O'zbekiston tarixi


elliginchi yfflarning boshlarida o‘zbek xalqining ko‘p asrlik madaniy


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet537/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   533   534   535   536   537   538   539   540   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

elliginchi yfflarning boshlarida o‘zbek xalqining ko‘p asrlik madaniy 
merosi, an’ana va urf-odatlarini saqlash va boyitishga harakat qilgan 
O‘zbekiston fani va madaniyatining bir qancha taniqli arboblari, 
jumladan, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Oybek, Shayxzoda, 
Shukrullo, Shuhrat, Turob To‘la va boshqalar millatchilikda, 
panislomizm va panturkizmda ayblanib repressiya qilindilar. 
Respublika adabiyoti va san’ati taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan 
Cho‘lpon va Fitrat singari madaniyatimizning taniqli arboblari 
hususida ham tarixiy haqiqat va adolat tiklanishi kerak», 
degan 
yangicha nuqtai nazami ilgari surdi.
 
Respublikada til masalasini hal etish muhim siyosiy va ma‟naviy 
hodisa sifatida ko„tarib chiqildi. Til - millatning qalb tori. Unga ozor 
yetkizmaslik, aksincha, sayqal topib, jilolanib borishiga erishish zarur. 
Ko„pmillatli mamlakatda o„zaro munosabatlaming ta‟minlanishi, boshqa 
kichik xalqlar tillarini kamsitmagan holda tub aholi tili mavqeini tiklash 
muhim madaniy-ma‟rifiy hodisadir. Plenumda 
partiya tarixida birinchi 
marta mavjud holatdan kelib chiqib, tillarga munosabat butunlay о 
‘zgarishi lozimligi va ana shu 
о ‘zgarish tufayli respublikaga nomini bergan millat qadr-qimmatini ко 
‘tarish, izzat-ikromini joyiga qo ‘yish adolat ishi ekanligi alohida uqtirildi. 
692


Ijodkorlar va ziyolilaming eng iqtidorli, sog„lom kuchlarini 
birlashtirish, shu asosda yurtimizda ijitimoiy-siyosiy barqarorlikni 
vujudga keltirish, xalqimizga ma‟naviy-ruhiy jihatdan madad bo„lish 
respublika rahbariyatining asosiy vazifasi qilib belgilandi. Ana shu 
xulosalardan kelib chiqib, ko„hna tarix va madaniyat sohibi bo„lgan 
Beruniy, Ulug„bek, Alisher Navoiy, Furqat, Muqimiy va boshqa ulug„ 
mutafakkirlaru xalq ma‟rifatparvarlarining bebaho merosiga ega bo„lgan 
0„zbekistonday respublikada tarix va madaniy atning mantiqiy va 
sobitqadam silsilasi uzilmasligi uchun barcha shart- sharoitlami yaratish 
kerak, deb uqtirdi Islom Karimov.
Yana bir muhim masala. Huddi shu plenum bizning 70-yil 
mobaynida shakllanib qolgan dahriylik qarashlarimizda, islom va boshqa 
dinlarga bo„lgan munosabatlarimizda keskin burilish yasadi. Biz birinchi 
marta kommunistik partiyaning jazavasi tutib turgan, uning mafkurasi esa 
qilich yalang„ochlab maydonga tushgan bir paytda islom dinini 
ma‟naviyat, yuksak axloq va madaniyatning muhim bo„g„ini sifatida tan 
ola boshladik. Bu kommunistik partiya rahbarligi kursisida o„tirib, uning 
«din - afyundir» degan mafkurasini butunlay boshqa o„zanga burib 
yuborishga qodir bo„lishdek nihoyatda kuchli siyosiy iroda, qat‟iyat va 
jasurlik talab etadigan kamdan-kam yuz beradigan hodisadir.
I
Darhaqiqat, butun Ittifoqda demokratiya o„yinlari, siyosiy 
shovqin-suronlar, mafkuraviy to„qnashuvlar junbushga 
kelgan

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   533   534   535   536   537   538   539   540   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling