O'zbekiston tarixi


 Rajabova R.E. va boshqalar 0‘zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). - Т.: 0‘qituvchi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Rajabova R.E. va boshqalar 0‘zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). - Т.: 0‘qituvchi, 
1994, 66-bet.
130 


likni tiklash uchun moddiy mablagiar ajratildi. Bu tadbirlar, albatta, ma‟lum 
ma‟noda, o„z natijalarini berdi. Aholining g„oyaviy-siyosiy saviyasi past 
qismi sho„rolaming hiyla-nayrang tuzog„iga ilinib aldandi, istiqlol uchun 
kurash jabhasidan chetlandi, o„z qurolini tashlab Sho„ro tomoniga o„tdi. 
Sho„rolar bunday kuchlardan ustalik bilan foydalandilar va tez orada 2-
Turkiston o„qchilar diviziyasi tuzildi. Bu diviziya Rossiyadan yetib kelgan 
qo„shin qismlari bilan mustahkamlandi. Ana shu tariqa Sho„ro hukumati 
milliy istiqlol uchun kurashayotgan Turkiston vatanparvarlarini ikki qismga 
bo„lib yubordi va ulami bir-biriga qarshi jangga soldi. Bundan mustaqillik 
uchun kurash jabhasi zaiflashdi va oxir-oqibatda yutqazdi. 
Bunday tashviqot-targ„ibot ishlari bevosita qo„rboshilar orasida ham 
olib borildi, o„z qurolini tashlab Sho„rolar tomoniga o„tgan, Sho„rolami tan 
olgan qo„rboshilami Sho„ro kechiradi va gunohidan o„tadi, deb qarmoqqa 
ilintirishga urinishlar ko„p boidi. Bu ishda Sho„rolaming yolg„on 
va‟dalariga aldanib ular tomoniga o„tgan va ongli sur‟atda milliy xiyonat va 
sotqinlik qilgan tub yerli aholi vakillari kuchidan foydalanildi. Jumladan, 
Madaminbek bilan ham ana shunday shaxslar yordamida bir necha marta 
muzokaralar olib borilganligi maium. 
Ikkinchi tazyiq esa harbiy tazyiq edi. Sho„ro hukumati og„zaki 
tashviqotda o„zini tinchliksevar kuch sifatida ko„rsatsa-da, amalda 
vatanparvar, istiqlolchi kuchlarga qarshi harbiy bosim va tazyiqni tobora 
kuchaytirdi, yangidan-yangi va dahshatli qirginlami amalga oshiradi. Buni 
1920-yil yanvar-fevral oylaridagi jang operatsiyalarida yaqqol ko„rish 
mumkin. Yanvar oyi o„rtalarida Bachqir qishlogida betaraf turgan Ergash 
qo„rboshiga hujum uyushtirildi. Uning kuchlari tor-mor qilindi, Bachqir 
qishlogi kultepaga aylantirildi. Ergash qo„rboshi qochishga ulgurdi, ammo 
tezda qoiga olindi va qatl etildi. 
1920-yil 
yanvarida 
Farg„ona 
istiqlolchilariga 
qarshi 
Volga 
musulmonlaridan tashkil topgan tatar brigadasi tashlandi. Brigada 
qo„mondoni Yusuf Ibrohimov, harbiy komissar Yoqub Chanishev, siyosiy 
boiim boshligi Yenikeyev, siyosiy komissar Vafo Bumashev, qarorgoh 
komissari Mehmet Qosimovlar edilar. Brigada o„zining asosiy zarbasini 
Madaminbekka qarshi qaratdi. Yanvardan fevral oyi oxirigacha qattiq 
to„qnashuvlar boiib o„tdi. Tatar brigadasi tarkibiga qizillar xizmatida boigan 
o„zbek va qozoq musulmon jangchilari ham kiritildi. Natijada kuchlar 
sho„rolar foydasiga tubdan o„zgarib, Madaminbek qo„shini tobora 
kuchsizlanib borardi. Ustiga ustak, 
131 


K.Monstrov o„zgarib borayotgan vaziyatdan sarosimaga tushib 1920- yil 17-
yanvarda bolsheviklar tomoniga o„tib ketdi. Madaminbek lashkarida birorta 
ham oq rus jangchisi qolmadi. 
Shunday og„ir sharoitda Madaminbek lashkari bilan tatar brigadasi 
o„rtasida shiddatli janglar bordi. Bu janglarda 4 ming - 5 ming kishi ishtirok 
etdi. Janglar Andijon, 0„sh atroflarida, G„ulcha, Ergashtom, Paytug„, Asaka, 
Segizaqum, Tol, Oyim hududlarida olib borildi. Dastlab Madaminbek ustun 
holatda boiadi, qator g„alabalarga erishadi. Biroq asir olingan tatarlaming 
istiqlolchilar orasida olib borgan targ„ibot va tashviqotlari, K.Monstrovning 
kutilmaganda qizillar tomoniga o„tib ketishi Madaminbek qo„shini 
jangchilari ruhini tushirib yubordi. 2-3 fevral kunlarida Madaminbek 
Poytug„, ayniqsa, Qoradaryo bilan Norin daryosining qo„shilish joyida 
boigan jangda o„zining juda katta kuchlaridan mahrum boidi. Albatta, 
vatanparvar kuchlarga berilgan surunkali bunday shiddatli zarbalar 
jangchilaming ruhiy holatiga salbiy ta‟sir ko„rsatdi. Madaminbek vujudga 
kelgan obyektiv va subyektiv vaziyatni oqilona hisobga oldi. U o„zining 
asosiy jangovar kuchlarini saqlab qolish uchun 2-Turkiston diviziyasining 
qo„mondonligi bilan yarash bitimi muzokaralarini boshlashga qaror qildi. 
1920-yil 6-martda tinchlik muzokaralarida 
2- 
Turkiston o„qchi diviziyasi shtabi tomonidan: 1) diviziya 
bosh- ligi Verevkin-Raxalskiy, 2) diviziya harbiy komissari Slepchenko, 
3) shtab boshligi Xodoranskiy, 4) shtab harbiy komissari Boga- yevskiy, 5) 
siyosiy komissariyat mudiri Shafranskiy, 6) viloyat inqilobiy qo„mitasining 
raisi Nizomiddin Xo„jayev, 7) otliq brigada qo„mondoni E.F.Kujello va 8) 
birigada harbiy komissari Antonov; Madaminbek tarafidan vakil sifatida: 1) 
Radzevskiy, 2) Sitnya- kovskiy B.N., 3) Mulla Mo„min Karimxo„jayev, 4) 
Madali Mirza Muhammadjonov va 5) Hayitohun Islomboyev qatnashadilar. 
Tinchlik bitimida quyidagilami o„qiymiz: «Men Muhammad Aminbek o„z 
qo„shinim hamda o„zlarining batamom roziliklarini shaxsan menga izhor 
qilgan qo„rboshivaa‟zolarimbilanbirgalikdatantanaliqasamyod qilamanki, 
endilikda Sho„ro hokimiyatini tan olaman hamda uning sodiq xizmatkori 
boiishga so„z beraman, uning barcha buyruq va topshiriqlariga quyidagi 
shart-sharoitlarda amal qilaman: 
1) Sho„ro hukumati Turkiston fuqarolari hayotini yoiga qo„yishda 
shariat asoslarini saqlab qolib, mehnatkashlaming manfaatlarini himoya etib, 
ahli islomga mavjud sharoit, ya‟ni musulmonlaming mahalliy shart-sharoiti 
va urf-odatlariga huquq berganida; 
132 


2) Otryadning doimiy qarorgohi Namangan shahri etib tayin- 
langanida; 
3) Men, 
boshqa frontlarga chiqmasdan, vaqtincha Farg„ona 
tasarrufida, Sho„ro hokimiyatini har tomonlama, ham ichki, ham tashqi 
dushmanlardan himoya qilishga va‟da beraman; 
4) Otryadimda xizmat qilayotgan barcha ruslar toia ozod etiladi va 
xohishlariga binoan otryadimda xizmatda qolishlari mumkin; 
5) Shu yilning 13-martidan kechikmay o„z vakillarim bilan Turkfront 
Harbiy Inqilobiy Kengashi va Turkiston Markaziy hokimiyatiga sodiq 
ekanimni bildirish uchun Toshkentga borishga so„z beraman. 2-Turkiston 
o„qchi diviziyasining boshlig„i Verevkin- Raxalskiy, Harbiy-siyosiy 
komissar Slepchenko. 
Islom qo„shining qo„mondoni Madaminbek»
1

Madaminbek muzokaralar davomida milliy istiqlolchilarga qo„yilgan 
«bosmachilar», «xalqni talon-taroj qilish bilan shug„ul- langan», 
«kallakesarlar», «sho„rolar hokimiyatini tan olmadilar» kabi barcha 
aybnomalaming asossiz ekanligini ochib tashlagan edi. U bunday degan edi: 
«Men Marg„ilondan chiqqanimda talon- taroj bilan shug„ullanish va 
qo„mondon bo„lishni maqsad qilgan emasman. Chiqishimga sabab - Sho„ro 
hukumati vakillarining ahli islomga o„tkazgan munosabatlaridagi 
adolatsizliklardan 
anchayin 
xo„rlanishim 
bo„ldi. 
Sizlar 
o„z 
ro„znomalaringizda endi Sho„ro hukumati yangilanayotganini, uni 
nomunosib vakillardan tozalashga kirishayotganlaringizni yozmoqdasizlar. 
Men o„shandayoq: agar Sho„ro hukumati shu yoiga kirsa, men u bilan birga 
boiaman, deb aytgan edim. 
Men Marg„ilondan chiqqanimda yuz berayotgan adolatsizliklardan 
qahr-g„azabga mingan edim, jon jahdim bilan dushmanlarga qarshi 
kurashdim. Shuni tan olishim kerakki, qon to„kilayotgani, shuningdek, bu 
kurashda xo„rlangan Farg„ona xalqi xonavayron boiayotgani menga ogir 
botardi. 0„ylashimcha, biz bu urushni davom ettiraversak, xalq deqqonchilik 
bilan shug„ullana olmay qoladi, battar qashshoqlashadi va ochlikdan nobud 
boia boshlaydi. Sizlar bilan kurashayotganimga ikki yil boidi. Ana shunda 
Sho„ro hukumati o„zgargani, g„oyali odamlar bilan yangilanayotganini bilib, 
Sho„ro hukumati bilan murosa qilib yashashni xohladim. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling