O'zbekiston tarixi
O'zR DMXQA, 4267-ish, 5-18-varaqlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
O'zR DMXQA, 4267-ish, 5-18-varaqlar.
2 O'zRMDA, 18-fond, 2-ro‘yxat, 127-ish, 88-89-varaqlar. 246 Buxoro hukumati a‟zolari «Markaz talablari» darajasida emasligini ta‟kidlab, uni «demokratlashtirish» talabini qo„yadi. Markazning bu talabi 1923-yil 23-iyunda boiib o„tgan Buxoro Kompartiyasi MQning Plenumi qarorlarida o„z aksini topdi. Unda Moskva nomidan qatnashgan Ya.E.Rudzutak Buxoro Respublikasi hududida faoliyat ko„rsatayotgan bir qator mahalliy Inqilobiy Sho„ro Ijroiya Qo„mitalari rahbarlarining xatti- harakatlari Markaz talabini qondirmayotganligi, ular «millatchilik» bilan shug„ul- lanayotganliklarini tanqid qildi. Ko„p o„tmasdan Sho„ro apparatlarini «yot unsurlar» va «millatchilar»dan tozalash bahonasida eski Buxoro, Choijo„y, Sherobod, Qarshi, Shahrisabz, Karmana, Boysun, Nurota, G„uzor„ Ijroiya qo„mitalarining raislari o„z vazifalaridan chetlashtirildi, ulaming o„miga Moskvaga yoqadigan kadrlar qo„yildi. Bunday «tozalash» ishlari Buxoro Xalq Sho„ro Respublikasi va Buxoro Kompartiya MQ apparatlarida ham amalga oshirildi. Sho„ro hukumati Otaulla Xo„jayevni Buxoro Xalq Nozirlari Kengashi raisi o„rinbosari va Abdurauf Fitratni Buxoro Mehnat Kengashi raisining o„rinbosari lavozimlaridan olib tashlaydi. «Yot unsurlar» va «burjua millatchilari»ga qarshi muvaffaqiyatli kurashmoq uchun Sho„ro va partiya tashkilotlari «ishonchli» kadrlar bilan mustahkamlandi. RKP (b) MQ 0„rta Osiyo byurosi a‟zolaridan tojik kommunisti, keyinchalik Buxoro Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasining kotibi etib tayinlangan A.Rahimboev va turkman kommunisti Q.S.Otaboyev Buxoroga chaqirilgan edilar. Buxoro Markaziy Ijroiya Qo„mitasining «Buxoro Xalq Sho„ro Respublikasi hukumati tarkibini o„zgartirish to„g„risida»gi 1923-yil 24-iyun qarori bilan Q.S.Otaboyev Respublika Xalq Nozirlari Sho„rosi raisining birinchi o„rinbosari 2 etib tayinlanadi. Sinfiylik va partiyaviylik prinsipi asosida davlat va Kompartiya tashkilotlarini yot unsurlardan tozalash, kadrlar tayyorlash va ulami joy- joyiga qo„yishda Markaz ko„rsatmalariga amal qilish jarayoniga qonuniy tus berishda 1923-yil 11-oktabrdan 17-oktabrgacha Buxoroda o„z ishini olib borgan IV Butun Buxoro Sho„ro Qumltoyi o„ziga xos o„rin tutadi. Unda jami 389 delegat qatnashdi, shundan 237 kishi o„zbeklar, 81 kishi tojiklar, 22 kishi turkmanlar va 19 kishi qirg„izlaming vakillari edilar. Qumltoy Xalq Nozirlar Sho„rosi 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling