O'zbekiston tarixi
«...Musulmon madaniyatidagi xalqni ruhiy tanazzuldan
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
«...Musulmon madaniyatidagi xalqni ruhiy tanazzuldan
chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalish din erkinligini, islom bilan chambarchas bog‘liq milliy urf-odatlarga rioya qilish erkinligini yaratib berishdan iborat edi. Biz uzoq va orziqib kutilgan ana shu erkinlikni so‘zda emas, amalda ta’minladik» 4 . Kommunistlar qilich o„ynatgan e‟tiqodsizlik zamonida asrlar osha insoniyat qalbini, shuurini munavvar etib kelgan bu muborak din ta‟limoti shafqatsiz poymol etildi. Mamlakatda xudosizlik, ya‟ni e‟tiqodsizlik avjga chiqdi. Ular bizni ajdodlarimiz meros qoldirgan udumlar, insoniy mezonlardan begonalashtirdi. Vaholanki, islom dini dunyodagi eng ilg'or, odamlarga mehr va 1 0‘sha manba, 3-varaq. 2 O'sha manba, 3-4-varaqlar. 3 0‘sha manba, 164-ish, 4-varaq. 4 «Xalq so‘zi» gazetasi, 1991-yil 15-avgust. 697 shafqat ulashuvchi, ulami haq yo„liga boshlovchi, xalqlarga tinchlik, omonlik, baxtu saodat keltiruvchi, go„zallik va muhabbatga da‟vat etuvchi ilohiy ta‟limotdir. Nahotki, mana shu olijanob o„gitlar, ateist kommunistlar da‟vo qilganidek, «reaksion», «xalq uchun afyun» bo„Isa?! Islom dini nafaqat inson odobi va uning turmush tarzi, balki davlat fuqaro, jamiyat va inson o„rtasidagi munosabatlar, siyosatdagi adolat mezoni, so„z va fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham benihoya hayotiy tajriba va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o„lmas qadriyatlar bugungi yangi davlatchiligimiz qurilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezident Karimovning davlat arbobi sifatidagi yana bir xususiyati shundaki, u voqealar mohiyatini juda chuqur biladi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini oldindan payqab, eng muhimi, odamlar ruhiyatini, ulaming quvonch va tashvishlari, maqsad va intilishlarini o„z vaqtida anglay oladi va xolis baho beradi. Shuning uchun ham bugun ko„p millatli mamlakatimizda hech qaysi din vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy hissiyotlami avj ham oldirmasdan, og„ir-vazmin, uzoqni ko„zlangan siyosat amalga oshirilmoqda. Bu siyosat mohiyati ilk marta prezidentning quyidagi fikrlarida aniq- ravshan belgilab berilgan edi: Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling