‟tiborlidir: «Bizning tashkilotimiz bosmachilik harakatiga katta ahamiyat bergan va unga Sovet hukumatiga qarshi faol kurashda vosita sifatida ko„pdan-ko„p umid bogiagan edi. Biz bosmachilikni bo„lg„usi burjua millatchi davlati milliy armiyasining tug„ilishi deb hisoblaganmiz. Shuning uchun ham Muinjon Aminov, Ota Xo'jayev, Usmon Xo„jayevlaming faol ishtirokida Fayzulla Xo„jayev bosmachilik harakatiga bevosita rahbarlik qilish bilan shug„ullangan. Quloq-millatchilik shiorlari ostida tashkil qilingan bosmachilik harakatini biz RSFSR hukumati oldidagi Sovet hokimiyati prinsiplariga qarshi qaratilgan xalq harakati deb bilganmiz. Bu yo„nalishdagi «milliy ittihod»ning rejali va uyushgan faoliyati shunga olib keldiki, 1920-1924- yillar davrida Mulla Qahhor, Jo„ra Amin, Murod Meshkop, Mitan Polvon va boshqa yirik qo„rboshilar rahbarligidagi bosmachilik harakati butun Zarafshon vodiysini qoplagan edi. Farg'ona vodiysida ham ahvol shunday edi. Bir vaqtning o„zida bosmachilik harakatini avj oidirib xorijiy davlatlar bilan aloqa o„matish ishini ham jonlantirib yuborganmiz. 1922- yili tashkilotimiz a‟zosi Qosim Qori Eron hukumati bilan aloqa o„matish uchun Eronga xizmat safariga yuborildi. U Eron shohi tomonidan qabul qilingan va bizni Sovet hokimiyatiga qarshi kurashimizda o„z tomonidan bizga yordam berish va‟dasini oldi. Shu joy da, Eronda Qosim Qori ingliz hukumati vakillari bilan ham aloqa o„matdi. Huddi shu davrda biz Turkiya hukumati bilan bevosita aloqa 245 o„matdik, shu maqsadda Turkiyaga vakillarimiz, tashkilot a‟zolari Muhammad Nazariy va Ismoil Sadriy borishdi. Yusufzoda va Xoshim Shaav orqali Afg„oniston hukumati doiralari bilan aloqa 0 „matdik» 1 . Biroq Markaziy Sho„ro hukumati va Kompartiya Markaziy Qo„mitasi 0„rta Osiyoni Rossiyaning mustamlakasiga aylantirishdan iborat o„z rejasini og„ishmay amalga oshirib bordi. Bu davrga kelib Xorazm va Buxoroda amalga oshirilgan qoibola «xalq inqiloblari» tashkil qilindi. Sho„ro hukumati bu bilan o„z oldiga qo„ygan «minimum dastur»ni amalga oshirdi. Endi bolshevoylar hukumati oldida «maksimum dastur» turar edi. U ham boisa endi 0„rta Osiyodagi respublikalaming mustaqil harakat qilishlariga izn bermaslik, ulaming siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy taraqqiyot jilovlarini markaz ixtiyoriga batamom bo„ysundirish, shu asosda ulami kelajakda milliy respublikalarga boiib yuborish uchun zamin tayyorlash va kelajakda turkiyzamin xalqlaming yagona Turkiston davlati boiib birlashishiga abadul- abad zarba berish edi. Bu xususda RKP(b) MQ siyosiy byurosining 1922-yil 1-fevralda qabul qilingan «Buxoro masalasiga doir» qarori xarakterlidir. Bu qaror G. V.Chicherin, V.V.Kuybishev va F.Xo„jayevlar ishtirokida shaxsan I. Stalin rahbarligida tayyorlangan edi. Ana shu qaror asosida Xorazm va Buxoro Kompartiyasi vakillari RKP (b) Markaziy Qo„mitasining Turkiston byurosiga a‟zo qilinib, Turkiston byurosi RKP (b) MQ ning 0„rta Osiyo byurosiga aylantirildi. Bu bilan 0„rta Osiyoning siyosiy jihatdan qaramligi batamom Moskva qoiiga o„tib ketdi. 1923- yil mart oyida Turkiston, Xorazm va Buxoro respublikalari «0„rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi»ga birlashtirilgach, 0„rta Osiyo respublikalari endi iqtisodiy jihatdan ham Moskvaga, markazga batamom qaram boiib qoldilar. Chunki Moskva mazkur tadbir bilan 0„rta Osiyodagi har uchala respublikani iqtisodiy jihatdan birlashtirib, ulami yagona Rossiya pul, soliq tizimi, yagona iqtisodiy strukturaga kiritish orqali ulaming amaldagi mustaqilligiga hal qiluvchi zarba bergan edi. 0„rta Osiyo respublikalari jilovini o„z qoiiga mustahkam tutib olgan Moskva hukumati endi hamma masalani o„z bilganicha amalga oshira boshladi. RKP (b) MQ Siyosiy Byurosi 1923- yil 12-iyunda qabul qilgan «Buxoro masalasiga doir» qarorida 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling