Hamma ahil, hamma pokiza bo‘lib yashasin, kimning fazilati
qancha, kimning gunohi qancha ekanini Yaratganning o‘zi ajrim qilib
beradi».
Qachonki kishi o„zligini anglamasa, o„z vijdoni bilan yuzma- yuz
turmasa, iymon va e‟tiqod oldida hisob bermasa, qo„shnisi,
mahallasi,
jamiyat, Vatan oldidagi mas‟uliyatini his etmasa, bunday odam insonlik
sharafiga munosib bo„lmaydi.
Prezident Karimov siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir
paytda yuqorida eslatilgandek otashin nutq va ma‟ruzalari
bilan
odamlaming nozik tuyg„ulariga ta‟sir etdi, ulami uzoq yillik karaxtlik va
g„aflatdan uygotdi, fikrlashga, o„z taqdiri va farzandlari istiqboli haqida
qayg„urishga da‟vat etdi. Bu bilan u,
birinchidan, mamlakat aholisini
ruhiy-ma‟naviy poklanishiga imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi
tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o„ziga xos zamin yaratdi.
Kremlning
asabiy jazavalariga qaramay, yurtimiz, ham sovetlar
iskanjasida turgan og„ir kunlarda Prezidentimiz xalq xohish- irodasiga
quloq tutib, unutilmas bir tarixiy hujjatga imzo chekdi.
Bu farmon
yurtdoshlarimiz ruhiyatida ulkan ijobiy o„zgarish yasadi. Bu farmon
mazlum xalqning ko„ksiga hademay shamol tegajagidan bir nishona
bo„ldi.
Farmonda, jumladan, shunday deyilgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: