O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet535/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   531   532   533   534   535   536   537   538   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

«Umuman, men 
birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta 
holatida edi. Demak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. 
Xalq - bu til, demak. Qancha yillar mobaynida o‘zbek tili o‘z 
yerida ikkinchi toifadagi, iste’mol uchun majburiy hisoblanmagan til 
bo‘lib keldi, necha yillar davomida o‘zbek rusning yonida o‘zining 
tengsizligini, «katta og‘a»ga qaramligini his etib keldi. Nima uchun 
bunga chidash kerak? Biz davlat tili to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik, 
bu esa ko‘z o‘ngimizda o‘zbeklarning milliy o‘zini o‘zi anglashini 
yaxshiladi»
1

0„zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1989-yil 21- oktabrda 
«0„zbekiston SSRning davlat tili haqidagi» Qonunning qabul qilinishi va 
o„zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Islom Karimov 
boshchiligida 
mamlakatdagi barcha 
vatanparvar va demokratik 
kuchlaming orziqib kutgan tarixiy g„alabasi edi. Mazkur qonun loyihasini 
ishlab chiqish, uning har bir moddasini milliy talab va ehtiyoj darajasiga 
yetkazishda Islom Karimov bevosita ishtirok etdi, unga juda ko„plab 
o„zgartishlar va tuzatishlar kiritdi. «Davlat tili to„g„risida»gi qonun 
loyihasini ishlab chiqishda maxsus tuzilgan ishchi guruh a‟zolari 
B.Nazarov, I.Qo„chqortoyev, A. Rustamov, A.Aliyev, O.Yoqubov, Said 
Ahmad, Jamol Kamol, E.Vohidov, S.Safoyev va boshqalar faol 
qatnashdilar.
Mazkur qonun loyihasi haqiqatdan ham umumxalq muhokamasi 
tusini oldi va xalq ommasi milliy ongi va faollik darajasi o„sganligini
1
 «Xalq so‘zi» gazetasi, 1991-yil 15-avgust.
690


ko„rsatdi. Muhokama davomida mehnatkashlardan 130 mingdan ortiq 
kishi imzo qo„ygan 4 mingdan ortiq xat-takliflar tushdi. Ularda Qonun 
loyihasining 37 moddasi bo„yicha 225 ming taklif, qo„shimcha va 
mulohazalar bayon qilingan edi.
0„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasining 1989- yil 25 
noyabrda bo„lib o„tgan XVIII Plenumi respublika ijtimoiy- siyosiy 
hayotida keskin burilish yasadi. Unda milliy masalaning tarixiy jihatlari, 
hozirgi ahvoli, milliy siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, 
madaniy-axloqiy masalalari chuqur ilmiy xolislik bilan tahlil etildi va 
ittifoq rahbariyati oldiga mazkur masalalami hal etish asosiy vazifa qilib 
qo'yildi. Jumladan:
Birinchidan, 
0„zbekiston va o„zbeklar boshiga yog'ilayotgan 
malomat toshlariga chek qo'yish, «paxta ishi», «o„zbeklar ishi» degan 
uydirmalami bas qilish, Moskva matbuotida o„zbeklami sharmandayu 
sharmisor qiladigan, milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlami to„xtatish 
zarur ekanligi uqtirib o„tildi.
Bunday talablar javobsiz qolavergach, jiddiyroq yoi tutishga to„g„ri 
keldi. Shimoldan janubga qarab chigirtkaday yopirilib kelib, hamma 
yoqni g„orat qilayotgan ba‟zi badniyat va shum muxbirlar yoii to„sildi. 
Ayrim gazetalaming tarqatilishi to„xtatildi. Buni har kim har xil tushundi. 
Moskvaliklar o„zicha, qo„ynida pichog„ini yashirib, orqamizdan poylab 
yurgan «joydori» millatparvarlar o„zicha. Kimdir dod-faryod soldi, 
asosan ko„pchilik to„g„ri tushundi. Haqiqat haqiqatligicha qoldi. Vaqt 
hammasiga o„z bahosini berdi.
Shu yerda diqqatingizga «Vek» gazetasining 1995-yil 21-27 iyul 
sonlarida bosilgan bir maqoladan ko„chirmani havola etish maqsadga 
muvofiqdir. Jumladan, unda shunday deyiladi: 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   531   532   533   534   535   536   537   538   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling