yil 5-14-oktabrda Turkiston o„lka Sho„rolarining VI favqulodda Qurultoyi
chaqirildi. Unda RSFSR Konstitutsiyasidan ko„chirib
va unga monand
tarzda Turkiston Muxtor Sho„ro Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi
qabul qilindi. Albatta, bu ishlaming hammasi siyosiy o„yin va
nayrangbozlikdan boshqa hech narsa emas edi.
Ayyorona siyosiy
nayrangbozlik Turkiston Kompartiyasini tashkil etish jarayonida ham ko„zga
yaqqol tashlanadi.
Turkiston Kompartiyasining tashkil etilishi.
Turkistonda Kom-
munistik partiya 1918-yil iyunga qadar ham tashkilot sifatida uyushib
shakllanib ulgurmadi. Chunki o„tgan mavzularda ta‟kidlangani singari,
Kompartiyaning Turkiston o„lkasidagi mahalliy aholi o„rtasida
na moddiy,
na ma‟naviy tayanch bazasi bor edi. Kompartiya g„oyalari mahalliy aholi
uchun tushunarsiz va begona bo„lganligidan
keng mehnatkashlar ommasi
unga ergashmadi. To„g„ri, 1918-yil iyun oyiga kelganda o„lkada 20 ta
partiya tashkiloti boiib ulaming saflarida 2 mingga yaqin partiya a‟zosi
boiganligi tarixiy manbalarda qayd etiladi. Ammo bu a‟zolaming hammasi
asosan chet millatlarga mansub boigan kishilar edilar.
1917-
yil oktabr to„ntarishidan, ayniqsa, 1918-yil 6-iyuldan so„ng
Kommunistik partiya mamlakatda hokimiyatning
butkul vorisi va yagona
rahbar partiyaga aylandi. 1918-yilda Uriskiyning oidirilishi, V. I. Leninning
yarador qilinishi kabi bahonalar bilan mamlakatda barcha muxolifat
Do'stlaringiz bilan baham: