O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 
0
‘sha joyda. 
2
 O'zR MDA, R-837-fond, 26-s-ro‘yxat, 126-ish, 118 varaq.
3
 Qilichev F. Zulmatdan sadolar. - Т.: Adolat, 1994. 26-bet. 
256


«markazlar markazi» «Turkiston milliy birligi» tashkil topadi. F.Xo„jayev 
ongli sur‟atda butun mas‟uliyatni o„z zimmasiga olib, bu tashkilot faoliyati 
uchun barcha sharoitni yaratib berdi. Tashkilot rahbariyatining majlislari 
hukumat a‟zolarining uylarida maxfiy sur‟atda o„tkazilgan. 
Ayni paytda, F.Xo„jayev boshchilik qilgan Buxoro Sho„ro hukumati 
Sho„rolar Qizil Armiyasi bilan birgalikda istiqlol va milliy- ozodlik uchun 
bosh ko„targan ming-minglab vatan fidoyilarining qonini to„kdi va yostigini 
quritdi. Obyektiv haqiqatdan kelib chiqqan natija, afsuski, shundoq boidi. 
Bu F.Xo„jayevning fojiasi edi. 
Sho„ro bosqiniga qarshi Buxoro mustaqilligi va ozodlik uchun 
kurashgan ikkinchi asosiy kuch - amir Sayid Olimxon boshchiligidagi 
kuchlar edi. Buxoro amiri o„ziga sodiq kuchlar bilan poytaxtni tark etgach 
Qo„rg„ontepa, Gijduvon, Boysun viloyatiga qarashli Bandor va Darband 
atroflarida bosqinchi qizil askarlar bilan jang qilib Hisor viloyatiga chekindi. 
Bu yerda u olti oy mobaynida dushmanga qarshi jang olib boradi. «Jang 
boshida, - deydi amir Olimxon, - harbiy vazir tog„am Muhammad Saidbek 
parvonachi va urush qo„mondoni Abdulhafiz parvonachi, Ibrohimbek biy 
askar boshliqlari edilar. Shu bilan olti oy davomida kurash va jang yuz berib, 
axiyri bolsheviklar jamoasi o„zlari paydo qilgan mazkur urushga majbur 
boiishib, Moskvadan anchagina askar va harbiy qurollar yigib keldilar. Shu 
bilan ular birdan Islom lashkari ustiga hujum boshladilar. Islom askarlarida 
harbiy anjom va qurollar kam boiganligi jihatidan o„n kun davomida urushib 
jang qiladilar, so„ngra bu bandayi ojiz yordam va madad so„rash harakatida 
xorijiy davlatlarga murojaat qildim»'. 
Amir Olimxon qizil askarlarga qarshi kurashni davom ettirish 
maqsadida Hisordan Koiob viloyatiga, u yerdan 1921-yilda Afg„oniston 
poytaxti Qobulga yetib keldi. U yoi-yoiakay Sharqiy Buxoro hududida 
boigan chogida sho„rolarga qarshi vatan mustaqilligi va ozodligi uchun 
kurashga ko„z tikkan kuchlami qoilab-quwatladi, ularga madad va 
maslahatlar berdi. Jumladan, Sayid Olimxon Koiob viloyatida boiganida 
sho„rolarga qarshi kurash olib borgan ozodlik fidoyilari Mulla Muhammad 
Ibrohimbek devonbegi va Davlatmandbek devonbegilar uchrashganligi va 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling