O'zbekiston tarixi


-  §. Farg‘ona Muvaqqat hukumatining vujudga kelishi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

12- 
§. Farg‘ona Muvaqqat hukumatining vujudga kelishi
 
1919- 
yil 22-oktabrda istiqlol uchun kurash harakati kuchlarini 
tiklash va uni yanada mustahkamlash maqsadida Ergashtomda qo„rboshilar 
qumltoyi chaqirildi. Quraltoyda Farg„ona Muvaqqat hukumatini tuzishga 
qaror qilindi. Hukumat boshlig„i va Bosh qo„mondonlikka Madaminbek 
saylandi. Hukumat boshlig„ining o„rinbosarligiga Monstrov nomzodi 
ko„rsatildi. General Muxanov harbiy vazir, advokat Nansberg Ichki ishlar 
vaziri, Hakimjon Azizxonov Moliya vaziri boidi. Umumiy tarkibi 24 
kishidan iborat boigan mazkur hukumatda 16 kishi tub yerli aholi vakillari 
boisa, 
1
 «Sharq Yulduzi» jumali, 1960-yil, 3-son, 15-17-betlar.
128


8 kishi Evropa millatlariga mansub xalqlaming vakillari edilar. Madaminbek 
shaxsida davlat va siyosiy arbobga hamda harbiy sarkardaga xos sifatlar 
mujassamlashgan edi. Madaminbek Farg„ona vodiysida Sho„ro hukumati 
organlariga muqobil boigan siyosiy boshqarish tizimini joriy etdi. «U 
bizning rahbarlikdagi kamchilik va xatolarimizdan mohirona foydalandi, 
unda o„z «boshqarish apparati», o„z tribunali, o„z «genshtabi» bor edi, u 
qonunlar chiqardi», -deb ta‟kidlagan edi uning dushmanlaridan biri boigan 
Gromatovich. Faqat Ergash va Shermuhammadbekkina shunga o„xshash 
boshqarish tizimini joriy eta oldilar. Madaminbek istiqlolchilar qo„shiniga 
yagona, uyushgan harbiy qo„shilma tusini berdi, uning askarlari orasida 
kuchli harbiy intizom o„matilgan edi. Madaminbek askarlari tinch aholini 
talovchilar va bosqinchilami o„zlari ushlab, qattiq jazolaydilar. «0„z oldiga 
Sho„ro hukumatini ag„darib tashlashni va Farg„ona muxtoriyatini tiklashni 
vazifa qilib qo'ygan Madaminbek mohir siyosatchi va tajribali tashkilotchi 
sifatlariga ega edi»,-deb ta‟kidlanadi hujjatlaming birida. Farg„ona 
Muvaqqat hukumati harbiy va moddiy yordam so„rab Buxoro amirligi va 
Afg„oniston hukumatiga o„z vakillarini yubordi. Ammo ulardan hech qanday 
amaliy yordam ololmadi. 
Qumltoyda Sho'rolarga qarshi kurashayotgan vatanparvar kuchlaming 
harakat birligini tashkil etishga katta e‟tibor berildi. O'sha paytda Farg„ona 
vodiysida harakatda boigan 150 ga yaqin istiqlolchi gumhlar (otryad)ni 
Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxo„ja va katta Ergash boshchiligida 
to„rtta yirik gumh qilib birlashtirishga qaror qilindi. Bu ishda ms ofitserlari 
yaqindan amaliy yordamlar berdilar. Qo„rboshi otryadlami qaytadan 
shakllantirish, markaziy rahbarlikni yoiga qo„yish, harbiy komandir 
kadrlami tarbiyalash va tayyorlash yuzasidan bir qator tadbirlar amalga 
oshirildi. Ammo bu tadbirlar kutilgan natijani bermadi, istiqlol uchun 
kurashuvchi barcha kuchlami yagona markaz va jabhada birlashtirib 
kurashni yoiga qo„yish imkoniyati boimaydi. Bu ishning muvaffaqiyat 
qozonmaganligining sabablari ko„p boiadi, albatta. Eng asosiy sabab 
mustaqillik va milliy ozodlik uchun kurash olib borayotgan Turkistonlik 
vatanparvar kuchlar g„oyaviy-siyosiy va madaniy kurash saviyasining talab 
darajasida boimaganligi edi. Bu hoi milliy ozodlik kurashiga rahbarlik 
qilayotgan qo„rboshilar faoliyatida o„z aks sadosini topdi. Ular tajribali va 
nihoyatda ayyor sho„rolar saltanati mustamlakachiligiga qarshi bir yoqadan 
bosh chiqarib kurashmoq uchun o„zaro umumiy til topa 
5- 1746
129 


olmadilar. Yagona maqsad yo„lida birlasha olmadilar. Ko„p hollarda 
qo„rboshilar birgalashib harakat qilish o„miga o„z bilganlaricha va hech 
qanday dastursiz o„zlaricha alohida-alohida guruhlarga bo„linib, dushmanga 
qarshi kurashar edilar. Bundan esa sho„rolar va Qizil askar kuchlari ustalik 
bilan foydalandilar. Ayni chog„da 1919-yilning kuz oylaridan boshlab 
Sho„ro hukumati istiqlolchi kuchlarga qarshi kurashda o„z taktik yoiini 
o„zgartirdi, u mahfiy va hiyla bilan ish olib bora boshladi. Bu borada sentabr 
oyiga kelib Turkiston bilan Rossiya markazi o„rtasida uzilib qolgan 
aloqaning tiklanishi, Turkkomissiya ish faoliyatining boshlanishi va nihoyat 
M.V.Frunze boshchiligida Turkiston frontining tashkil etilishi hal qiluvchi 
o„rin tutdi. Bu davrda Sho„ro hukumati istiqlolchi kuchlarga qarshi ikki 
jabha bo „ у lab tazyiqni kuchaytirdi. Birinchisi ma‟naviy tazyiq edi. 
Turkkomissiya rahbarligida Sho„ro o„z targ„ibotchi va tashviqotchilarini 
omma orasiga, jang qizib turgan hududlarga yubordi. Ular orqali xalq 
ommasining ongiga Sho„ro hukumati adolatli, xalqparvar hukumat, u 
mustamlaka asoratidagi ezilgan millatlaming himoyachisi, bo„- lib o„tgan 
dahshatli qirg„inlarda uning aybi yo„q, degan g„oya singdirildi. Jumladan, 
1919-yil 28-noyabrda boiib o„tgan TKI Oika Qo„mitasining majlisida 
F.I.Goloshekin «Farg'ona to„g„risida» so„zga chiqib go„yo hech narsadan 
bexabar kishiday bunday degan edi: «.. .u yerdagi partiya, sovet turmushi va 
iqtisodiy turmush boshboshdoqlik va dahshat ichida qolgan, xolos. Sinfiy 
kurash yo„q, balki milliy kurash bor, u ham keskinlashtirilib, rosa avjiga 
yetkazilgan»
1
. Turkkomissiya g„oyalarini tashviqot qilishda maxsus 
tayyorgarlikdan o„tkazilgan tatar birgadasidan keng foydalanildi. Ular «Qizil 
askarlar mehnatkashlar ommasiga qarshi emas, balki boylar, burjuylar 
tarafida boigan «bosmachilar»ga qarshi kurashmoqdalar» deb va‟zxonlik 
qildilar. Partiya va Sho„ro idoralari «yot unsurlar»dan «tozalanib», 
«markazdan» kelgan xodimlar bilan «mustahkamlandi». 
«Milliy adovatni kuchaytirgan» dashnoqlar faoliyati ham to„xtatildi, 
Kompartiya oikada yagona hukumron partiya boidi. 
Xo„jalik hayoti, iqtisodiy va moddiy ta‟minot sohalarida ham «zarur 
chora tadbirlar» ko„rildi. Masalan, 1920-yil mart oyida TMI qo„mitasi 
«Yerlarni mehnatkash dehqonlarga qaytarish to„g„risida» dekret qabul qildi. 
Ommadan olinadigan soliqlar miqdori kamaytirildi, Farg„ona vodiysi 
«iqtisodiyotini ko„tarish», irrigatsiya va paxtachi- 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling