O'zbekiston tarixi


partiya qo„mitasi raisi, shahar mudofaa shtabi raisi G.M.Bildin, Farg„ona


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiya qo„mitasi raisi, shahar mudofaa shtabi raisi G.M.Bildin, Farg„ona 
fronti g„arbiy inqilobiy kengash raisi D.I.Spaskbov va boshqa ko„plab qizil 
armiyachilar, qizil gvardiyachilar halok 
1
 Ibodinov Alisher. Qo'rboshi Madaminbek. Qissa. - Т.; 2006. 


bo„ldilar. Andijon qal‟asi uchun kuchli jang ketayotgan bir paytda 
K.Monstrovning «Dehqon armiya»sidagi ikkita polkning hech qanday 
ogohlantirishsiz o„z pozisiyalarini tashlab, nomaium tomonga qochib ketishi 
qizil askarlar uchun qulay vaziyat tug„dirdi. Natijada front chizig„ida 
bo„shliq paydo boidi. Qizil askarlar undan ustalik bilan foydalandilar. 24-
sentabr kuni Qizillaming birlashgan kuchlari Eski shaharga yorib o„tdilar. 
Shiddatli janglar yuz berdi. Har bir ko„cha, har bir uy uchun jang qilindi. 
Eski shahar yongin bilan qoplandi. Yuzlab ayollar, keksalar, bolalar qurbon 
boidi. Madaminbek qo„shinlariga ikki tomondan - ham qal‟a ichkarisidan, 
ham tashqarisidan bostirib kelayotgan qizil otryadlar zarba bera boshlaydi. 
Ikki o„t o„rtasida qolgan Madaminbek chekinishga majbur boidi. Qolaversa, 
Omon polvon, Shermuhammadbek, Xolxo„ja otryadlarining vaqtida 
yordamga kelmagani ham magiubiyat sabablaridan edi. Qo„rbo- shilardan 
Akbarali va Mahkamhojilaming o„sha hayot-mamot kurashlari chogida 
sotqinlik qilib sho„ro tomoniga o„tganlari ham Madaminbekni ruhsizlantirib 
yubordi. Andijondan chekinishga majbur boigan Madaminbek 0„sh sari 
yuzlandi. Ammo bu yerda ham xiyonat yuz berib, shahar hokimlari sotqinlik 
qildilar. Madaminbek qo„shiniga qarshi o„qlar yog„dirildi. Orqadan esa 
A.P.Sokolovning Qozon polki, E.F.Kujeloning otliq baynalmilalchi polki 
quvib kelardi. Shunda Madaminbek Jalolobodga qarab chekindi. Yoida 
«Dehqonlar armiya»sining katta qismi Madaminbek qo„shinidan ajralib 
qochib, har tarafga tarqalib ketdi. Qonli janglar yuz berdi. Bu jangda qizil 
askarlaming qoii baland kelib, 30-sentabrda Jalolobodda Sho„ro hokimiyati 
tiklandi. Madaminbek Pomir togiari tomon chekinishga majbur boidi. U 
G„uljani o„z qarorgohiga aylantirdi. Ammo bu yer uni qanoatlantira olmas 
edi, chunki Madaminbek xorijiy mamlakatlar bilan bogianishga intilayotgan 
edi. Shu boisdan u Xitoy chegaralariga yaqin Ergashtomga yetib bordi. 
Sentabr va oktabr oylaridagi maxorabalarda istiqlolchi kuchlar 
yengilganligi sabablaridan yana biri shu boidiki, Moskva hukumati har 
tomonlama o„z diqqat - e‟tiborini Turkistonga qaratdi va bu emi 
sho„rolashtirish uchun zarur boigan barcha choralami ko„rdi. Sharqiy front 
qo„mondoni M.V.Frunze Sharqiy frontning Janubiy guruhini mustaqil 
Turkiston fronti qilib ajratish to„g„risida RKP(b) MQga taklif kiritdi. Bu 
taklifda «Turkistonga qilinadigan harbiy ekspedisiyaning eng yaqin oradagi 
maqsadi butun Turkistonni 
126 


ishg„ol qilishdan...»
1
iborat ekanligiga alohida e‟tibor berdi. Shaxsan 
V.I.Leninning o„zi bu taklifni ma‟qulladi. 1919-yil 14-avgustda Turkiston 
fronti tuzilib unga M.V.Frunze
2
qo„mondon etib tayinlandi. P.I.Baranov, 
Sh.Z.Eliava, V.V.Kuybishevlar Inqilobiy harbiy kengash a‟zolari qilib 
tayinlandilar. Shu tariqa 1919-yil avgustdan keyingi davrda Turkiston 
hududida amalga oshirilgan barcha dahshatli qirg„inlar va fojialar 
M.V.Frunze boshchiligidagi Inqilobiy harbiy kengash va uning a‟zolari 
nomi bilan bogiiqdir. 
Rossiyadan Turkistonni ishg'ol qilish maqsadida jo„natilgan bir armiya 
1919-yil 13-sentabrda Toshkent temir yoiining Mug„ajar bekatida 
Rossiyaning boshqa harbiy kuchlari bilan birlashdi. M.V.Frunze Leninga 
telegramma yuborib Rossiya bilan Turkiston yo„li ochilganligini xabar qildi. 
1919- 
yil oxirlari - 1920-yillar davomida og„ir va dahshatli 
kurashlar yuz berdi. Turkiston oikasi xalqlarining milliy ozodlik va 
mustaqillik uchun olib borgan kurashidan, bu yerda qizil armiya qismlari va 
dashnoqlarning amalga oshirgan dahshatli qirg„inlaridan «inqilob» dohiysi 
V.I.Lenin bevosita xabardor bo„lganmi? Agar xabardor boTgan boisa, uning 
bunday xunrezlik va milliy genosidga munosabati qanday boigan, degan 
savol tugiladi. Ha, V.I.Lenin Turkistonda Sho„ro va Qizil armiya tomonidan 
amalga oshirilgan qirg„inlardan xabardor edi, xabardorgina boiib qolmasdan 
bu ishning tepasida turgan va shaxsan tashkilotchisi ham boigan. 
Xalqimizning siyosiy dunyoqarashi yetarli darajada barkamol boimagan 
ba‟zi bir vakillari «inqilob» dohiysiga katta ishonch va e‟tiqod bildirib
«dohiy»ning Turkistondagi vahshiyliklar va bedodliklardan xabari boimasa 
kerak, agar u bu ishlardan xabardor boiganda bunday dahshatlarga yo„l 
bermasdi, degan xom-xayollarga borib, 1919-yil dekabrda shaxsan 
V.I.Lenin huzuriga borib Turkistondagi voqealardan uni voqif qilgan edilar. 
«Dohiy» bilan boigan suhbatda Ivanov, GMbrohimov, A.Muhitdinov, 
X.Xusanboev va boshqalar boigan edi. 1917-yil oktabrdan boshlab 
bolshevistik partiya a‟zosi, qatag„onlikka uchrash oldidan 1936-yilda 
yozgan «Toshkentda va Moskvada» deb nomlangan esdaliklar muallifi 
H.Husanboyev bu uchrashuv haqida qimmatli maiumotlami qoldirgan edi. 
Uni o„qigan qar qanday 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling