O'zbekiston tarixi


Сборник указаний в борьбе с босмачеством. Издание Реввоенсовета


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Сборник указаний в борьбе с босмачеством. Издание Реввоенсовета 
Туркистанского фронта. -Т.: 1924. 16-бет. 
2
SGASI 28113-fond, 7-ro‘yxat, 84-ish, 107-114-varaqlar.
112 


B. 
Hayit o„z asarlarida Farg„ona vodiysida 9 lashkarboshi va ular 
qoi ostida harakat qilgan 69 qo„rboshining ism-shariflarini beradi. 
Turkistondagi 
milliy 
ozodlik 
va 
istiqlol 
harakatining 
yirik 
markazlaridan biri Farg„ona vodiysi boiadi. Bu yerdagi xalq ozodlik va 
milliy mustaqillik harakati uchun qo„rboshilaming katta bir avlodini o„z 
orasidan tarbiyalab yetishtirdi. Kichik va Katta Ergashlar, Muhammad 
Aminbek (Madaminbek), Shermu- hammadbek (Shermat), Xolxo„ja Eshon, 
Parpibek, Muhitdinbek, Omon pahlavon, Nurmuhammadbek, Jonibek qozi 
va boshqalar ana shular jumlasidandir. Sho„ro davrida Ko„rshermat deb 
haqorat botqog„iga botirilgan, amalda esa Turkiston o„lkasi xalqlarining 
milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurashining yirik sardori - 
Shermuhammadbekning o„gii Davronbek Nyu-York shahrida istiqomat 
qiladi. 
Shermuhammadbekning 
ukasi 
yirik 
qo„rboshi 
boigan 
Nurmuhammadbekning o„gii Anvarbek ham u yerda yashaydi. Ulaming 
qoiida noyob bir hujjat saqlanadi. Bu hujjat bevosita Shermuhammadbek 
rahbarligida 1927-yil shabon oyining birinchi kunida Afg„onistonning 
poytaxti Qobul shahridagi bog„i Alimardonda xatga tushirilgan. 
Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek o„z ponsodlari bilan mazkur 
bog„da to„planadilar va kelajak avlodlar uchun 1917-1924-yillarda Farg„ona 
vodiysida milliy ozodlik va istiqlol uchun jon fido qilganlar xotirasiga 
bagishlab hujjat qoldirishga ahd qiladilar. Hujjat eski turkiy tilda arabcha 
imloda yozilgan boiib, dastxat muallifi andijonlik istiqlol fidoyisi Abdulhay 
Mahdumdir. Unda g„oyatda qimmatli raqam va maiumotlar keltirilgan. Shu 
bois hujjat matniga o„zgartirish kiritmasdan undan ba‟zi bir parchalami 
quyida aynan keltirdik: 
«Muhtaram orqadoshlar! 
Avlod umri Rusiyada hurriyat talabdorlari Rusiya imperatorligiga 
qarshi bir harakat etishibdur. 1333 hijriyda mutobiq 1917 isavida 
muxtoriyatlarini olib har millat o„z huquqiga sohib ulub ikki yil hurriyat 
tarixi ila surdi. Bu hukumat tashkil ulub usuli saltanati usuli mashavoratla 
taqdil etildilar. Oqibat muxtoriyatchilara qarshi inqilobchilar huruj qilib 
kommunistik va bolshevik shiori ila buyuk bir to„fon kelturdi. To„fonning 
hasharotlari va zaharlarila hayvonotlari bechora oq gumhlari halok etib 
muxtoriyatda mahv etdi. Bu hurriyatni maxviri 1334-nchi hijriy mutobiq 
edi. Bu mahoraba ikki yil davom etdi. 1336-nchi hijriyda bolshevizm 
g„alaba qozonib, bu nahming rahnamosi asli yahudiy va keyin mslashmish 
Lenin 
113 


nomida bir inqilobchi ulub Butun Rusiyada hokim o„ldi! So„ngra bu 
bolshevizmga Rusiya va musulmon millatchilari takror isyon etib, bir 
tarafdan muhoraba ochdilar. Jumladan, Turkistoni G„arbiyning Farg„ona, 
Xiva va Buxoro atroflaridan cho„x mujohidlar maydoni muhorabaya 
otildilar. Bulardan mashhurlari yetti yil davomida g„ayrat etganlaridan ikki 
kimsa edi. Biri - Farg„ona mujohidlari raisi Shermuhammadbek esa, 
ikkinchisi - Buxoro mujohidlari raisi Ibrohimbek edi». 
Hujjatda Farg„ona vodiysida milliy ozodlik va istiqlol uchun jang 
qilgan qo„rboshilar va ulaming faoliyatiga dahldor maiumotlar ham 
keltiriladi: Shermuhammadbek 23 yoshida istiqlol kurashiga kirishgan, awal 
13 ming, so„ngra 103 ming askarga ega boigan. Uning yetakchiligida 
Ergashbek, Madaminbek, Xolxo„ja Eshon, Parpibek, Muhitdinbek, Omon 
pahlavon, Nurmuhammadbek, Jonibek qozilar milliy ozodlik urushini olib 
borganlar. 
Qo'qonlik Ergashbek 35 yoshida 6-yil urush olib borgan, 12 ming askari 
boigan, muhoraba maydonida shahid boigan. Margilonlik Madaminbek 23 
yoshida 10 ming askari bilan 3-yil urush olib borgan. 
1920- 
yil mayida shahid boigan. 0„shlik 43 yoshli Xolxo„janing 8 ta 
lashkar boshliqlari, 10 ming askari boigan, bir guruh yigitlari bilan Oloy 
vodiysida qor ko„chkisi ostida qolib ketgan. Andijonlik Parpibek qo„rboshi 
35 yoshida 8 nafar lashkar boshliqlariga, 10 ming jangchiga ega boiib, 5 -yil 
kurash olib borgan, 1921-yili Suzoqda shahid boidi. 
Ko„kjarlik Muhiddinbek 40 yoshidan boshlab 11 ta lashkarboshi, 
13 ming qirgiz yigitlaridan iborat jangchilar bilan 7-yil urush olib borib 
shahid boidi. Namanganlik Omon polvon 6 lashkarboshi, 8 ming askar bilan 
7-yil jang qilib shahid boidi. Yakkatutlik Nurmuhammadbek 18 yoshidan 7-
yil urush olib bordi. 0„zganlik Jonibek Qozi milliy kurash boshlaganida 50 
yoshda edi. U 4 nafar lashkarboshiga va 10 ming askarga ega boiib 7-yil 
urush olib bordi. Sharqiy Turkistonga muhojir boiib o„tib ketdi. 
Qo„mondon Ergashbek qaramogidagi lashkarboshilar quyida- gilar edi: 
Eshmuhammadbek 35 yoshda qo„qonlik, oltiariqlik To„ychibek 35 yoshda, 
qo„shtegirmonlik Mirzo Ulug„bek (25 yosh), yaypanlik Islom Pahlavon (35 
yosh), beshariqlik Hamdam Hoji (35 yosh), qissako„zlik Usmondev (30 
yosh), oltiariqlik Sulton Roziy (40 yosh), voriqlik Mullo Poiat (30 yosh), 
so„o„qlik Abdurahim Mahdum (45 yosh). 
114 


Madaminbek qaramog„idagi nayzaqayrag
1
ochlik Solih Mahdum- bek 
(30 yosh), namanganlik Ismoil Pahlavon (32 yosh), qalmoqlik Usmonbek 
(33 yosh), logonlik Fayoz Mahdum (35 yosh), oqyorlik Qozoqboybek (26 
yosh), qorakiyiklik Hoshim Pahlavon, imomotaliq qo„mondon Xolxo„ja 
Sohib qori (35 yosh), aravonlik Ioichibek (32 yosh), buloqboshilik Tesha 
qaysar (30 yosh), o„shlik OqsoqNiyoz (25 yosh) va Nug„monbek (20 yosh), 
suzoqlik Mulla Umrzoqbek (40 yosh), o„shlik Said Ahmadbek (25 yosh), 
sultonobodlik Yoidosh pahlavon (30 yosh)laming hammasi ham istiqlol 
uchun janglarda shahid bo„ldi. Ulaming har biri qaramog„ida 1200 nafardan 
o„zbek o„gionlari bor edi. 
Andijonlik qo„mondon Parpibek qo„rboshi qaramog„idagi 7 nafar 
lashkarboshilari ham millat, Vatan uchun bo„lgan janglarda qahramonlarcha 
shahid bo„lishgan. Ulaming har birida 1200 dan o„zbek yigitlari boigan. 
Xirabeklik Yunusbek qo„rboshi (45 yosh), omoncho„ralik Isroilbek, 
urganchlik Mahkam Hoji (40 yosh), mirobodlik Qozoqboy (25 yosh), mulla 
Abdurazzoq (30 yosh), andijonlik Oxunjon (35 yosh), Mirza Tog„a (50 
yosh) lashkarboshilari mustaqillik uchun boigan jangu jadallarda mislsiz 
qahramonlik namunalarini ko„rsata oldilar. 
Omonpolvon qo„mondonligida Rahmonqulbek (40 yoshda, ro- 
shobaliqlik), Yoidosh Cho„moq (30 yosh, baliqchilik), Sotiboldi qozi (32 
yosh, xo„jabodlik), Ro„zimuhammadbek (27 yosh, baliqchilik), Hojito„rabek 
(25 yosh, xivalik), Boytumanbek (35 yosh, 
momoxonlik) kabi 
lashkarboshilar ham shahid boiganlar. Ular ham 1200 askarlardan iborat 
qo„shinlarga ega edilar. 
Nurmuhammadbek qo„mondonligida 25 nafar lashkarboshi boigani 
o„sha hujjatda qayd etilgan. Ulaming nomlarini zikr etamiz: eng yoshi 18 
yoshli Sotiboldi sohib (qumariqlik), Umar tog„a bilan Toshmuhammad 
(g„orbuvalik), lashkarboshilar orasida abusiyolik Dardanbek, qorasoqollik 
Ergash pahlavon, Yusuf Pahlavon, suvke- chiklik Asqarbek, cheklik Rahmat 
Ali, xonariqlik Jo„rabek va Ergash, tevagumlik Avliyoxonto„ra, g„orbuvalik 
Ro„zimuhammad, qiziloyoqlik Ahmad pahlavon, zilgalik Aliyorbek va 
G„anixon, suqoqlik To„xtasin, xo„jahasanlik Umarali quloq, tolmozorlik 
Mulla Xotam, sho„rbuloqlik Muhammadro„zibek, korosponlik Yusuf] on 
Mahdum, jugonlik Mullo Poiat, Shokir Qo„rboshi, tojikqishloqlik 
Qo„shmurod, oltiariqlik Qoraboy, naynavolik Muhammadali bor edi. 
Qo„mondon Jonibek qozida4 lashkarboshi boiib, ular-olayqullik 
115 


Shamsibek (47 yosh), o„zganlik Jamolbek (30 yosh), qo„rboshilik Qodirbek 
qirg„iz (35 yosh), qurshoblik Putikov (oq rus, 34 yoshli). Bu qahramonlar 
ham millat, vatan shahidi bo„lgan. 
0„sha 1927-yili Qobuldagi Bog„i Alimardonda tuzilgan bu ro„yxatdagi 
shahid boigan lashkarboshilar xotiroti lavhasiga mana bu so„zlar bitilgan 
edi: «Qabringda rohat top millat shahidlari, yosh Farg„ona mujohidlari, 
qahramonlari. 
Yashasun millat qahramonlari. Qabringda rohat topsun Farg„ona 
shahidlari. Istiqlol tarafdorlari! Mahv ulsun kommunizm. Oh Farg„ona! 
Qabringda rohatda bo„l Farg„ona shahidlari! Nomlaringni bir kun 
xotirlaydilar. Sizlarga duolar o„qiymiz. Vatan avlodlarina ibrat etarmiz 
qahramon millat yigitlari! 
Haqiqatdan ham vatan fidoyilarining shiorlari: «Turkiston -tur- 
kistonlik xalqlaming vatanidir», «Turkistonni faqat turkistonliklaming o„zi 
bosqinchilardan xalos qiladi!» kabilardan iborat edi. 
Darhaqiqat, «Qo„qon muxtoriyati» bilan bogiiq qonli fojialardan so„ng 
butun Farg„ona vodiysi xalqlari sho„ro askarlariga qarshi muqaddas 
kurashga otlandilar. 
Turkiston o„lkasida milliy-ozodlik kurashining yangi kuch bilan avj 
olib rivojlanishiga sabab boigan omillami Sho„ro rahbarlarining o„zlari ham 
yaxshi bilar edilar. Buni Toshkentdan Farg„ona va Samarqand viloyatlariga 
yuborilgan Favqulodda hukumat komissiyalarining yozgan axborotlari 
orqali yorqin ko„rish mumkin: «...Qo„qon voqealaridan keyin bizning 
Sho„ro xodimlarining salbiy harakatlari natijasida bu yerda front tuzildi. 
Farg'ona viloyatidagi voqealaming asosida «Dashnoqdutyun» arman 
Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling