«Demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy
о ‘zgarishlami chuqurlashtirish, Konstitusion tizimni, grajdanlarning
huquqlarini, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, О ‘zbekiston SSR
davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o'zaro aloqasini
takomillashtirish maqsadida О 'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Oliy Soveti
Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti
lavozimi ta’sis etilsin»
1
.
Qaror matniga jiddiyroq e‟tibor beraylik. Unda quyidagilami ko„rish
mumkin.
Birinchidan,
demokratiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish,
siyosiy o„zgarishlami takomillashtirish va konstitutsion tizimni
mustahkamlash mantiqan tom ma‟nodagi mustaqillikni talab etadi va
uning zamirida markazga bo„ysunmaslik, o„z taqdirini o„zi belgilash
tamoyili yotadi.
Zotan, qaysidir darajada bo„lmasin, eng kichik masalalar bo„yicha
ham kimgadir tobe bo„linsa, yuqorida qo„yilgan talab- laming birontasiga
ham erishib bo„lmaydi.
Ikkinchidan,
0„zbekiston SSR davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy
organlarining o„zaro aloqasini takomillashtirish - bu bevosita partiya
yakkahokimligini bartaraf etish, demokratik jarayonlami chuqurlashtirish,
xalq va hokimiyat, fuqaro va davlat o„rtasidagi munosabatlami
yaqinlashtirish, ya‟ni jamiyatda sogiom ijtimoiy- siyosiy, ma‟naviy-ruhiy
muhitni qaror toptirish, uni asta-sekinlik bilan turmush tarziga aylantirish
imkoniyati demakdir. Bu esa oxir- oqibatda respublikaning o„z taraqqiyot
yo„lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini
joriy qilishni taqozo etadi.
Ana shunday boshqaruv usulidagi islohot ayni shu sessiyada qonun
bilan mustahkamlandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |