O'zbekiston tarixi


 0‘zR. MDA, 17-fond, 1-ro‘yxat, 45-ish, 6-varaq


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 0‘zR. MDA, 17-fond, 1-ro‘yxat, 45-ish, 6-varaq.
2
Farg'ona viloyati Davlat arxivi, 335-fond, 1-ro‘yxat, 44-ish, 45-varaq.
3
 Ali Bodomchi. Turkiston Milliy istiqlol harakati va Anvar Posho. 1-jild. 
Qo'rboshilar. - Anqara. 1975,6-bet.
4
0‘sha manba 
s
O‘sha manba 
104 


siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta‟kidlash lozimki, 1919-1920- yillarga 
kelib Farg„onada qaroqchilik emas, balki o„ziga xos Xalq isyoni vujudga 
keldi. To„rt yil mobaynida biz bu harakatga hatto to„g„ri baho berishni ham 
bilmadik, u xalq qo„zg„oloni bo„lgani holda biz uni bosmachilik deb atadik. 
Bosmachilik mohiyatan talonchilik degan ma‟noni bildirardi, bizning ushbu 
harakatga bergan noto„g„ri ta‟rifimiz masalani hal etishda noto„g„ri 
yondoshuvlarga olib keldi. Va alal-oqibat to„rt yil davomida biz bu 
harakatning biror bir jihatini tugata olmadik. 
Sho„ro hukumati tobora kuchayib borayotgan bu qo„zg„olonga yuzma-
yuz kelganida, bu qo„zg„olon yirik shaharlarda yanada mustahkamlandi va 
Sho„ro hukumatiga qarshi kurash olib bordi»
1

Turkiston o„lkasi xalqlarining qizil saltanat mustamlakachiligi va rus 
shovinizmiga qarshi boshlangan milliy ozodlik va istiqlol uchun kurashining 
sabablari to„g„risida yozma manbalarda har xil qarash, g„oya va fikrlarga 
duch kelamiz. Albatta, mazkur masala bo„yicha qalam tebratuvchi har bir 
shaxs qaysi millatga, qaysi siyosiy guruh va g„oyaviy dunyoqarashga 
mansubligiga va kimning buyurtmasi va topshirig„ini bajarayotganligiga 
qarab ijod qiladi va fikrlaydi. Jumladan, P.Alekseenko o„zining 1931-yilda 
chop ettirgan «Chto takoe bosmachestvo?» kitobida bosmachilikning kelib 
chiqishiga asosiy sabab qilib paxtani musodara etish haqidagi Kolesov 
dekreti oqibati natijasi o„laroq yuzaga kelgan ishsizlik deb baholaydi. Bu 
fikr-xulosaga harbiy tarixchi D.Zuyev ham qo„shiladi
2
. Ammo bu mualliflar 
milliy ozodlik va istiqlol urushining asl mohiyati va sababini ochishdan 
o„zlarini chetga oladilar. «0„zbekiston SSR tarixi» (Uchinchi jild.), «0„rta 
Osiyo Kommunistik tashkilotlarining tarixi» kitoblarida, 0„.Sh.Inoyatovning 
«0„zbekistonda Oktabr revolyutsiyasi», «Narodi Sredney Azii v borbe protiv 
interventov i vnutrenney kontrrevolyusii» (- М.: Misl, 1984.) 
monografiyalarida 0„zbekiston va sho„ro davridagi 0„zbekiston tarixiga oid 
barcha manbalarda, asosan, bitta g„oya ilgari suriladi: Angliya va Amerika 
singari imperialistik davlatlar 0„rta Osiyoni o„z asoratiga solmoqchi edilar. 
Shu bois ular Turkistondagi aksilinqilobiy kuchlami sho„ rolarga qarshi 
ko„tardilar. «0„rta Osiyo Kommunistik tashkilotlarining tarixi»da quyidagi 
jumlalami o„qiymiz: «Chet el imperialistlarining 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling