O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Qarang: 
Хидоятова H.C. Босмаческое движение в современной советологии. 
Авт.-дис. канд. ист. наук. - Т.: 1993. 
:
 B.Hayit. Turkiston XX asrda (nemis t.) - Darm-Shtat, 1956, 199-200-betlar. 
Ill 


qizillar zamonaviy qurol, harbiy texnika, pulemyot, aeroplan va boshqa 
vositalarga ham ega edilar. Istiqlolchilar bu jihatdan zaif boiganlar. Biroq 
ma‟naviy-ruhiy qudrat: jangovarlik, haq ishga sadoqat, istiqlol ruhi ularda 
juda kuchli boigan. 
Turkiston fronti qo„mondoni A.S.Pugachev, Inqilobiy harbiy Kengash 
a‟zosi Berzin, Shtab boshligi Shuvalovlar «Rota koman- dirlarigacha boigan 
barcha harbiy boshliqlarga bosmachilikka qarshi kurash bo'yicha 
ko„rsatmalar»ida 
«bosmachilar»ga 
bunday 
ta‟rif 
beradilar: 
«Bosmachilaming xarakterli tomonlari ayyorlik, nihoyatda topqirlik, 
jasurlik, epchillik va tolmaslik, mahalliy sharoitni yaxshi bilish, bir vaqtning 
o„zida to„dalar o„rtasidagi aloqa boiib hisoblangan aholi bilan bogiiqlik... 
Bosmachilar - ayyor, lekin ulami alday olish kerak: bosmachilar topqir, 
jasur, chapdast va tolmas, demak ulardan topqirroq, jasoratliroq va 
chapdastroq boiish kerak; pistirmalar qo„yish, kutilmaganda paydo boiish; 
bosmachilar mahalliy sharoitni yaxshi bilmaganligimizdan foydalanayotgan 
ekan - ulami biz yaxshi o„rganishimiz, bosmachilar mahalliy aholining 
obro„yiga tayanib ish ko„rayotgan ekan - biz ham shunga erishishimiz 
kerak»
1
. Albatta bu maiumotlar nisbiy xarakterga ega. Kitobxon uchun eng 
xarakterlisi va ishonarli dalil milliy ozodlik va istiqlol uchun jang qilgan va 
sodir boigan tarixiy voqealami o„z ko„zi bilan ko„rgan yoki uning bevosita 
ishtirokchisi hisoblangan, istiqlol harakati sarkorlari boigan qo„rboshilar 
avlod va zurriyodlarining maiumotlaridir. Adolatli kurash yoiida jon berib, 
jon olgan xalq qasoskorlarining lashkarboshilari - qo„rboshilar faoliyatining 
solnomachisi Shahobiddin Yassaviy 1984-yilda yozgan «Turkiston achchiq 
haqiqatlari» kitobida 114 qo'rboshi haqida ma‟lumot beradi. 
Sho„ro qo„mondonligi maxsus boiimi xodimlari tomonidan 
1923- 
yil kuzida tayyorlangan «Mutlaqo maxfiy» deb nomlangan hujj 
atlardan birida qayd etilishicha, 1923-yilda F arg „ ona vodiysida 181 ta 
qo„rboshi harakatda boigan
2
. To„kil «Farg„ona mujohidlari» asarida faqat 
Shermuhammadbek boshchiligidagi 8 mintaqa qo„mondonlari qo„l ostida 65 
qo„rboshi harakat qilganligini nomma-nom keltiradi. Uning qayd etishicha 
Farg„ona mujohidlari orasida «general» unvonining sohibi boigan 125 
qo„rboshi faoliyat ko„rsatgan. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling