O'zbekiston tarixi


ll-§. «Rus krestyanlari armiyasi»ga munosabat


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

ll-§. «Rus krestyanlari armiyasi»ga munosabat
 
Madaminbek Baliqchidagi jangdan so„ng Suzoqqa keldi. Bu yerda 
qo„rboshilaming yigilishi o„tkazildi. Unda Jalolobod atrofidagi ms 
qishloqlari va u joylardagi oq gvardiyachilar masalasi muhokama qilinadi. 
Chunki, ular Xolxo„ja nazoratida ekanliklariga qaramay, qizillarga taslim 
boigan edilar. Xolxo„ja bu qishloqlarga hujum qilishni taklif etadi. Bu fikmi 
Madaminbek quwatlaydi, 
120 


ayni vaqtda qizillarga qarshi qat‟iy front tashkil etish kerakligini aytadi. 
Yig„ilishda oqlarga qarshi hujumga o„tishga qaror qilinadi, Madaminbek 
bosh qo„mondon etib saylanadi. Jalolobodda uni oq kigizga o„tirtirib 
ko„taradilar. Madaminbek oq ruslardan milliy harakatga qarshi chiqmaslikni 
va qizillar bilan birlashmaslikni talab etdi. Ammo ular bu taklifni rad 
qildilar. Shunda bosh qo„mondon rus qishloqlariga yoppasiga hujum 
qilishga farmon berdi. Natijada bir kecha-kunduz jang bo„lib, ruslar bitimga 
kelishish uchun muhlat so„rashga majbur boiadilar. 
Muhlat ham beriladi. Shu orada Namangan tarafdan kelgan qizillar 
istiqlolchilarga qarshi hujumga o„tdilar. Ular katta talafot ko„rib Suzoqqa 
chekindilar. Chekinish paytida qo„rboshilar orasidagi aloqa uzilib qoladi. 
Madaminbek Suzoqqa chekingan paytda kichik qo„shin bilan 
Shermuhammadbek Qo„qonqishloqqa yetib keladi. Bundan xabar topgan 
bolsheviklar Qo„qonqishloqqa hujum qiladilar. Jang uch kun davom etdi. 
Istiqlolchilar qo„li baland keldi, qizillar Andijon tomon chekindilar. Ayni 
paytda Suzoqda turgan Madaminbek rus qishloqlariga yurish qiladi. Bu 
yerda shiddatli janglar bo„lib, har ikki tomon ham katta talofat ko„radi. Ikki 
tomon o„rtasida muzokara boshlandi, biroq bu muzokaradan natija 
chiqmadi. Nihoyat, Toshkentdagi Sho„ro hukumati yordami bilan Jalolobod 
atrofidagi rus posyolkalari aholisidan «Dehqonlar armiya»si tuzildi. 5 
mayda uning bosh qo„mondoni etib sobiq chor ofitseri, polkovnik 
Konstantin Monstrov generallik unvoni bilan tayinlandi. «Rus krestyanlar 
armiya»si aslida istiqlolchilarga qarshi kurash maqsadida tashkil bo„lgandi. 
Ammo ko„p o„tmay K.Monstrov o„z qurolini qizillarga qarshi qaratdi, u 
azaldan bolsheviklarga qarshi edi. 
1919- 
yil may boshlarida Abbosxo„jayev Madaminbek bilan 
muzokara olib bordi, ammo bu muzokaradan natija chiqmadi. Sa‟dullaxo„ja 
katta Ergash qo„rboshi bilan muzokaraga kirishdi. U sulhga rozi boidi. Katta 
Ergashga butun qo„shini va qurollarini o„z qoiida saqlab qolgani holda 
Bachqir qarorgohida turishdan iborat imtiyoz berildi. Ammo Ergash 
qo„rboshi har qanday harbiy harakatda qatnashmasligi va boshqa 
qo„rboshilar bilan aloqa qilmasligi lozim edi. Bir vaqtlar butun Farg„ona 
vodiysi istiqlolchilarining eng kuchli sardori boiib, viloyat musulmon 
aholisining chuqur hurmatini qozongan, bir oy awal barcha takliflami keskin 
rad etgan Ergash qo„rboshining kutilmaganda milliy kurash avj olgan bir 
paytda bunday bitimga ko„nishini izohlash qiyin, albatta. Ergash 
qo„rboshining bu 
121 


qadamidan hatto uning askarlari ham norozi boidilar. Sho„rolar bergan 
va‟dalar, imtiyozlar faqat vaqtdan yutish uchun berilganini boshqa 
qo„rboshilar ham fahmlagan edilar. Bir yil o„tar-o„tmas bu xato Ergashbek 
uchun juda qimmatga tushdi. Shermuhammadbekning Sho„rolar bilan 
umuman har qanday muzokara olib borishdan bosh tortganligi, 
Madaminbekning esa sulh tuzishni istamaganligi to„g„ri boiib chiqqanligi 
isbotlandi. 
Farg„ona vodiysida boigan Favqulodda komissiya a‟zolari vodiyda 
mustamlakachilar amalga oshirgan dahshatlami o„z ko„zlari bilan ko„rdilar. 
Boiib o„tgan mudhish va dahshatli voqealami rus zobitlarining o„zlari ham 
tan olgan edilar. Jumladan, M.F.Frunzening eng yaqin safdoshi F.F.Noviskiy 
bunday deb iqror boigan edi: «E‟tirof etish kerakki, dastlabki paytdagi xatti-
harakatlar xatolar, nuqsonlar, ko„pincha esa jinoyatkorona harakatdan holi 
boimadi. Mahalliy aholiga nisbatan ongli jinoyatkorona ishlarga Qizil 
Armiya tomonidan yoi qo„yildi»'. Favqulodda komissiya a‟zolaridan biri 
T.Risqulov Farg„ona vodiysida yuz bergan dahshatli jinoyatlar 
xususidaqahr-g„azabgatoiib, 1919-yil 11-mayda Turkiston MIQ raisi 
A.A.Kazakovga yozgan xatida quyidagi satrlami bitadi: «Faqatgina 
uyezdlarda emas, balki shaharlarda ham haqiqiy sho„ro hokimiyati mavjud 
emas... 
Andijonda armanlar qishloqlardan juda ko„plab sart qizlami olib kelib, 
ulami o„z xususiy buyumiga aylantirganligini aniqladik. Dashnoqlar o„qni 
tejab qolish maqsadida gunohsiz musulmonlami ayovsiz chopishgan, 
ayollaming nomusini toptab, g„azab bilan «Agar Ollohing qudratli boisa 
senga najot bersin», deb diniy e‟tiqodlarini haqoratlashgan, Skobelevda 
butun-butun tashkilotlar va ijroiya qo„mitalari ichkilikbozlik bilan 
shug„ullanishgan... Partiya tashkilotlari ko„plab ziyon keltiradigan turli-
tuman yot unsurlar bilan ifloslangan, ichkilikbozlik, poraxo„rlik oddiy holga 
aylangan. Sovet hokimiyati, o„rtoq Kazakov, bizga juda qimmatga tushdi. 
Haddan tashqari tartibsizlikni ko„rib, yurak siqiladi va qalbda kuchli og„riq 
pay do boiadi»
2

«1919-yil oxirlarida, - deb yozadi Alixonto'ra Sog„uniy- Bishkekka 
qarashli Qorabolta, Oqsu bo„ylab o„n sakkiz ms qishloqlari... 
kommunistlarga qarshi qo„zg„olon ko„tarishdi... 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling